«D ram atik asarda, - deydi
u, — dastaw al
keraksiz tuyuluvchi
so‘zlargina asosiy hisoblanadi. Dram aning joni shu so'zlarda jam ul-
jam dir. Uzluksiz davom etuvchi dialogga
yondosh tarzda ortiqcha
tuyuluvchi yana boshqa dialog mavjuddir». Bu yerda ichki muloqot
ko‘zda tutilm oqda.
M eterlinkning estetikasida aktyor muam mosi ham e ’tiborli
o ‘rin olgan. Shartli ifoda tamoyilini ro‘yobga chiqarish alohida ijro
tarzini talab etadi. «Sahnadan jonli mavjudodni chiqarib tashlab»,
uning o'rniga ijrochi qo ‘g‘irchoqni kiritish lozim, degan fikrni olg‘a
surdi u. U ning birinchi pyesalar to ‘plamini 1894-yili qo‘g‘irchoq
teatriga m oijallab nashr etilganligi bejiz emas. Lekin Meterlinkning
yuqoridagi mulohazasi xomxayollikdan o ‘zga narsa emas. Lekin bu
m ulohazaning m a’nosini poeziya qonuniyatini anglash, inson ruhiy
hayotining tub-tubiga nazar tashlash ishtiyoqidan kelib chiqqanligi
aniqdir. D ram aturg ilk pyesalarida aw alo o ‘z nazariyasini qoi-
dalarini am alda nam oyon etishga harakat qildi.
Bu haqda
A.Bloko‘z taassurotlarini bayon etgan: «Meterlinkning G 'arb
dramaturgiyasi qahram onini o ‘g‘irlab oldi, rosm ana inson ovozini
pichir-pichir, im o-ishoraga ko‘chirdi, odam larni erkin harakat,
nur, havodan m ahrum etib qo ‘g‘irchoqqa aylantirdi. Lekin Meter-
link shularni bajo keltirib, sokin bir tuynuk ochdiki, ichkarilikdan
san’atning sof billur shirasi tom chilarining jarangi qulog‘imizga
chalinib turadi».
M eterlinkning «Malikayi Malen» (1889), «Chaqirilmagan»,
«So‘qirlar» (1891), «Ichkarida» (1894) va «Tentajilning oiim i»
(1894)
pyesalari shunday estetik qarashlar mahsuli
sifatida
tug'ilgan. Bu asarlarda M eterlink ijodining ilk davriga xos tarzda
inson ojizligi va insoniyatning halokatga mahkumligi muammosi
ko'tarilgan.
«So'qirlar» dram asida voqea o ‘rmonga yig'ilgan so‘qirlar ah-
volini tasvir etish bilan bog‘liq. Ayozli tun qo'ynida
ular nim anidir
kutishmoqda. U lam i boshliq rohib qoldirib ketgan. Ular rohibni
kutishm oqda, rohib qaytishi kerak. So‘qirlar rohibning o'lgani va
uning jasadi shu yerda ekanini bilishmaydi. U lar tasodifan jasadga
turtinib ketishadi. So'qirlarni qo ‘rquv dahshati qoplaydi, negaki
ular qayerda turganlari, qayerga borish va nim a qilish kerakligini
bilmaydilar-da: rohibning o ‘limi bilan ulam ing yashashga bo'lgan
ishonchi so‘ngandek edi. Ojiz, g‘aribu benavo so‘qirlar tunning sirli
jimirlashiga butun vujudlari bilan quloq tutadilar. Bola yig'isi eshi-
tiladi, uzoqdan asta kelayotgan qadam sharpalari quloqqa chali-
nadi. So'qirlarni yana vahima bosadi. «Qadam
shu yerda, oramizda
153
to ‘xtadi! Kim dir keldi! U oramizda! Kimsan? Jimlik»
«So‘qirlar» asarining m azm unidan anglash m um kinki, yorug'
dunyoning o'zi beqaror va o'tkinchi bir hilqatdir.
M eterlinkning ilk pyesalarida taqdir qudrati, insonning kuchiga
ishonchsizlik, inson um rining besam ar va halokatga mahkumligi
shoirona jo 'sh q in
his-kechinm alar
orqali
ifodalangan.
Ayni
zam onda M eterlink yangi usuldagi teatr, yangi sahnaviy ifoda
shakllarini izlaydi.
Shuni ta'k id lash lozimki, M eterlink o 'z ijodiy izlanishlarida
dram aturgiya va sahnaviy ifoda sohasida A.P. Chexov ochgan
yangiliklarga yaqin keladi. Bular kundalik
turm ushning alam -
iztiroblarini ochish, g'ayrioddiy qahram onlardan voz kechish,
dram atik to'qnashuvlarni yangicha usulda tuzish, «ostki oqim»,
tubm a’no tam oyili, sukut va kayfiyat om illaridan foydalanish kabi-
lar edi.
XX
asrning boshlarida M eterlink dramaturgiyasining tabiati
o'zgara boshlaydi. 1903-yili yozilgan «Ko‘k qush» ertagida Tiltil
degan bolakay bilan uning singlisi M itilning mo'jizaviy ko'k qush
(ideal)ni izlab topishlari orqali M eterlink insonga m ehr-shafqat
baxsh etuvchi ilhom shavqiga to 'la nafosat olamini chizib berdi. Bu
yerda ko'k qush baxt va nafosat timsoli tarzida nam oyon bo'ladi.
1903-yili yozilgan «Avliyo Antoniy karomati» hajviy rivoyati
buijua riyokoriigini fosh etuvchi asar sifatida shuhrat topdi. Boy-
vuchcha m arhum a O rtans xonim ning dafn etilish kuni uning
qarindoshlari go'yoki achingan bo'lib yig'i ko'taradilar.
Shu asnoda
kutilm aganda juld u r kiyimli afandi sifat kishi paydo bo'lib, m arhu-
mani tiriltirishi m um kinligini aytadi. Lekin uning boyligiga ega
bo'lish ilinjida turgan yaqinlari buni zinhor istamas, faqat xizm at-
kor qiz Virjinigina m arhum aning o'lim idan astoydil qayg'urganligi
m a’lum bo'ladi.
1949-yili chop etilgan «Janna d ’Ark» dramasi M eterlinkning
so'nggi asari bo'lib qoldi... U nda dram aturg frantsuz xalqining fi-
doyi qizi Jan n a d ’Arkning qahram onona hayoti haqida hayajon bi
lan hikoya qilingan. M uallif fashizm ustidan g'alaba qozonish
yo'lida jonlarini qurbon qilgan vatandoshlari, Qarshilik harakati
qahram onlarining m ardonavor kurashiga
ham ohang asar yaratishga
intilgan edi.
Belgiya adibi M eterlinkning ijodi XIX—XX asrlar bo'sag'asida
G 'arbiy O vro'po dramasi rivojida muhim bosqich bo'lib, u ushbu
davr estetikasi va teatr amaliyoti rivojiga sezilarli ta ’sir ko'rsatdi.
154