«Dehqonchilik va melioratsiya asoslari» fani asosiy fan hisobida talabalarga o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika, anorganik va analitik kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.