148
a’zo mamlakatlar 1997-yilda xalqaro biznes sohasida xorijiy
mansabdorlarni sotib olish bilan kurashish haqidagi konvensiyani
imzoladilar. Konvensiya pora beruvchilarga qarshi kurashishga qaratilgan
bo‘lib, a’zo mamlakatlar ularni jinoiy tartibda jazolashlari, shuningdek,
bunday holatlarni aniqlash bo‘yicha hamkorlik qilishlari zarur.
Hatto poraxo‘rlik avj olgan Lotin Amerikasi ham o‘zining bunday
noma’qul obro‘siga chek qo‘yishga qaror qildi. Amerika davlatlari
tashkilotiga (ADT) a’zo 21 ta mamlakat yetakchilari bitim imzolash
uchungina amalga oshirilayotgan va jinoyat deb hisoblangan
poraxo‘rlikni tugatish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma
imzoladilar. Ushbu xalqaro qonun bo‘yicha ayblanayotgan shaxslar
jinoyat sodir etgan mamlakatga qaytarilishi mumkin. Shuningdek, lotin
Amerikaliklar xalqaro tergovchilar uchun zaruriy axborot xususida
bank sirlari haqidagi qonunga rioya etmaslikka rozilik berdilar.
Bitim to‘g‘risidagi ADT shartnomasida “o‘z rasmiy vazifalarini
bajarish chog‘idagi qonuniy daromadlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri
tushuntirib bo‘lmaydigan” tarzda vujudga kelgan mablag‘lar egasiga
aylangan rasmiy shaxsni jinoyatchi deb hisoblash to‘g‘risidagi band
mavjud. Bu hujjat juda dolzarb bo‘lib qoldi. 90-yillar oxirida Meksika
va Kolumbiyada yuqori mansabdor shaxslarni poraxo‘rlikda ayblash
bo‘yicha sud jarayonlari o‘tdi. Argentinada shu davrda “IBM”
korporatsiyasining Argentina filialining sobiq rahbariga qarshi ayblovlar
qo‘yildi. U 250 mln. AQSh dollarilik kontrakt imzolash uchun yirik
pora bergan.
ADT kongressida AQSh delegatsiyasi “shubhalanuvchi o‘z
aybsizligini isbotlashga majbur emas” degan AQSh konstitutsiyaviy
prinsipiga zid bandga ega bo‘lgan ADT shartnomasini imzolash
vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi. Shunga qaramay, AQSh 1977-
yildayoq xorijiy korrupsiya amaliyoti haqidagi qonunni qabul kilgan.
Ushbu qonunga binoan AQSh fuqarolari har bir xorijiy shaxslarga
ishbilarmonlik bitimini amalga oshirish uchun pora berish jinoyat
hisoblanadi.