250
Mamlakatlarga rivojlanish jarayonida yordam ko‘rsatish maqsadiga
ega bo‘lgan XRA strategiyasining asosiy elementlari quyidagilardan
iborat:
–
makroiqtisodiy va tarmoq siyosatining puxta o‘ylangan chora-
tadbirlarini qabul qilish orqali iqtisodiy o‘sishni
jadallashtirish;
–
ijtimoiy sohalarning mustahkamlanishi va rivojlanishini qat’iy
qo‘llab-quvvatlash orqali inson kapitaliga investitsiyalash;
–
boshqaruv samaradorligini oshirish uchun tashkiliy– Тexnik
imkoniyatlarni kengaytirish;
–
barqaror rivojlanish maqsadlarida
atrof-muhitni saqlash;
–
qurolli to‘qnashuvlar oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish;
–
mintaqaviy integratsiya va savdoni qo‘llab-quvvatlash.
XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga
qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy
tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi.
XRAdan qarz olish huquqiga yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga
$835dan kam bo‘lgan mamlakatlar ega bo‘lishadi.
XRA mamlakatlarga 10 yil imtiyozli davrli 30-40 yilga foizsiz
kreditlar beradi. XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40
yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va
bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash
lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat ko‘rsatish uchun
kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit summaning 0,5 foizi) xarajatlar
qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Bu kreditlarning maqsadi, rivojlangan
mamlakatdan
kambag‘al
mamlakatga
tovarlar
eksportini
rag‘batlantirishdir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasiga 167
mamlakat
a’zo bo‘lib kirgan
62
.
XRA mamlakatlarga moliyaviy resurslarni ajratishda muayyan
mezonlarga amal qiladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
Muvofiqlik mezonlari.
XRAdan qanday mamlakatlar mablag‘ olish huquqiga ega ekanligini
aniqlashda uchta mezon qo‘llaniladi:
–
YaIMning aholi jon boshiga nisbatan o‘lchanadigan nisbiy
ko‘rsatkichidan past bo‘lgan mamlakatlar;
–
mamlakatni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga imtiyozli
shartlarda resurslar olishga ehtiyoj yuzaga
kelishi tufayli bozor
sharoitlarida o‘zlashtirilgan mablag‘lar uchun kreditga qobiliyatlilikning
yetishmasligi;
62
www.worldbank.org
251
–
qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy
o‘sishni qo‘llab-
quvvatlovchi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini qabul qilish,
shuningdek, o‘tkaziladigan siyosatning yuqori samaradorligi.
2.
Taqsimlash mezonlari.
O‘rnatilgan mezonlarga javob beruvchi mamlakatlar o‘rtasida XRA
resurslarini taqsimlash tartibini aniqlovchi
asosiy omil mamlakatda
qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash
borasida o‘tkaziladigan siyosatning samaradorligi hisoblanadi. Aniqlovchi
omillardan yana biri bo‘lib, aholi jon boshiga daromad darajasi
hisoblanadi: XRA mezonlariga javob beruvchi qashshoq mamlakatlar
siyosat samaradorligining bir xil ko‘rsatkichlarida boshqa mamlakatlarga
nisbatan yuqori mablag‘ olishadi.
3. Samaradorlik reytingi.
Har yili Jahon banki personali qarzdorlar tomonidan o‘tkaziladigan
siyosatning sifatini baholaydi va shu
asosda mamlakatlar reytingi
aniqlanadi. Baholashni o‘tkazishda mamlakatda amalga oshirilayotgan
loyihalar portfelining samardorligi hisobga olinadi.
4.Resurslarni taqsimlash tartibi.
XRA tomonidan mamlakatga ajratiladigan resurslar hajmi birinchi
navbatda shu mamlakatda o‘tkaziladigan siyosat samaradorligini va uning
institutsional tizimini har yillik baholash natijasida qarzdorga beriladigan
reytingga bog‘liq bo‘ladi.
1.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari va kreditlash.
XRA rahbariyati har bir mamlakatga haqiqatda
ajratilgan resurslarni
ularning rejalashtirilgan o‘lchami bilan taqqoslagan holda nazorat qilib
boradi. Mablag‘lar yetarlicha egiluvchanlik bilan ajratiladi. Bu holat
faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishi natijasida
zarur choralar qo‘llashga imkon beradi.