71
2.6.1. Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari
Odatda qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilishda quyidagi usullardan
foydalaniladi [33]:
-
maydalash (shreder);
-
yoqish;
-
ko’mish;
-
kimyoviy ishlov berish.
Maydalash.
Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo’lida bo’lgan
qog’oz ko’rinishidagi hujjatlar vaqti o’tib o’z kuchini yo’qotadi yoki ularda arzimas
ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo’q qilish zaruriyati tug’iladi. Biroq, mazkur
holda qimmat ma’lumot bo’lsa ularni to’liq yo’q qilish talab etiladi. Maydalash
jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi.
Bunda ofis maydalagichi qog’ozni turli kesishlar orqali
ularni juda kichik
bo’laklarga ajratadi (25-rasm).
25-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X
Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:
-
bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin;
-
materiallarni yo’q qilish uchun qo’shimcha joy talab qilinmaydi;
-
maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
Yoqish.
Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo’q qilish mumkin.
Ma’lumotni yo’q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan ma’qullanmaydi.
Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:
72
-
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog’ozlarni
yoqish uchun maxsus joy
bo’lishi talab etiladi;
-
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga
oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to’liq
yonmaslik ehtimoli mavjud;
-
olovni yoqish, qog’ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat talab
etadi.
Ko’mish.
Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan
usul hisoblansada, hozirda
kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog’oz ma’lumotlarni to’liq yo’q
qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog’ ma’lumotlarni yo’q
bo’lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish.
Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo’q
qilishda yuqorida keltirilgan usullar to’liq kafolatni ta’minlamaydi. Kimyoviy usul
esa qog’oz ko’rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo’q qilish imkonini
beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil
qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning
yagona
kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.