21-rasm. [Размер слайда] (Slayd o’lchamlari) oynasining ko’rinishi
[Дизайн] lentasini ikkinchi bo’limi [Темы] temalar bo’lib, taqdimot slaydlarining dizaynlari
sozlanadi va tanlaniladi. Dizayn temalarni kompyuterdan yoki internetdan ham qidirib topish
mumkin. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan dizaynni ham saqlab, keyingi taqdimot slaydlari uchun
foydalanish mumkin. Temalardan ixtiyoriy birortasining ustiga sichqoncha olib kelinsa, taqdimot
slaydlari shu tema ko’rinishiga o’tadi. Qachonki sichqoncha bosilsa, taqdimot bu temani qabul qilib
oladi va dizaynni tayyorlaydi.
Tanlangan temadagi ranglarni o’zgartirish uchun, [Варианты] bo’limidan [Цвета], yozuvlarni
o’zgartirish uchun
[Шрифты], effektlarni o’zgartirish uchun [Эффекты], fon stilini o’zgartirish uchun [Стили
фона] buyruqlardan foydalanamiz.
[Стили фона] buyrug’ining tarkibida [Формат фона] muloqot oynasiga o’tish mumkin. [Формат
фона] muloqot oynasi ikki qismdan iborat. [Заливка] qismida fon uchun kerakli bo’lgan rang, rasm,
tayyor fonlar tanlaniladi. [Сплошная заливка] tanlanganda faqat ranglar to’plamidan ranglarni
tanlash imkoniyati hosil bo’ladi va rangni tiniqlashtirish uchun [прозрачность] buyrug’i hosil
bo’ladi. [градиентная заливка] tanlanganda tayyorlangan fonlar to’plami chiqadi. Bu to’plamlarda
fon ko’rinishi, turi, fondagi chiziqlarni yo’nalishi va ularni burchak ostida siljitish, rang, rangning
tiniqlik xossalarini o’zgartirish mumkin. [Рисунок или текстура] tanlanganda rasm va narsalarning
tabiiy ko’rinishlarini fon sifatida o’rnatish mumkin. Narsalarning tabiiy ko’rinishlarini Ppoint dasturi
tomonidan taklif qilinadi. Rasmlarni mustaqil, ixtiyoriy ya’ni fayldan joylashtirish mumkin.