30
etish mumkin. Hujjatul islom Muhammad G‘azzoliy deydiki, ruhni kо‘rib
bо‘lmaydi, lekin ruh bor, u – «hastii nestnamoy», ya’ni yо‘qday bо‘lib tuyuladigan
borliqdir. Masalan, tо‘zon qо‘zg‘olganda, tuproq о‘z-о‘zidan havoga kо‘tarildi deb
aytolmaymiz. Tuproqni shamol kо‘tarib, tо‘zonga aylantiradi, lekin shamol va
havo kо‘zga kо‘rinmaydi. Shu kabi ruh ham kо‘zga kо‘rinmaydi, ammo jism
harakatlari ruhdandir, biz buni jismning xususiyati, harakati orqali bilib olamiz.
Tasavvuf ahli bilishning falsafiy yо‘llari – tasavvur, his, mantiqiy tafakkur va
hokazolarni ham eslab о‘tadilar. Biroq ularning fikricha, aqliy-hissiy bilish zohiriy
– dunyoviy bilimga kifoya qiladi, xolos. Ilohiyotni anglash uchun esa aql ojizdir.
Ilohiyot ilmi aqlga sig‘maydigan, aql о‘lchovlaridan baland turadigan ilmdir. Ibn
Arabiy aytadiki, Xudo haqida ham aql tili bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi
bilan Uni bilish mumkin emas. Aql isbotni talab qiladi, dalil – tajriba bilan ish
kо‘radi. Vaholanki, Xudoning borligi, zotu sifatlarini dalil orqali isbotlash
mushkul. «Ma’rifat Haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki
ilohiy ilhomdir», deb yozadi Ibn Arabiy. Olloh bilan xilvatda qolgan mard insonda
shunday xolat yuz beradiki, unda Ilmlardan ilhom paydo bо‘lib, Uning rahmati
bilan yuksaladi. Darveshdagi bu holat oddiy odamlar va isbot-dalil ahli uchun
qorong‘idir. Bu avliyolarga yuboriladigan
laduniy bilim. Boyazid Bistomiy kalom
ahliga qarab degan ekan: «Siz о‘z ilmlaringizni jonsiz narsalardan olasiz, biz esa
abadiy tirik Zotdan olamiz». Boyazid jonsiz narsalar deb moddalar-ashyolarni
nazarda tutadi. Laduniy – rabboniy bilim Xо‘ja Xizrning bilimiga qiyos etgulik.
Xо‘ja Xizr hayot suvi – abadiy tiriklik suvini ichgach, u hamma voqeadan, hamma
ahvoldan, hamma kechinmalardan xabardor; narsalar hosiyati va qonuniyatini
oldindan biladi, Xudo unga о‘z bilimini tuhfa etgan.
Asli Ispaniyada tug‘ilib, musulmon olamini kezib chiqqan, о‘zining «Futuhoti
Makkiya», «Fususul hikam» asarlari bilan tasavvuf falsafasiga ulkan hissa
qо‘shgan Shayxi kabir Ibn Arabiy (1165–1240) inson bilimlarini uchga bо‘lgan:
birinchisi – aqliy-hissiy bilimlar, ikkinchisi – hol ilmi (holat, mahol ilmi ham deydi
u). Uchinchisi – sirru asror ilmi. Birinchi ilm zohiriy fanlar bilan shug‘ullanadigan
kishilar ilmi bо‘lsa, ikkinchi ilm hol martabasiga kо‘tarilgan sо‘fiylar ilmi
hisoblanadi, ya’ni vajd holatida kashf etilgan ilm. Uchinchi ilm – avliyolar ilmi.
Bu ilm muqaddas ruhlar orqali keladi, shu’la – nur kо‘rinishida qalbga kiradi.
Shu о‘rinda tasavvuf ahli tez-tez murojaat qiladigan bilishning uch xil bosqichi