512
mexanizmi hamda kriptovalyuytalardan foydalanilish va ularning rivojlanish
tendentsiyalari bo’yicha baholi-qudrat bir qancha ma’lumotlar berilgan. Shuni ham
aytishimiz kerakki, har qanday yangi ma’lumot, u qanchalik foydali bo’lmasin,
amalda ishlatilmasa, moddiy foyda keltira olmaydi. Buni unutmang, va
bilimlaringizni amalda ishlatishdan erinmang. Bunda tavakkalchilik qilishga to’g’ri
keladi, albatta. Ammo tavakkal qilmasangiz, hayotda hech nimaga erisha olmaysiz.
Tavakkalchilik darajasini kamaytirishni usuli esa aktivlarning diversifikatsiyasi,
doimiy o’qish va o’rganish, yangi texnologiyalarni bilish va tushunish, ishonchli
hamkorlar topishdir.
Endi raqamli iqtisodiyot bo’yicha jahon miqyosidagi asosiy trendlarni ham
yoritib o’tishga harakat qilamiz:
Innovatsiyalar hayotiy tsiklining kamayishi
– sohalar bo’yicha muhim
innovatsiyalarning paydo bo’lishini oldindan oldindan ko’ra olish juda ham
muhim, chunki aks holda ushbu soha yangi innovatsion yechimlar ta’sirida yo’q
bo’lib ketishi ham mumkin. Misol sifatida musiqa bozoridagi ilg’or texnologiyalar
evolyutsiyasi vositasida tushuntirishimiz mumkin:
vinil plastinkalar –magnitofon
lentalari – kassetalar – kompakt disklar – DVD – MP3 – on-line strimming
servislari
.
Mehnat bozori tuzilishining o’zgarishi
– information texnologiyalarning
rivojlanishi ishchi-xodimlarning malakalariga bo’lgan talablarni ham tubdan
o’zgartirib yuboradi. Natijada aqliy mehnatnig qadri oshib, bu sahada
ishlaydiganlarga ish haqi miqdori ancha katta bo’lib ketadi. Buni iqtisodchilar
texnik progressning yangi texnologiyalar bilan ishlay oluvchilar tomonga qarab
burilishi (