Uskunalar paneli
Photoshop dasturi ishga tushirilganda dastur oynasining chap qismida
uskunalar paneli joylashadi. Uskuna tugmasining ustida sichqon ko‘rsatkichi
joylashtirib turilsa ushbu uskuna to‘g‘risida ma’lumot aks ettiriladi:
17
Uskuna tugmasining pastki o‘ng burchagida uchburchak bo‘lsa ushbu
tugmasining ostida yashirilgan uskunalar tugmalari joylashganligini bildiradi. Pastki
o‘ng burchagida uchburchak mavjud uskuna tugmasi sichqon tugmasi bilan bosib
turilganda uning ostida yashirilgan uskunalar tugmalarini aks ettiriladi:
Uskunalar panelida joylashgan uskunalarni shartli ravishda yettita guruhga
bo‘lish mumkin:
1. Tanlash uskunalari;
2. Kesish uskunalari;
3. O‘lchash uskunalari;
4. Retush uskunalari;
5. Bo‘yash uskunalari;
6. Chizish va yozish uskunalari;
7. Navigatsiya uskunalari.
18
1. Tanlash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- siljitish uskunasi;
- belgilash uskunalari;
- ixtiyoriy belgilash uskunalari;
1
2
3
4
5
6
7
19
- tez belgilash uskunalari;
2. Kesish uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- kesish va qirqish uskunalari;
3. O‘lchash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- o‘lchash uskunalari;
4. Retush uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- tiklash uskunalari;
- klonlash uskunalari;
- o‘chirg‘ich uskunalari;
- bulash uskunalari;
20
- kuydirish uskunalari;
5. Bo‘yash uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- qalam uskunalari;
- tiklovchi mo‘yqalam uskunalari;
- bo‘yash uskunalari;
6. Chizish va yozish uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- pero uskunalari;
- yozish uskunalari;
- yo‘nalish tanlash uskunalari;
21
- geometrik figuralarni chizish uskunalari;
7. Navigatsiya uskunalar guruhiga quyidagilar kiradi:
- boshqarish uskunalari;
- masshtabni o‘zgartirish uskunasi.
Photoshop dasturida uskuna qanday vazifa bajarishini ko‘rib olish mumkin.
Buning uchun uskunalar panelidagi uskuna ustiga sichqon ko‘rsatkichini
joylashtiriladi. Natijada uskunaning qisqacha tarifi va uskuna bajaradigan amalni
ko‘rsatuvchi videoni o‘z ichiga oluvchi yordamchi oyna aks ettiriladi:
Uskunalar panelidagi uskuna to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yordamchi oynani
aks ettirilishini bekor qilish uchun dasturning
Edit
menyusi
Preferences
bo‘limidan
Tools
qatori tanlanadi. Ochilgan dialog oynasidan
Use Rich Tooltips
elementidan
belgilanishni olib tashlash kerak:
22
Photoshop dasturining uskunalar panelida joylashgan uskunalarni o‘zgartirish
imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarning birini bajarish kerak:
-
Edit
menyusidan
Toolbar
qatorini tanlash;
- Uskunalar panelining pastki qismida joylashgan
tugmani bosib turish
va natijada ochilgan menyudan
Edit Toolbar
qatorini bosish kerak.
Natijada uskunalar panelini o‘zgartirish dialog oynasi ochiladi:
Ushbu dialog oynasida quyidagilarni bajarish mumkin:
- uskuna va uskunalar guruhlarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab uskunalar
panelidagi joyini o‘zgartirish;
- ortiqcha, ishlatilmaydigan va kam ishlatiladigan uskunalarni
Extra Tools
qo‘shimcha uskunalar bo‘limiga o‘tkazish;
- qo‘shimcha uskunalar bo‘limidagi uskunalarni ishlatish uchun uskunalar
panelining pastki qismida joylashgan
tugmani bosib turish kerak;
23
- o‘zgartirilgan uskunalar panelini saqlab olish uchun dialog oynasining
Save
Preset
tugmasi bosiladi;
- oldin o‘zgartirilgan uskunalar panelini ochish uchun dialog oynasining
Load
Preset
tugmasi bosiladi;
- uskunalar panelining birlamchi ko‘rinishini qayta tiklash uchun dialog
oynasining
Restore Defaults
tugmasi bosiladi;
- uskunalar panelidagi barcha uskunalar tugmalarini qo‘shimcha uskunalar
bo‘limiga ko‘chirish uchun dialog oynasining
Clear Tools
tugmasini bosish kerak;
- uskunalar panelining pastki qismida joylashgan maxsus tugmalarni aks
ettirish uchun dialog oynasining ushbu tugmalarini bosish kerak:
|