12
2.1-rasm. Qoʻl skanerlari.
Stoldagi skanerlar statsionar qurilma sifatida ishlangan boʻlib,
konstruktiv jihatdan 3 guruhga ajratiladi:
Planshetli skaner;
Barabanli skaner;
Proyeksion skaner.
Planshetli skanerlar eng koʻp tarqalgan.
Ular yordamida ham
varaqli, ham tikilgan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkoni mavjud.
2.2-rasm. Planshetli skaner.
Skaner quyidagi funksional komponentlardan tashkil topgan:
yorugʻlik manbasi datchigi;
optik tizim;
fotopriyomnik;
datchikni asl obyekt boʻylab yurgizish mexanizmi;
elektron qurilma (signalni raqamli koʻrinishga oʻtkazadi va
shaxsiy kompyuterga uzatadi).
13
2.3-rasm. Planshetli skaner ichki tuzilishi.
Skanerlash paytida asl tasvirga yorugʻlik tushiriladi. Tushgan
yorugʻlik asl tasvirdan har xil qaytadi. Aslning oqish joyidan toʻqroq
joyga nisbatan koʻp yorugʻ qaytadi.
2.4-rasm. Skanerlash jarayoni.
Qaytgan (yoki singan) yorugʻlik nuri optik
tizim orqali sezgir CCD-
matritsaga (fotopriyomnikka) yoʻnaltiriladi. CCD-matritsa yorugʻlik
intensivligiga mos elektr kuchlanishini ishlab chiqadi. Kuchlanish
miqdori raqamli axborotga (0 yoki 1 dan iborat)
aylantiriladi va
kompyuter xotirasiga yoziladi.