Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish




Download 8,17 Mb.
bet82/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish

10.3-rasmda xalqaro elektraloqa ittifoqining Y seriyali tavsiyalarida taklif etilgan infokommunikatsiya tizimining modeli keltirilgan. Bu model infokommunikatsion tizimlarda kirish tarmog‘ining o‘rnini aniqlash imkonini beradi.


Abonent xonasidagi qurilmaga misol sifatida oddiy telefon apparati (xonadon sektori) hamda apparat-dasturiy vositalarning murakkab majmuasi – ATS, lokal Ethernet tarmog‘i va boshqa qurilma (ishlab chiqarish sektori) bo‘lishi mumkin.


10.3- rasm. ITU-T tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimining modeli


Birinchi holda kirish tarmog‘i vazifalarini ikki simli fizik zanjirni ifodalovchi abonent liniyasi bajarishi mumkin. Ikkinchi holda kirish tarmog‘i tarkibiga (mavjud telekommunikatsiya tizimi uchun) quyidagilar kirishi kerak:



  • ATS uzelini mahalliy telefon tarmog‘iga ulash uchun E1raqamli trakt (yoki bir necha shunday traktlar);

  • mahalliy tarmoqni Internetga ulash uchun TCP/IP protokollar stekini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli trakt;

  • ijaraga olinuvchi liniyalar, agar ular telefon tarmog‘i yoki Internetdan foydalanmaydigan qurilmani ulash uchun zarur bo‘lsa.

Kirish tarmog‘ining asosiy vazifasi - operatorning imkoniyatli mijozlarining xonasida o‘rnatilgan barcha turdagi qurilmalar bilan tegishli tranzit tarmoqlar o‘rtasida ishonchli va yuqori sifatli aloqani ta’minlash. Kirish tarmog‘ining muhim xususiyatlaridan biri axborotni yetkazib berish texnologiyasidan uzoq vaqt foydalanishdir.
Kirish tarmog‘i eng katta sig‘imli hisoblanadi, shuning uchun telefon tizimining xech bir elementi kirish tarmog‘i kabi “stagnatsiya” holatida shunchalik uzoq bo‘lmagan.
Yuzaga kelgan vaziyat quyidagi ikki asosiy sabab bilan izohlanadi:

  • yaqin vaqtgacha odatdagi (tor oraliqli) kirish tarmoqlarini ancha tejamli holda qurish mumkin bo‘lgan texnik vositalar mavjud emas edi;

  • fizik zanjirlar axborot almashuviga bo‘lgan extiyojni (TCh kanalga qaraganda ancha quvvatli resurslarni talab qilmaguniga qadar) ta’minlaydi va yangi xizmatlarning ancha katta qismini qo‘llab-quvvatlaydi.

10.4- rasmda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- MGGP (Simple Gateway Control Protocol) - shlyuzni boshqarishni oddiy protokoli bo‘lib, u konsentratorlarni boshqarish, UfTT va boshqa tarmoqlar stansiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashish uchun mo‘ljallangan;
- 100 Base-T - uzatish tezligi 100 Mbit/s (802.Zi standarti) bo‘lgan Fast Ethernet fizik sathining tasnifini belgilanishi. Mazkur texnologiyada uzatish muhiti sifatida tolali optik kabeldan foydalaniladi;
- Softwitch - ikki turdagi UfTT va IP tarmoqlar uchun maxsus yaratilgan dasturiy kommutator, bu tarmoqlardan har birida bu qurilma turlicha idrok etadi: UfTTda ishlash uchun Softwitch UKS7 signalizatsiya punkti vazifasini bajarishi va UfTTda signalizatsiyaning boshqa tizimlari (EDSSI, 2BCK, R2 va boshqalar)ni qo‘llab-quvvatlash uchun interfeyslarga ega bo‘lishi kerak. Paketli kommutatsiya tarmoqlarida Softwitch, transport shlyuzlarini boshqarishning yagona qurilmasi (Media Gateway Controller, MGC) va/yoki signalizatsiya kontrolleri (Signalling Controller SC) H.323 dispetcheri va SIP (Signalling Initial Protocol) serverlari dispetcherisifatida ishtirok etadi;



10.4- rasm.‘‘Protey-MKK’’dan foydalanishni tasvirlovchi sxema
- SHDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) - to‘rtta simli yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi bo‘lib, u bo‘ylab 2B1Q (ANSI tavsiyalari) turidagi kodlashdan foydalanib oqimni 2, 048 Mbit/s (Ye1) tezlikda uzatish ta’minlanadi;
- LAD (Integrated Access Device) -integratsiyalangan kirish qurilmasi;
- WMA (Wireless Multiple Acess) - simsiz ko‘p martali kirish qurilmasi. WMA qurilmasi konsentrator tomonida E1 standart trakti bo‘yicha yoki abonent komplektlari orqali ulanishi kerak.
- MAK qurilmasi xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchilarni bir necha tarmoqqa ulashga imkon beradi;
Infokommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini ta’minlash uchun dasturiy kommutator Softwitch bilan o‘zaro ta’sirlashish kerak bo‘lib qolishi mumkin. Bu vazifalar media shlyuzni boshqarish uchun mo‘ljallangan protokolni MGCP (Media Gateway Control Protocol) qo‘llashda amalga oshirilishi mumkin.
100 Mbit/s tezlikdagi Fast Ethernet 100 Base-T fizik sathdagi texnologiya EHMning lokal tarmoqlarida qo‘llaniladi. Base atamasi to‘g‘ri (modulyatsiyalanmagan) uzatishni ko‘rsatadi. T belgisi o‘ralgan juftlikdan (Twisted pair) foydalanishni ko‘rsatadi.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish

Download 8,17 Mb.