ko‘rsatishi xam vaziyatni to‘g‘ri baxolash paytida o‘z xususiyatlariga ega. Atrof
muhitni ifloslantiruvchi manbalarga xozirgi davrda kimyoviy sanoatni , turli
radioizotop labaratoriyalarini, radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqish va ko‘mib
tashlash joylarini, turli yadroviy reaktorlarni kiritish mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan atrof muhit zararlanishining eng katta xavfi atom
reaktorlari avariyaga uchragan paytda sodir bo‘ladi. Atom elektrostansiyalarida
ro‘y bergan avariyalar paytida uzoq yashovchi atom radioaktiv izolyatorlari atrof
muhitni zararlantiradi. Bu paytda nurlanish jarayoni yadro portlashi davridagidan
ancha sekin kechadi.Vaqt jihatidan sekin parchalanish yadro portlashi
oqibatlaridan kam zarar yetkazmaydi.
Tuproq, suv, binolar, inshootlarning zaxarlanish ehtimoli insonlar uchun katta
xavf tug‘diradi.Avariya xududida ishlash mumkin bo‘lgan eng katta doza 25 R
ga tengdir.
Atom elektrostansiyalaridagi avariya oqibatida tan jaroxatdan tashqari
radiasiya talofati xam ro‘y beradi..Favqulodda holat tibbiyot tizimlaridagi
faoliyatning bosh yo‘nalishi suv ta'minoti, oziq-ovqat ustidan radiasiyaga oid
nazoratni o‘rnatish, aholini epidemiyaga qarshi va davolash profilaktika
ta'minotini tashkil etish, barchaga muntazam yod preparatini yetkazib berish lozim
bo‘ladi. Radiasiya nurlanishi olgan shaxslarni aniqlashga aloxida e'tibor beriladi.
Bu jiqatdan barcha aholini uch guruhga ajratish mumkin : xech qanday
radiasiya jaroxati olmaganlar; oz miqdorda nurlanish olgan va radiasiya jaroxati
belgilari bo‘lmagan shaxslar; nur kasalligi yoki nurlanishdan kuyishga olib
keluvchi nurlanishga uchragan shaxslar.
Birinchi guruxga kiruvchi shaxslar qanday bo‘lmasin nazoratga muxtoj
emaslar, ammo, radiasiya xududida ishlash paytida ular radiasiya nazoratiga
olinadilar. Ikkinchi guruxga kiruvchilar ustidan doimiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi,
bu narsa qon tarkibini doimiy ravishda taxlil qilib borishdan iborat. Bu shaxslar
zararlangan xududda ishlashga qo‘yilmaydilar. Nurlanish asorati bor shaxslar
kasalxonaga yotqizilishi va maxsus tibbiyot muassasalarida davolanishlari kerak.
Shunday qilib, favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xizmatlari yirik avariyalar
paytida talofaat ko‘rganlarga puxta o‘ylangan va oldindan rejalashtirilgan tadbirlar
asosida yordam ko‘rsatishlari zarur.
Favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xizmati shaxsiy tarkibi, ehtimoli bor
bo‘lgan ishlab chiqarish avariyalari xususiyatini bilishlari va tegishli ravishda
talofatlarga qarshi kurashish qurollariga ega bo‘lishlari kerak.Bu vaziyatlarda
xarakat qilish malakasini tez tibbiy yordam va birinchi tibbiy yordam xamda
davolash muassasalari xodimlari yaxshi egallagan bo‘lishlari talab etiladi.