Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
joylashgan, old g‘ildiraklari etakchi bo‘lgan komponovka sxemalilarida esa old
ko‘priklar ham etaklovchi, ham boshqariluvchi bo‘lib hisoblanadi.
Boshqariluvchi ko‘priklarda asosan rul boshqarmasining yuritmasi, ya’ni rul
trapesiyalari o‘rnatolgan bo‘lib avtomobillar burilish vaqtida burilish radiusi
ichkarisida bo‘lgan gildirakni sekinroq, burilish radiusi tashqarisida bo‘lgan
g‘ildirakni esa, tezroq aylanishiga yordam berib, burilish radiusi tashqarisid
bo‘lgan g‘ildirakni shataksiramasdan harakatlanishiga yordam beradi.
Etaklovchi ko‘priklarda esa asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar
joylashtirilgan bo‘lib ular dvigateldan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirgan
holda etakchi g‘ildiraklarga uzatib berish vazifalarini bajaradi.
Avtomobillarning osmalari ham ko‘priklarga mahkamlangan bo‘ladi.
6x4, 6x6 g‘ildirak formulali avtomobillarda uchta ko‘prik mavjud bo‘lib,
6x4 g‘ildirak formulali avtomobillarda ikkita etaklovchi va bitta boshqariluvchi
ko‘priklar joylashtirilgan. 6x6 g‘ildirak formulali avtomobillarda esa, ikkita
etaklovchi va bitta ham etaklovchi, ham boshqariluvchi ko‘prik joylashtirilgan.
Ham boshqariluvchi, ham etaklovchi ko‘priklarda rul trapetsiyasi, asosiy
uzatma, differensial va yarim o‘qlar ham joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday ko‘priklar
hozirgi kunda zamonaviy engil avtomobillarda keng qo‘llanilib kelmoqda.