• 46-mavzu:Xalqaro transport vositalariga qo‘yiladigan asosiy talablar Reja
  • Bilimlarni tekshirish dasturi mustaqil tayyorlanish uchun savollar




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet380/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Bilimlarni tekshirish dasturi mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
    1. 
    Shaharlararo yuk tashishdagi harakatni tashkil qilishda asosiy vazifalar 
    nimalardan iborat va uchastka usulida yuklar tashilganda qanday afzalliklarga 
    ega?
    2. 
    Shaharlararo yuk tashish samaradorligini tushuntiring. 
    3. 
    Xalqaro yuk tashishga qanday hujjat asosida ruxsat etiladi? 


    699
    4. 
    Shaharlararo yuk tashish deb nimaga aytiladi?
    5. 
    Shaharlararo yuk tashishlarga qanday tashkilotlar 
    rahbarlik qiladi?
    6. 
    Avtomobil yo‘nalishlari deb nimaga aytiladi?
    7. 
    Haharlararo yuk tashishda haydovchilar ishi qaysi 
    usullarda tashkil qilinadi?
    8. 
    Muntazam shaharlararo yuk tashish ishlari qanday 
    tizimda bajariladi?


    700
    46-mavzu:Xalqaro transport vositalariga qo‘yiladigan asosiy 
    talablar 
    Reja 
    1. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tashuvlarning hozirgiholati va uni 
    rivojlantirish masalalari 
    2. Transport xizmati bozorining milliy xususiyatlari 
    3. Dunyo suv havzalariga chiqishda O‘zbekiston transportyo‘laklari 
    4. Dunyo suv xavzalariga chiqishda alternativ yo‘laklar 
    Tovarlarni xalqaro tashishda transport xizmati bozorining shakllanishi milliy 
    xususiyatlariniO‘zbekistonning hamdadunyoning ko‘p davlatlaridagi xalqaro yuk 
    tashish bo‘yicha mavjud quyidagi uchta guruh aniqlab berdi: 
    - Eksport-import tashishlar (aniq bir davlatda); 
    - Xalqaro tranzit; 
    - Yuklarni chet el tashuvchilari orqali tashish. 
    Buguruhlar orasidagi prinsipial farqlar yuklarni yetkazishdagi transport-
    texnologik sxemalarda, transport-ekspedisiya xizmatlarini tashkil qilishda, tashish 
    uchun pul to‘lash va ushbu jarayon qatnashchilarining O‘zaro hisoblashuvlarida 
    ko‘rinadi. 
    Ulardan eng 
    muhimi 

    yuklarni yetkazishdagi transport-texnologik 
    sxemalarininghuquqiy va moliyaviy-iqtisodiy jihatlarini farqlab beradiganguruhlar 
    hisoblanadi.
    Masalan, eksport-import tashishlarda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi 
    tovarni eksport yoki import qiluvchidavlat hududida, (masalan, O‘zbekistonda yoki 
    dunyoning har qanday davlatida) bo‘ladi.Bu holda xalqaro aralashyuk tashishlar 
    murakkab bo‘lib, bir necha transport turlari qatnashadi.
    Shuning bilan birgalikda xalqaro tranzit yuk tashishlarda va chet(chet el yuk 
    tashuvchilari)ishtirokida yukni jo‘natuvchi hamda yukni qabul qiluvchi aniq bir 
    mamlakatdan tashqarida bo‘lishi mumkin. 
    Ikkinchi farqi – yuk tashish bozorining shakllanishida. O‘zbekiston 
    Respublikasi bo‘yicha yuk tashisheksport-import umumiy bozori ekspeditorlarning 
    aylanmasiga bog‘liq bo‘lmasdan,balki yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitda 
    mamlakatning tashqi savdo aylanmasi xajmlari bilan aniqlanadi. Xalqaro tranzit va 
    chet tashuvlarida esa holat boshqacha. Yuk bozori mamlakatdan tashqarida 
    shakllantiriladi va bu mamlakatning iqtisodiy holatiga bog‘liq emas hamda aniq bir 
    mamlakatning transporti tomonidan amalda O‘zlashtirishi mumkin bo‘lganidan katta 
    xajmda bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tranzit yuk tashuvlariga va chet el 
    tashuvlarigajalb qilinadigan amaldagiyuk xajmlariularning transportlari texnik 
    bazalari holatiga, kvalifikasiyasiga, xalqaro tashuvchilar obro‘si va vijdoniga hamda 
    davlat tomonidan to‘g‘ri boshqarilishiga bog‘liq. 


    701
    Eksport-import xalqaro tranzit va chet tashuvlaridagi farqlardan yana bittasi 
    ularning 
    to‘lov 
    uslublari 
    va 
    tashish 
    uchun 
    tariflarning 
    shakllantirish 
    prinsiplaridaniborat. Mavjud me’yoriy xujjatlarga binoananiq bir mamlakatning 
    chegarasigacha bo‘lgan eksport tashuvlar va uning chegarasidan tashqaridagiimport 
    tashuvlari shu mamlakatning yuk tashuvchilariva transport vositalari yordamidatarif 
    bo‘yicha milliy valyo‘tada amalga oshirilishi ta’minlanadi. Faqat chet ellik hamkor 
    yuk importibo‘yicha “ frank –zavod tayyorlovchi”yokieksport bo‘yicha “frank-qabul 
    qiluvchi” ko‘rinishida O‘zining pul to‘lash istagini bildirsa, O‘zbekiston hududi 
    bo‘ylab tashuv erkin konvertasiya qilinadigan valyo‘tada to‘lovni amalga oshirishi 
    mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuk olish-
    jo‘natishchet el firmasi orqali amalga oshirilayotgan bo‘lsa hamto‘lov ekv da amalga 
    oshiriladi. 
    Xalqaro avtomobil yuk tashuvlarni rivojlanishi logistika prinsiplarining, 
    jumladan “ aniq O‘z vaqtida” texnologiyasi qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar 
    transport vositalarining ishlamasdan turish vaqtlarini hisobga olsak,hozirgi vaqtda 
    yuk tashish uchun ketgan aylanma vaqtning yarmigacha yetadigan holatlarda bujuda 
    ham muhim. Yukni yuk tashuvchidan yuk qabul qiluvchiga topshirish vaqtida 
    avtomobil bir necha sutka turib qolishi mumkin. Xuddi shuningdek, chegaradan 
    O‘tish vaqtlarida ham to‘xtab turish vaqtlari bir necha sutkaga yetishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bo‘yicha 1995 yildan boshlab 
    O‘zbekiston orqali chegaradosh davlatlarga O‘tadigan quyidagi avtomobil chegara 
    O‘tish yo‘llarianiqlangan: buxoro viloyati alat p., bekobod shahri, toshkent 
    viloyatida yallama va g‘ishtko‘prik hududlari, surxondaryo viloyatida xayraton va 
    uzun posyolkalari; xorazm viloyatida urganch shahri va farg‘ona viloyatida 
    aydarxon posti, andijon va samarqand shaharlari. 
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti orqali yuk 
    tashishda chet el yuk tashuvchi kompaniyalari ulushi O‘zbek yuk tashuvchi 
    kompaniyalarigaqaraganda katta hajmni tashkil etadi. Agar, O‘zbekiston avtomobil 
    yuk tashuvchilariorqali 1996 yilda eronning bender-abbos portiga 34 ming tn. Yuk 
    yetkazilgan bo‘lsa,2001 yilga kelib, bu son 487 ming tonnagayetdi. 2001- yilda 
    O‘zbekistonhududi bo‘ylab eron islom Respublikasining 750 ming tn. Yuki olib 
    O‘tilgan, ularning bir qismi tranzit tashishdir. Chet el transport kompaniyalari 
    ulushining oshganligi, O‘zbek yuk tashuvchilarining moddiy-texnik bazasining 
    qoloqligi, asosan ekologiya bo‘yicha xalqaro talablarga javob bera olmaydigan 
    avtotransport vositalarining mavjudligisababdir. 
    O‘zbek avtomobil yuk tashuvchilarihissasining kamligi transport xizmatidan 
    keladigan foydani O‘zbek avtomobil yuk tashuvchilari emas, chet el firmalari 
    olishiga olib keladi.
    Avtomobilda xalqaro tashuvlarning solishtirma tannarxi hisoblash uslubiga 
    bog‘liq ravishda 0,96 dan 0,49 doll./km gacha bo‘ladi. Xalqaro tashuvlarni 


    702
    bajarishda daromad stavkalari, masalan eron (fors ko‘rfazidagi portlarda)va rossiya 
    yo‘nalishlari misolida oladigan bo‘lsak, 1,19 dan 0,79 doll/km. Gacha baholanadi 
    O‘zbek avtotashuvchilari uchunularning uzoq davlatlardagi chet el hamkasblari 
    bilan solishtirganda, kerakli xalqaro talablarga javob beradigantransport vositalarini 
    sotib olishi ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Ekologik cheklanishlar tufayli xalqaro 
    trassalarda (mdx, xitoy va ba’zi boshqa davlatlardan tashqari) hozirgi 
    vaqtdaavtomobilda xalqarotashuvlarda ishlayotganO‘zbek yuk tashuvchilarining 
    avtomobillari ishlatilmaydi. Bu avtomobillar oldingi sssrda ishlab chiqarilgan va 
    xorazmda germaniyadan tayyor agregatlar xolida olib kelib yig‘ilgan kam sonli 
    mersedes-bens–1935 tyagachlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi- 
    iqtisodiy aloqalar vazirligi bu tyagachlarni yig‘ish bo‘yicha shartnoma tuzganda bu 
    modeldagi tyagachlarning ekologik nuqtai nazardan xalqaro tashuvlarga to‘g‘ri 
    kelmasligini hisobga olmagan. Bu tyagachlar faqat yevro-1 talablariga javob beradi, 
    yevro-2 va 3 emas, yevro- 4 haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 
    Agar ko‘pchilik davlatlarning transport firmalari tadbirkorlari faqat transport 
    vositalarining narxini to‘lasa,(avtopoyezdlar uchun 110 ming dollar atrofida), 
    O‘zbek tashuvchilari esa ko‘proq to‘lashga majburdir. Bu ularni teng bo‘lmagan 
    holatda qoldiradi. Chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotib 
    olishdagiumumiy sarf-xarajatlar xattoki avtopoyezd narxidan 1,5 marta oshadi. 
    QO‘shimcha qiymat solig‘i (qqs) (20%gacha),tyagach va yarim tirkamanarxidan 
    bojxona yig‘imini (10-20%), transport vositasini sotib olgani uchun soliq (10-20%) 
    to‘lash kerak.
    O‘zbek xalqaro avtotashuvchilari soliq va bojxona qonun-qoidalarining 
    kamchiligi sababli mdx (belarus Respublikasi)da chiqarilgan yevro maz-at98, ya’ni 
    yevro-2 talablariga javob beradiganavtopoyezdlarning yangi modelini sotib ola 
    olmaydi. 
    Hududlar orasidagi va O‘zbekistonning iqtisodiy potensiallari orasidagi farqqa 
    qaramasdan latviya va belorussiyada tyagachlar soni 10 mingdan oshiqdir. Polshada 
    bunday transport vositalari parki2 marta ko‘p-20 ming dona, bolgariyada ham 
    shunchadir. 
    4.1. Lizing asosida avtopoyezdlarni sotib olish 
    Keyingi yillarda chet elda ishlab chiqarilgan avtopoyezdlarni sotib olishning 
    asosiy formasikreditga qaraganda ancha afzal bo‘lgan lizing bo‘lib qolmoqda. 
    Odatda lizing shartlari quyidagilardan iborat: 

    Shartnoma bahosiga bog‘liq ravishda 15-20% oldindan to‘lash; 

    Qolgan to‘lovlarni,chet el davlat bankiyoki hukumati kafolati bo‘yicha 
    36 oydan 60 oygacha cho‘zish(taqqoslash uchun: odatda kredit olish muddatini 1 
    yildan ortiq cho‘zish mumkin emas); 
    Lizing to‘lovlar teng bo‘laklarda amalga oshiriladi va shartnomaga binoan har 
    oyda, kvartalda yoki yarim yilda 1 marta amalga oshiriladi. 


    703
    Avtomobilni lizing bo‘yicha sotib olish uchun lizing beruvchiga faqat oldindan 
    to‘lash kerak bo‘ladi. Lizing shartlariga asosan, bir avtomobil narxidagi pulni sarf-
    xarajat qilib,5-6 ta transport vositalariniolish mumkin, ular shartnoma muddati 
    tugagandan keyin (3 yildan 5 yilgacha) tashuvchimulki hisoblanadi. Lizingda 
    bojxona va boshqa to‘lovlar saqlanib qoladi, ammo ularni3 yilgacha cho‘zish 
    mumkin.Shartnomada, avtomobil olingan vaqtidan 6 oy keyin, avtomobil foyda bera 
    boshlashidan,birinchi lizing to‘lovni amalga oshirish muddatini aniqlash tavsiya 
    qilinadi. 
    Yangi avtomobillarga lizing shartnomasini, bizning mamlakatimizda ularning 
    vakolatxonasi bo‘lsa,ishlab chiqaruvchi-zavod bilan tuzish maqsadga muvofiqdir. 
    Qonun bo‘yicha, vositachilik qiladigan firmalarda lizing to‘lovlar qimmatroq 
    bo‘ladi. Oldin ishlatilgan transport vositalarini (2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 
    tyagachlar, yarim priseplarning yoshi chegaralanmagan) lizingga berishda yetakchi 
    kompaniyalardan bittasi sharqiy-yevropa agentligi hisoblanadi (germaniya, aaxen 
    sh.), rossiya, belorussiya va ukrainada bu kompaniyaning vakolatxonalari bor. 
    Shartnomani tayyorlashda mijozjuda chuqur tekshiruvdan O‘tadigan biznes-rejani 
    ko‘rsatishi kerak. Tavakkal holatlarda(mamlakat siyosiy, iqtisodiyyoki moliyaiy 
    tomondan turg‘un bo‘lmagan holatlarda yoki boshqa faktorlarning ta’siri tufayli) 
    shartnoma bahosi va birinchi to‘lov hajmi oshishi mumkin. 
    Rossiya xalqaro avto tashuvchilari hayotidan misol keltiramiz: 
    Shunday holatlar bo‘lganki,soliq va bojxona talablarini aylanib O‘tish 
    maqsadida rossiyalik avtotashuvchilar avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga 
    oshirishda boshqa davlatlarda masalan, gollandiyada firmalarni ro‘yhatga 
    qo‘yishgan. Shunday qilib, bojxona to‘lovini (kirish) to‘lamasdan ularning transport 
    vositalarini olishi va foydalanishi mumkin. Bu albatta, rossiya davlati uchun zarar, 
    ammo buning birinchi sababi juda ham katta soliq to‘lovlaridir. 
    Rossiyaningbir qatorregionlarida ba’ziholatlar ijobiy xal qilinmoqda. 
    Sverdlovsk va tyumen viloyatining tadbirkorlari transport vositalariga ega 
    bo‘lishdagisoliqlardan ozod qilingan. Rostov viloyati korxonalari ham agarda 
    ularning parkdagi transport vositalarining50% dan ko‘prog‘i chet ellarga reys qilib, 
    xalqaro tashuvlarni amalga oshirsa, soliqdan ozod qilingan. Volgograd viloyatida 
    transport vositalarinisotib olishda ularavtomobilda xalqaro tashuvlar talablariga 
    javob bersa, ular ham transport solig‘idan ozod qilinadi.
    4.2. Dunyo suv havzalariga chiqishda O‘zbekiston transportyo‘laklari 
    Transport yo‘laklari deganda ustuvor yo‘nalishlardayuk va yo‘lovchilarni 
    tashishdakelishilganxolda faoliyat yuritadigan barcha turdagi transport yig‘indisi 
    tushuniladi. modal transport yo‘lagi qo‘shni davlatlar hududlari bo‘ylab O‘tadi. 
    O‘zbekiston hududi bo‘ylab 6 ta yer usti transport yo‘laklari bor, eng istiqbolli 
    yo‘laklar quyidagilar: 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilimlarni tekshirish dasturi mustaqil tayyorlanish uchun savollar

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish