I-Bob. Dvigatellarning ko‘rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlanish istiqbollari




Download 2,52 Mb.
bet2/31
Sana24.03.2017
Hajmi2,52 Mb.
#1540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

I-Bob. Dvigatellarning ko‘rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlanish istiqbollari.

1.1. Avtomobil dvigatellarining asosiy ko‘rsatkichlari

1.1.1. Avtomobil dvigatellarini tsikllari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari.

Avtomobil va transport vositalarida kuch manbai sifatida porshenli ichki yonuv dvigatellari ishlatilmoqda. Avtomobil transporti taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ularga o‘rnatiladigan dvigatellar quvvati diapazonini keskin oshirishdir. Og‘ir yuk avtomobillari, avtopoyezdlar uchun quvvati 450 kvt bo‘lgan dvigatellar kerak, kelajakda esa ularning quvvatini 750 kVT gi yetkazish va undan ham oshirish mo‘ljallangan. Yengil avtomobil dvigatellarining quvvati ham kundan kunga oshirilmoqda. Bu esa ularning harakat tezligini oshirishga va dinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga olib keladi.

Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Dvigatel quvvatini oshirish bilan bir vaqtda uning ishga chidamliligi va puxtaligini ham yaxshilash lozim. Avtomobil va boshqa transport vositalarining ko‘payishi hamda ularga o‘rnatiladigan dvigatellar quvatini oshishi suyuq yonilg‘i istemo’lini yanada oshiradi. Shuning uchun dvigatellar yonilg‘isining sarfini kamaytirish masalalarigi katta e’tibor berish kerak. Dvigatelning yangi konstruksiyalarini yaratishda ularning massasi va gabaritlarini kamaytirishga ham e’tiborni kuchaytirish lozim. Yirik shaharlarda transport volsitalarining ko‘payishi natijasida tashqi muhitning zararlanishi va umumiy shovqin kuchayadi. Shu sababli dvigatel shovqinini kamaytirish va havoning zararli, ishlatilgan gazlar bilan ifloslanishini oldini olish muammolarini hal qilish talab etiladi.
Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.



  1. Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu yerda ham xuddi to‘rt taktli dvigatellar kabi, yonuvchi aralashmasi silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab shu sikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar karbyuratorli yoki dizel bo‘lishi mumkin.

  2. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash va silindrni tozalash uchun yonuvchi aralashma (karb. dvigatel), yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.



1.1-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish sikli.

3. 1.1-rasmda ikki taktli dvigatelning ishlash sikli tasviri keltirilgan. Silindrning ikki tomonida kiritish va chiqarish darchalari bor. Silindр kallagida svecha yoki forsunka o‘rnatilgan. Silindr ichida porshen harakatlanadi va o‘zining devorlari yordamida kiritish va chiqarish darchalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos silindrga siqilgan yonuvchi aralashmasi yoki havoni yuborish uchun xizmat qiladi.

4.Porshen p.ch.n. dan yu.ch.n ga harakatlanganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonuvchi aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni tashqariga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Yuqoriga harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kirishish va chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab qisish jarayoni boshlanadi va porshen yu.ch.n. ga yetay deganda, qisish kamerasiga elektr uchqunini yoki yonilg‘ining mayda zarrachalarini forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijasida qisish kamerasidagi zaryad alangalanadi. Shunday qilib, porshen p.ch.n. dan yu.ch.n. ga harakatlanish jaryonida silindr oldingi sikldan qolgan gazlardan tozalanadi va yangi zaryad bilan to‘ldiriladi, keyinchalik darchalar yopiladi va qisish jarayoni boshlanadi.

Ikkinchi taktda porshen yu.ch.n. dan p.ch.n. ga harakat qiladi. Bunda qisish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen p.ch.n. ga qarab harakatlanadi. Bu vaqt silindrda kengayish jarayoni boshlanadi, porshenni harakatlanishi davom etib avval uni devorlari chiqarish darchasini ochganda porshen tepasidagi yuqori bosimli gaz darchadan chiqa boshlaydi. So‘ngra kiritish darchasi ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zaryad yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib, ularni chiqarish darchasi orqali tashqariga qisib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi. Silindrning chiqarish va kiritish darchalari joylashgan zonaga to‘g‘ri kelgan bir qismi (Vй-yo‘qotilgan hajm deb ataladi) amalda foydali ish bermaydi. Shuning uchun o‘rta gaz bosimi to‘rt taktli IYOD nikidan kichik bo‘ladi. Yo‘qotilgan hajmning nisbiy kattaligi koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi, uning qiymati oralig‘ida bo‘ladi. Ikki taktli IYОD larda ikki xil qisish darajasi mavjud.



geometrik va haqiqiy ular o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.

To‘rt taktli IYOD ning haqiqiy sikllari - Dvigatelning davomli ishlashini ta’minlovchi jarayonlar ketma-ketligining birikmasiga, ichki yonuv dvigatellarining haqiqiy (ishchi) sikli deyiladi.


Dvigatelning haqiqiy ishchi sikli porshenni to‘rt marta harakatlanishi natijasida hosil bo‘lib, ular kiritish, qisish, yonish-kengayish va chiqarish jarayonlaridir. Bu jarayonlarning har biri haqiqiy ishchi siklning bir qismi hisoblanadi. Bu jarayonlarning ketma-ket bajarilishi natijasida bitta sikl bajariladi yoki foydali ish bajariladi. Ikki taktli dvigatellarda porshenni ikki marta harakatlanishi natijasida bitta haqiqiy ishchi sikl bajariladi, ya’ni foydali ish bajariladi. Porshenni tirsakli val o‘qidan eng uzoqlashgan (yuqoriga chiqib qaytadigan) nuqtasi yuqori chekka nuqta (yu.ch.n) deyiladi. Porshenning val o‘qiga eng yaqinlashgan (pastga tushib qaytadigan) nuqtasi pastki chekka nuqta (p.ch.n) deyiladi.

Chekka nuqtalar orasidagi masofani porshen yo‘li (S) deyiladi.





1.2-rasm. Dvigatelning ko‘rsatkichlari.

Ishchi siklning bir qismida, ya’ni porshenning bir yo‘lida silinidr ichida bajarilgan ishga «takt» deyiladi.

Agarda dvigatelning bir ishchi sikli porshenning ikki yulida (tisrakli valning bir aylanishida) bajarilsa, bunday dvigatelni ikki taktli, agarda porshenning to‘rt yo‘lida (tirsakli valning ikki aylanishida) bajarilsa, to‘rt taktli dvigatel deyiladi.

Porshen harakatlanganda ishchi silindrdagi porshen usti bo‘shli\ining hajmi doimo o‘zgarib turadi, shunga ko‘ra havo yoki gaz bosimi ham doimo o‘zgarib turadi. (1.2-rasm)



1.1.2. Indikator, unumli o‘rtacha bosim, quvvat, F.I.K va yonilg‘ining solishtirma sarf qiymati.

Ishchi siklning asosiy ko‘rsatkichlariga o‘rtacha indikator bosim Pi, indikator quvvat Ni, indikator foydali ish koeffitsiyenti hi va indikator solishtirma yonilg‘i sarfi gi lar kiradi. Ishchi jismning bir takt davomida bajargan indikator ishini quyidagicha aniqlanadi:



(1)

bu yerda F-porshen yuzi; S-porshen yo‘li. Silindrning ishchi hajmi birligiga to‘g‘ri kelgan indikator ishini indikator bosimi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:



(2)

bu yerda,

Silindr ichidagi gazning vaqt birligi ichida bajargan indikator ishiga siklning indikator quvvati deb ataladi, va uni quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

(3)

bu yerda n-dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi, i-silindrlar soni, t-takt soni. Indikator solishtirma yonilg‘i sarfi quyidagicha aniqlanadi:



(4)

bu yerda Gё -soatli yonilg‘i sarfi.

Indikator foydali ish koeffitsiyenti quyidagi ifoda bilan aniklanadi:

(5)

bu yerda Qn -yonilg‘ining pastki issiqlik berish qobiliyati:

benzin uchun-43930 kj/kg, dizel yonilg‘isi uchun-42500 kj/kg,gaz yonilg‘isi uchun-36000 kj/m3

1.1.3. Dvigatelning ekologik ko‘rsatkichlari.

Ishlatilgan gazlarning zaharliligi va tutun darajalari. Avtomobillarning soni tez sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda. Lekin avtomobillarning atrof-muhit va inson salomatligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, bir avtomobil dvigateli o‘z silindrlari orqali 60 sekund ichida taxminan besh ming litr yonilg‘i aralashmasini o‘tkazadi, shu vaqt ichida 100 ta odam nafas olishi uchun kerak bo‘lgan havo sarflanishi mumkin. Bitta avtomobil dvigateli bir yilda tashqi muhitga 800 kg SO, 220 kg SO2 va 40 kg NO gazi hamda bir qancha boshqa zaharli gazlarni chiqaradi. Shu bilan birga avtomobil dvigatellarining ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan shovqin ham odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dvigateldan tashqi muhitga chiqib ketayotgan chala yongan gazlarning zaharligini kamaytirish uchun dvigatelning ish maromini tanlash, yonilg‘i uskunalarini rostlash, moylash tizimini yuvish, suyuqlangan aralashma ishlatish, tovush pasaytirgich urnida neytralizatorlar o‘rnatilmokda, elektromobillarni sinovdan o‘tkazilmoqda.
Avtomobil dvigateli tabiatni o‘zining ishlatilgan gazlari bilan zaxarlamoqda. Buni qanday qilib kamaytiriladi

1.1.4. Avtomobil dvigatellarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlari va ish maromlari.

Silindrning ishchi hajmi-Vh, porshen yu.ch.n. dan p.ch.n. gacha harakatlanganda hosil bo‘lgan hajmi. U quyidagi ifoda bilan aniklanadi:



(6)

bu yerda d-porshen diametri, Siqish bo‘linmasining hajmi (siqish kamerasi) porshen yu.ch.n. da turganda uning yuqorida hosil bo‘lgan hajm. У Vc xarfi bilan belgilanadi. Silindrning to‘la hajmi Vа silindrning ish hajmi Vh bilan qisishish bo‘linmasining hajmi Vc ning yigindisiga teng, ya’ni:



(7)

Silindrning to‘la hajmini siqish kamerasining hajmiga nisbati siqish darajasi deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:



, (8)

siqish darajasining miqdori karbyuratorli dvigalellar uchun =6,5-10; дизел dvigatellar uchun =12-22.

Dvigatel litraji ko‘p silindrli dvigatellarda barcha silindrlarning litrlarda ifodalangan ish hajmlari yig‘indisidan iborat:

(9)

bunda i-silindrlar soni, Vh-bitta silindrning ish hajmi.

Ichki yonuv dvigatellarining asosiy va solishtirma ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Asosiy ko‘rsatkichlariga dvigatelning mustahkamligi va chidamligi; dvigatelni takomillashgan darajasi; tuzilishini soddaligi; foydalanish va ta’mirlashni arzonligi; har doim ishga shayligi va o‘zgaruvchan maromlariga mostlashishi kiradi. Solishtirma ko‘rsatkichlari dvigatelni baxolashda uning solishtirma ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.

Dvigatelning tirsakli validan olingan nominal quvvatni, hamma porshenlar yuzalari yig‘indisiga nisbatiga uning solishtirma porshen quvvati deyiladi:



, kvt/dm2 (10)

bu yerda, i-silindrlar soni, d-porshen diametr,mm.

Dvigatel porshenining o‘rtacha tezligi

m/s (11)

bu yerda S-porshen yo‘li, mm; nh-tirsakli valni aylanish chastotasi, ayl/min. Dvigatelning nominal quvvatini, silindrlarning umumiy ishchi hajmiga nisbatini, uning litr quvvati deyiladi:



kvt/l (12)

Litr quvvat qanchalik katta bo‘lsa, dvigatel shuncha yengil va ixcham bo‘ladi. Dvigatelni massasini silindrlar ishchi hajmiga bo‘lgan nisbati, uning litr massasi deyiladi:



kg/l (13)

bu yerda,Gк-dvigatelning massasi (quruq og‘irligi).

Dvigatelning litr massasi uning tuzilishini takomillashganini ko‘rsatadi. Dvigatelning massasini uning nominal quvvatiga nisbatini solishtirma massasi deyiladi:

kg/kvt.(14)

Bu ko‘rsatkich dvigatelning turiga, tuzilishiga va material sifatiga bog‘liq.



1.2.Dvigatel ko‘rsatkichlarini oshirish usullari.

1.2.1.Dvigatelning quvvatnni oshirish usullari.

Dvigatelning litrli quvvati formulasidan uning qanday faktorlarga bog‘lik ekanligini ko‘rish mumkin. Literli quvvat asosan n, ήν, ρo, τ larga bog‘liqdir. Literli quvvatni aylanishlar chastotasi hisobiga oshirish eng qulay bo‘lib, bunda dvigatelning solishtirma massasi va o‘lchamlari kapmayadi. Aylanishlar chastotiasi oshishi bilan sikl davomidagi issiqlik yo‘qotishlar kamayadi, chunki ish jismining silindr devoriga tegish vaqti kam bo‘ladi. Natijada ishlatilgan gazlarning issiqligi katta bo‘ladi va bunday dvigatellarda nadduv qo‘llashga katta imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari , sovutish tizimiga berilayotgan issiqlik kamayadi va dvigatel yaxshi ishlaydi.

Aylanishlar chastotasini oshishi politropa ko‘rsatkichi n1 hamda siqish protsessi oxiridagi temperatura va bosimning oshishiga olib keladi. Natijada yonuvchi aralashma yonish protsessiga yaxshi tayyorlanadi va alangalanishning kechikish davri kamayadi. Dizellarda esa bundan tashqari , purkash bosimi oshishi natijasida yonuvchi aralashma mayda zarrachalarga parchalanib, yonish protsessi to‘la ketadi. Lekin dvigatelda mexanik yo‘qotishlar ortadi va silindirni ishlatilgan gazlardan tozalash qiyinlashadi. Dizellarda yonilg‘ini purkash davri uzayib ketadi va yonish protsessi kengayish yo‘lida amalga oshib, uning effektivligi pasayadi.

Mexanik isroflarni kamaytirish maqsadida porshen yo‘li kichik bo‘lgan S/D<1 dvigatellar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Karbyuratorli dvigatellarda asosan S/D≤ 1 qo‘llaniladi.

Aylanishlar chastotasi oshirilgan dvigatellarning afzalliklari qo‘yidagilardan iborat: katta kesim yuzali klapan o‘rnatib to‘ldirish koeffitsiyenti kattaloshtiriladi; sovitish tizimiga issiqlik kam o‘tadi; mexanik isroflar kam bo‘ladi. Demak, aylanishlar chastotasining oshishi yonish protsessining borishi bilan chegaralanmaydi. Kelajakda esa aylanishlar chastotasining oirilishi ustida ishlar olib borilayapti.

Dvigatel quvvatini oshirishning ikkinchi usuli nadduvdir (Puflagichli) .

Nadduv –dvigatel slindrlariga havo yoki yonuvchi aralashmani bosim ostida kiritish degani. Buning uchun havo yoki yonuvchi aralashma dastab kompressorda siqiladi, so‘ng silindirga haydaladi. Silindirlarga havo yoki yonuvchi aralashma uch xil usulda amalga oshiriladi: a) yuritmali kompressor bilan; b) turbo- kompressor bilan; v) aralash usulda haydaladi (1.3- rasm) .



1.3- Rasm. Nadduv sxemasi.

a- yuritmali kompressor bilan; b- turbo- kompressor bilan; v- aralash usulda havo beriladigan

Bu holda havo kompressorga tashqi muhitdan kiradi va ρk bosimgacha siqiladi, temperatura esa TK ga yetadi. Shundan so‘ng havo dvigatel silindiriga ρk bosim bilan kiradi. Bu davr ichida havoning zichligi ρ0 oshib ρk ga yetadi Natijada, dvigatel silindiriga kirayotgan zaryadning massa miqdori atmosferadan kirgandagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Demak, silindirga kirgan zaryadning miqdori oshgan sari, unga berilayotgan yonilg‘ining miqdorini oshirish talab etiladi. Silindirda esa ko‘p miqdorda yonilg‘i va havo massasi yonadi, natijada dvigatelning quvvati ortadi. Nadduv usuli bilan dvigatel quvvatini 50...... 70 % gacha oshirish mumkin.

Agar kompressor harakatni tirsakli valdan olsa (1.3-rasm, a) dvigatel quvvatining ma’lum qismi havoni siqishga sarflanadi. Bu usul ikki taktli YAAZ dizellarida qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda esa avtomobil dvigatellarida kompressorni harakatga keltirish uchun ishlatilgan gazlar energiyasidan foydalaniladi. Kompressor gaz turbinalar yordamida harakatlanadi (1.3 – rasm, b). Bu holda chiqarish trubasidan chiqayotgan gazlar soploli apparat orqali turbinaning kurakchalariga uriladi, turbina katta tezlikda aylana boshlaydi va kompressorni harakatga keltirib, foydali ish bajaradi. Havo tashqi muhitdan kompressorga keladi va ρk bosimgacha siqilib, dvigatelning silindrlariga haydaladi. Bu usul YAMZ-238N dvigatelida qo‘llaniladi.



1.1-diogramma. Nadduvli va nadduvsiz dvigatelning tashqi tezlik xarakteristikasi.

1.1-diogrammada nadduvli va nadduvsiz YAMZ-238N dizellarining tashqi tezlik xarakteristikalari keltirilgan.

Lokomotivlarga o‘rnatiladigan dizellarda kombinatsiyalashtirilgan haydash usuli qo‘llaniladi. Bu holda havoni siqish uchun tirsakli val yordamida ishlaydigan kompressordan hamda ishlatilgan gazlarning energiyasidan foydalaniladi. Bunda silindirga tushayotgan havoning bosimi katta bo‘ladi, chunki havoni siqish ham birinchi, ham ikkinchi kompressorda amalga oshirilada. Nadduv qo‘llanilganda siqish protsessining oxirida bosim va temperaturaning oshishi natijasida, yonish protsessining xarakteri bir oz o‘zgaradi.

Bundan tashqari, yonuvchi aralashmaning boshlang‘ich yuqori parametrlarga ega bo‘lishi va yonish natijasida gazlarning maksimal bosimi ancha oshadi va dvigatelning umumiy termik zo‘riqishi ko‘payadi. Demak, dvigatelning konstruksiyasi nadduvni hisobga olgan holda hisoblanishi kerak.

Karbyuratorli dvigatellarda detonatsiyali yonishning paydo bo‘lishi sababli ularda nadduv qullash cheklangan. Dvigatellarda nadduv qullanilganda yonilg‘i nasosining pretsizion juftlari va gaz taqsimlash fazalari mos tanlanishi kerak. Respublikamizda nadduv , asosan, dizellarda q o‘llaniladi, bunda havoni haydash bosimi esa 0.95...1,05 Mpa ni tashkil qiladi. Nadduvli dvigatellar og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarga o‘rnatilmoqda, ular tog‘li tumanlarda ishlatilganda maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Dvigatel quvvatini oshirishning yana qo‘yidagi usullari bor;

to‘rt taktli dvigatel o‘rniga ikki taktligini qo‘llash , bu usul nisbatan kam qo‘llaniladi, chunki bunday dvigatelning termik zo‘riqishi kuchli va ishlash muddati kam bo‘ladi;

Siqish darajasini oshirish. Bu usul karbyuratorli dvigatellarda qo‘llanilib ε ning ma’lum qiymatlarigacha (ε q 8....9) dvigatelga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin ε ning qiymati juda oshirib yuborilsa, detonatsiyali yoki o‘z-o‘zidan yonish protsesslari sodir bo‘ladi;

To‘ldirish koeffitsiyentini oshirish. Buning uchun kiritish va chiqarish turbalarining uzunligi to‘g‘ri tanlanib, ulardagi havoning to‘lqinlanish bosimidan foydalaniladi va silindir hajmi o‘zgarmagan holda uning diametri kattalashtiriladi. Bu holda silindr galovkasiga to‘rtta klapn o‘rnatishga imkon tug‘uladi, natijada to‘ldirish koeffitsenti ortadi;

-η/α nisbatni oshirish. Bu nisbat ichki yonuv dvigatellarida nisbatan kam o‘zgaradi.

1.2.2.Ishlatilgan gazlarning zaharliligini kamaytirish.

Ichki yonuv dvvgatellari tashi muhitga va termik organizm­ga zarar yetkazadigan ko‘p mikdorda zaharli moddalar chiqaradi.­


1.1 - Jadval

Zaharli moddalar %

dizel

Karbyuratorli

Gtl


Is gazIi

Karbonat angidrid

Uglevodorodlar

Aldegidlar

Azot oksidlari

Oltingugurt ikki oksidi

Qypym (g(ma)


0,2

12

0,01



0,002

0,25


0,03

0,25


6,0

10

0,05



0,03

0,5


0,008

0,5


Karbyuratorli dvigatel va dizeldan chiqadigan zaharli moddalarning o‘rtacha foyiz miqdori 1.1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turubdiki, dizellarda zaharli moddalar nisbatan kam. Shu sababli 3 t li va undan yuqori yuk avtomobillariga dizellar o‘rnatish amalga oshirilgan.


1.2.3. Yonilg‘ini tejash usullari Alanga bilan o‘t oldirish.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, karbyuratorli dvigatellar kichak nagruzkalarda tejamsiz va zaharli gazlarni ko‘p chiqa­rib ishlaydi.

Ushbu kamchiliknik yo‘qotish uchun karbyuratorli dvigatellar­da alanga bilan o‘t oldirish usulini qo‘llash maqsadga muvo­fiq

Bunday dvigatel kichik nagruzkalarda tejamli ishlay­di, ishlatilgan gazlarning zaharliligi esa kam bo‘ladi . Alanga bilan o‘t oldiriladigan karbyuratorli dvigatel yonish kamerasining sxemasi 1.2- rasmda ko‘rsatilgan


1.4 - rasm. a) alanga bilan o‘t oldirish sxemasi; b) alanga bilan o‘t oldirilgan dvigatelning asosiy kamerasida alanganing tarqalishi;


Yonuvchi aralashmani bunday usulda yondirish professor A. N. Voinov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu dvigatelning yonish kamerasi ikki qisimga bo‘lingan. Yonish kamerasining protsentini tashkil etuvchi yondosh kameraga alohida karbyuratordan maxsus naycha bo‘ylab klapan orqali oson alangalanadigan quyuq (α q 0.7.... 0.8) yonuvchi aralashma keladi. Asosiy kameraga esa karbyuratordan suyuq (α q 1.4.... 1.8) yonuvchi aralashma kiritish klapani orqali keladi. Bunda yonish svechasi yondosh kamerada joylashgan bo‘lib, svechadan uchqun chiqishi bilan quyuq yonuvchi aralashma yonadi. Buning natijasida yondosh kameradagi bosim asosiy kameradagi bosimdan ancha oshib ketadi. Bosimlar farqi vujudga kelganligi sababli yongan aralashma yuqori tezlikda birlashtiruvchi kanal orqali asosiy kameraga alanga shaklida otilib chiqadi. Bunday alanga asosiy kameradagi suyuq yonuvchi aralashmaning ham to‘la yonishini ta’minlaydi. Natijada ishlatilgan gazlarda is gazi (SO) deyarli bo‘lmaydi.

Dizellarning ishlatilishi

Xalq xo‘jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarilgan dizel dvigatellari bir necha sabablarga ko‘ra karbyuratorli dvigatellardan afzalliklari mavjud.

1) dizelda 1 kVt quvvat olish uchun sarf bladigan yonilg‘ining solishtirma sarfi karbyuratorli dvigatellarga nisbatan 35..40% ga kam, bundan tashqari, yonilg‘ining tannarxi ikki baravar arzon.. ­

2) Ish muddati nas­batan katta, masalan, YAMZ dvagatellarining motoresursi 10...12 ming motosoat, ya’ni 350. . 400 ming km ni tashkil qiladi.

3) ishlatilgan gaz­lardagi zaxarlai kompanentlarning miqdori nisbatan kam;

4) dizellarda tur­li xil yonilg‘i ishlatish mumkin;. ­

Dizel dvigatellari hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarining ayrim markalarida ham foydalanish yulga qo‘yilgan.
1.3. Dvigatellarning rivojlanish istiqbollari.

1.3.1. Rotor-por shenli dvigatellar

Porshenli ichki yonuv dvigatellarining kamchiliklaridan biri ularda qaytma –ilgarilanma harakatning mavjudligi va buning natijasida hosil bo‘ladigan inersiya kuchlarini muvozanatlashning qiyinligidir. Rotor- porshenli dvigatelda bunday kamchilik yo‘q. Shu sababli o‘tgan 20 yil ichida avtomobil dvigatellarining yangi, tipi, jumladan, rotor – porshenli dvigatellarni ishlab chiqarish kengaydi ( Germaniya va Yaponiyada).

Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) - Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,084 million kishi (30. Sentyabr 2014)
Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
Rotor –porshenli karbyuratorli dvigatelning sxemasi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.




1.3- расм. Ротор –поршенли двигатель

1.5-rasm. Rotor –porshenli karbyuratorli dvigatel

Dvigatelning sikloida shaklli bo‘shlig‘i bo‘lgan korpus bor. Korpusning bo‘shlig‘i ikki yon korpuslarning tekis yuzalariga qo‘shilib, ish bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Ish bo‘shlig‘ida qavariq rotor harakat qiladi. Rotor bilan bir o‘qqa silindirik shesternya o‘rnatilgan. Bu shesternyaning ichki tishlari korpusning qopqog‘iga mahkamldangan qo‘zg‘almas shesternya bilan tishlangan. Qo‘zg‘almas shesternya esa rotorga o‘rnatilgan ekssentirik val bilan bir o‘qda joylashgan. Ekissentirik valning o‘qi ish bo‘shlig‘ining markazidan o‘tadi. Rotor shesternyasi tishlari sonining qo‘zg‘almas shesternya tishlari soniga nisbati 3:2 ga teng. Shuning uchun rotor quvvat olinadigan ekissentrik valdan 3 marta sekin aylantiradi. Dvigatelni ishga tushurishda ekissentrik valni startyor orqali harakatga keltiradi va rotor ekissentirik val bilan birga aylana boshlaydi. Natijada rotor sikloida bo‘ylab harakat qiladi, chunki rotorning shesternyasi qo‘zg‘almas shesternyaga ilashadi. Rotor harakat qilganda uning uchala cho‘qqisi korpusning sikloidasimon yuzasiga tegadi va bir-biridan ajralgan uchta ko‘chuvchi o‘roqsimon kamera hosil qiladi. Rotor-porshenli to‘rt taktli dvigatelning ish sikli 1.6-rasmda ko‘rsatilgan.



1.6-rasmda. Rotor-porshenli to‘rt taktli dvigatelning ish sikli
Bu yerda 1 kiritish protsessi ; 2 siqish protsessi ; 3 ish aralashmasini svetcha yordamida yondirish; 4 kengayish protsessi; 5 ishlatilgan gazlarni chiqarish protsessi.

Rotor aylanishda davom etganda , 1 holat takrorlanadi chiqarish tamom bo‘lib yangi sikil boshlanadi. Rotorning cho‘qqilari orasida joylashgan boshqa kameralarda ham 120% so‘ng shunga o‘xshash taktlar bo‘lib o‘tadi. Bunday dvigatelda rotorning aylanishi natijasida faqat markazdan qochirma inersiya kuchi hosil bo‘ladi. Bu kuch osongina valdagi ikkita posangi bilan muvozanatlanadi.

Rotor porshenli dvigatel o‘rtacha effektiv bosim, yonilg‘ining tejamliligi, literli quvvat kabi parametirlar bilan hozirgi zamon karbyuratorli dvigatellariga yaqin turadi.Bu dvigatellar porshenli dvigatellarga qaraganda ancha oddiy tuzilgan bo‘lib unda faqat ikkta detal, ya’ni rotor hamda val tekis aylanma harakat qiladi. Uning massasi va gabarit o‘lchamlari porsheneli dvigatelnikidan kichik va undan to‘la muvozanatlashganligi hamda tebranishlarning yo‘qligi bilan farqlanadi.RPD ning asosiy kamchiligi rotorning cho‘qqilariga o‘rnatilgan halqalarning tez ishdan chiqishidir. RPD ning dizel tipi ham ishlab chiqarilgan.

1.3.2. Gaz turbinali dvigatellar.

Keyingi yillarda gaza turbinali dvigatellardan avtomobilning kuch jihozi sifatida foydalanish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu faqat turbinali dvigatellarning o‘ziga xos xususyatlari bilan bog‘liq bo‘lmay, balki katta yuk avtomobillarini yaratish va avtopoyezdlar ishlatish uchun katta (750 kvt , 1000 ok ) quvvatli dvigatellar zarurligidan kelib chiqqan. Gaza turbinali dvigatelda ish protsessini dizelga nisbatan katta aylanishlar sonida ham hosil qilish, binobarin, nisbatan kichik massa va gabaritli dvigateldan katta quvvat olish mumkin.

Oddiy gaza turbinali avtomobil dvigatelining sxemasi 1.6 – rasmda ko‘rsatilgan.

U markazdan qochma kompressor, yonish kamerasi, kompressor turbina, kuch turbinasidan tuzilgan.



1.7 – rasmda. Oddiy ikki valli gaz turbinali avtomobil dvigatelining sxemasi.
1 – kompressor kurakchasi, 2 - svetcha, 3 – yonish kamerasi, 4 -turbina diski, 5 – soploli apparat, 6 – kuch turbinasi diski, 7,11 –val, 8 -val reduktor, 9 –kuch turbinasi,10 –kompressor turbina, 12 –kompressor.

Gaz turbinali dvigatellarning afzalligi shuki, unga qaytma - ilgarilanma harakat qiladigan detallar yo‘q.Shu sababli bunday dvigatellar valining aylanishlar chastotasi katta bulib , 20....25 ming ayl/min gacha yetadi, dvigatelning massa va gabarit o‘lchamlari kichik bo‘ladi.Masalan, bunday dvigatelning solishtirma massasi 0.35....0.5 kg/kVt dan oshmaydi.Gaz turbinali dvigatelning mexanik F.I.K. yuqori bo‘ladi, chunki unda val podshipniklardagi ishqalanishdan boshqa ishqalanishlar yo‘q, shuning uchun moylash tizimi oddiydir.Bu dvigatellarda yonilg‘i uzluksiz uzatilganidan yonilg‘i berish jihozlari sodda tuzilgan. Gaz turbinali dvigatel o‘rnatilgan avtomobil uchun ilashish muftasi kerak bo‘lmaydi, chunki dvigatelni ishga tushirishda faqat komperessorining vali aylantiriladi, tortish turbinasi esa harakat qilmaydi.

Gaz turbinali dvigatellar bir qancha kamchiliklarga ega :

nominal rejimda porshenli dvigatelga nisbatan tejamsiz ishlaydi;

bir xil quvvatda havoning sarfi katt;

so‘rilayotgan havo juda toza bo‘lishi kerak;

kichik zo‘riqishlarda dvigatelning tejamkorligi keskin yomonlashadi;

avtomobilni dvigatel bilan itormozlash mumkin emas.

Dvigatelning bu kamchiliklari hozirda uning konstruksiyasini murakkablashtirish hisobiga yo‘qotilmoqda.
1.3.3. Gibrid avtomobillar to'g'risida tushuncha

Gibrid avtomobili bu “elektrodvigatel-ichki yonuv dvigateli” sistemasi harakatlantiradigan va yonilg'i hamda elektr akkumulyatordan quvvat oladigan yuqori tejamkor avtomobildir. Gibrid avtomobilning eng muhim afzalligi- yonilg'i sarfini kamligi va zararli tutunlarning kamligidir.

Bu dvigatel sistemasining ish rejimini bort kompyuteri yordamida to'liq avtomatik boshqarish hisobiga amalga oshiriladi.

Avtomatik boshqariladigan ish rejimlariga quyidagilar kiradi:

1.Transport oqimida harakatlanayotgan avtomobil to'xtaganda uning dvigatelini o'z vaqtida o'chirish va uni yurgizmasdan akkumulyator batariyalari hisobiga harakatni davom ettirish

2.Elektrodvigatelni akkumulyator zaryadini to'ldirish uchun generator sifatida ishlatish.(rekuperatsiya).

Umumiy gibrid bu genetik farq qiladigan turlarni chatishtirib olingan organizmdir.

Gibrid avtomobil ishchi yonuv dvigateli va elektromotor chatishtirilgan mashinadir. Zamonaviy avtoselektsiyada gibridlash avtomobillar uchun yagona yo'ldir. Chunki bir tomondan neftning narxi tuxtovsiz o'sib bormoqda va bu ichki yonuv dvigatelini rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda, ikkinchi tomondan elektr energiyasi kichik o'lchamlarda uzoq vaqt saqlab turish muammosi faqat elektr energiyasi bilan harakatlanadigan elektromobillardan foydalanishga to’sqinlik qilmoqda.

Gibrid kuch qurilmasini ishlab chiqishning asosiy sababi ayniqsa shahar transporti uchun muhim bo'lgan zararli chiqindilarni atmosferaga chiqishini kamaytirish edi.

Bu sistema qurum va uglevodorodlar ajralib chiqishini 90% ga, azot oksidlarini 50% ga kamaytirishga imkon beradi. Bunda yonilg'i iqtisodi 60% ni tashkil qiladi va harakat boshlangan paytda tezlanish 50 % ga oshadi.

Gibrid kuch qurilmasi har xil vazifalarni bajaradigan har xil avtomobillargi o'rnatilishi mumkin. Bu sistemaning ishlash prinsipi quyidagilardir: avtomobil g'ildiragi akkumulyator batariyalaridan quvvat oladigan elektrodvigatel yordamida harakatlanadi, dizel dvigateli esa akkumulyatorni zaryadlaydigan generatorni harakatga keltiradi. Bundan tashqari dizel transmissiya bilan bog'langan va bir qism quvvatini g'ildiraklarga beradi.

Shu tufayli harakat boshlanayotganda ortiqcha shovqinsiz va yonilg'i sarflamasdan maksimal tezlanishga erishiladi.



Gibrid avtomobillarining klassifikasiyasi. Umumiy holda gibrid avtomobil, bu harakatlantiruvchi kuch sifatida o'zaro bog'lanishda bo'lgan elektrodvigatel va ichki yonuv dvigatelidan foydalaniladigan, hamda odatdagi yonilg'idan va akkumulyator batariyasi zaryadidan oziqlanadigan avtomobildir. Amaliy jihatdan agar avtomobil to'xtash joylarida dvigatelni o'chirmasa, rekuperativ tormozlash sistemasiga ega bo'lmasa va elektromotordan hech bo'lmaganda yordamchi dvigatel o'rnida foydalanilmasa bu avtomobilni gibrid deb aytolmaymiz. Shu jihatdan gibrid avtomobillar quyidagi tiplarga bo'linadi.

1 – tip 42 voltlik akkumulyatorga ega bo'lgan an'anaviy sistema bu tipdagi avtomobilda quyidagi funksiyalar bajariladi:

- to'xtash joylarida dvigatelni o'chiradi;

- tormozlash hisobiga akkumulyatorni zaryadlaydi;

- elektormotor harakatlantiruvchi kuch sifatida ishlatilmaydi.

2 - tip Passiv gibrid deb ataladigan bu avtomobillar kichik akkumulyator tezlik olishda qo'llaniladigan kichik elektromotor bor. Bu avtomobilda :

- to'xtash joylarida dvigatel o'chiriladi;

- rekuperativ tormozlash sistemasidan foydalaniladi;

- elektromotor qo'shimcha rol o'ynaydi.

3 - tip To'liq gibrid – katta akkumulyator batareyasi hech bo'lmaganda bitta quvvatli eletromotori bo'lgan va har ikkala harakatlantiruvchi manbadan foydalaniladigan avtomobildir. Bu avtomobilda

- to'xtash joylarida dvigatel o'chiriladi;

- tormozlash vaqtida batareya zaryadlanadi;

- faqat ichki yonuv dvigatelidan faqat elektromotordan yoki har ikkisidan bir vaqtda foydalanish imkoniyatiga ega.

1.8-rasm. Toyota Camre avtomobilidagi gibrid dvigatel


1.9-rasm. Zamonamizning eng birinchi gibrit avtomobili – Toyota Prince 1997 yil.


Gibrid kuch qurilmalari tuzilishining uchta asosiy sxemasi - ketma-ket, parallel va aralash sxemasi mavjud. Ketma-ket gibrid sxemasi yengil avtomobillarda kam tarqalgan. Ba'zi avtobuslar, samosvallar va lokomotivlar kuch qurilmasi shu sxema bo'yicha yasalgan. Ketma-ket sxemada g'ildirakni elektromotor yurgizadi, kichik letrajli IYoD esa elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generatorni aylantiradi. Bunda tezliklar qutisi va quvvatli ichki yonuv dvigateliga hojat qolmaydi, lekin katta sig'imli akkumulyator kerak bo'ladi.



1.10-rasm. Ketma-ket sxema asosidagi Chevrolit VOLT avtomobili

Hozirgi vaqtda eng ko'p tarqalgan sxema – parallel sxemadir. Parallel sxema 1905-yilda nemis olimi Genri Pupper tomonidan patentlashtirilgan. Ular tezlik olishda ichki yonuv dvigateliga yordam beradigan, tormozlash vaqtida rekuperativ energiyani yig'adigan quvvatli (10-15 kilovatt) elektromotor bilan jihozlangan.

Transmessiya sifatida odatda variator yoki planetar uzatma qo'llaniladi.



1.12-rasm. Parallel gibrid sxemasi



1.13-rasm. HONDO firmasining gibrid kuch qurilmasi.



1.14-rasm. Keyingi vaqtdagi parallel sxema namunasi- BMW Astrel Hiyubretning kuch qurilmasi.




1.15-rasm. Avdi dio tshliq paralell gibridi 1998 yil
HONDO firmasining kuch qurilmasi parallel sxemaga misol bo'la oladi. Bunda dvigatelning tirsakli valiga maxovik o'rniga elektromotor-generator o'rnatilgan. Bu model faqat elektromotor bilan 50 km masofa bosib o'tishi mumkin.

HONDO kompaniyasi ta'minlash manbai sifatida litiy-ion yoki litiy-polimer akkumulyatordan foydalanadi.

Aralash yoki boshqacha aytganda ketma-ket parallel gibridlar ham ancha tarqalgan.

1.16.-rasm Ketma-ket- parallel gibrid sxemasi.

Aralash sxemalarda planetar uzatma bo'lmaganligi uchun sinergiya-ichki yonuv dvigateli va elektromotor o'rtasida o'zaro bog'lanish hosil bo'ladi. Bundan IYoD elektromotor bilan birgalikda g'ildiraklarni va bir vaqtda generatorni aylantiradi. Bunda an'anaviy tezliklar qutisiga xojat qolmaydi. Elektronika motor va generatorning aylanishlar sonini rostlaydi va bu sistema pog'onasiz transmissiyaga aylanadi.

1.17-rasm. BMW Hybrid x6.


1.18-rasm.Lexus RX450 Gibridi.

Unda ikki elektromotor planetor qatori va pog'onasiz tezliklar qutisi bor.Bir elektromotor kichik tezliklarda ishlaydi ikkinchisi esa IYoD ni qo'shadi va keyingi generator xizmatini bajaradi.

Gibridlarda o’rnatilgan aksari dvigatellar benzinli dvigatellardir. Bu dvigatellarning ko’plari qisqa taktli qisilishda ishlaydi. Ish jarayoni effektivligi yaxshiroq. Bu eng yaxshi ekologik va iqtisodiy ko’rsatkichlarni ta’minlaydi.


II-Bob. Kasb-xunar kollejlarida “"Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari "” mavzusini о‘qitish.

2.1. О‘quv jarayoniga ta’lim texnologiyalarini joriy etishning dolzarbligi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va о‘zlashtirish zarurligi kо‘p karra takrorlanadi.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qо‘llanilmoqda.

Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushurilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yо‘k, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuchi kо‘pgina ta’riflari mavjud.

Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda О‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarnini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qо‘llashga intilmoqdalar. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug‘ildi, degan savol paydo bо‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini о‘zgartirib, milliy tus berib, foydalaneversa bо‘lmaydimi?

Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
– degan mulohazalar ham yо‘q emas. О‘zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yо‘ldan bormoqda. Bu yо‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bо‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qо‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yо‘l uzoq xazmat qilolmaydi. Chunki:

Birinchidan, ma’lum sabablarga kо‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan о‘rni olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

Ikkinchidan, an’anaviy о‘qitish tizimi yozma va og‘zaki sо‘zlarga tayanib ish kо‘rishi tufayli «axborotli о‘qitish» sifatida tavsiflanib, о‘qituvchi faoliyati birgina о‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining о‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin kо‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

Tо‘rtinchidan, kishilik jamiyati о‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bо‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga о‘tib borayotganligi;

Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblongan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir

Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab о‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.

Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida о‘qitilganligi, ularda о‘zgacha nuqtai nazarni tan olmasliq, faqat о‘z fikrini tо‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g‘ov bо‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari yetaklaydi.

Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavkei kundan-kunga ortib bormoqda.

Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yо‘llaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini qabо‘l qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.

Ta’lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yо‘lga solinganlik, tartiblilik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshirish va muqobillashtirish yо‘llarini izlash pedagogika sohasida doimo tadqiqot olib borilgan.

Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy о‘n yettinchi asrdayoq ta’limning «vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsani talab qilmaydigan tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda о‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, «hamma narsa toshlari tо‘g‘ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bо‘lgan bexatolik bilan ilgarilaydi».

Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limnmni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish-texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida kо‘zlangan ta’lim mahsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.

T.S.Nazarovaning qayd etishicha pedagogik texnologiya 70-yillarning boshlarida AQShda yuzaga kelgan bо‘lib, uning asoschilari taniqli olimlar B.

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Keroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalardir.

Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamalkatlarga tez tarqaldi, YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qullab-qо‘vvatlandi va hozirgi kunda kо‘pgina mamalkatlarda muvaffaqiyatli о‘zlashtirilmoqda,qо‘llanilmokda.

UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization - Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.

Kо‘pgina mamalkatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,о‘quvchilar о‘zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan,Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bо‘yicha tajriba-sinov tarzida о‘qiyotgan 50 ming boladan 75 foizda an’anaviy о‘qitishda faqat eng yaxshi о‘quvchilar erishadigan natijalar qо‘lga kiritilgan.

Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan о‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida tо‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi.

Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan –uni,aniq rasmiylashtirilgan va detallari bо‘y icha aniq elementlarga bо‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat.

Ta’lim texnologiyasining predmeti-ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qо‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, о‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan,ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan.

Bizda ta’lim nazariyasi va amaliyotida, о‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50-yillardan boshlangan. Ular, ana’anaviy о‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda о‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «о‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, о‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qо‘llash yо‘li bilan hamda qо‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir». V.P.Bespalko bо‘yicha, barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yо‘liga utkazish-о‘quv amaliyotini,, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obyektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi.

Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qо‘llanilib kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini о‘rganib,xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda О‘zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim.

2.2. “Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari " mavzusini о‘qitishda texnologik yondoshuv.

Ta’lim-tarbiya jarayonini sifati va samaradorligini oshirish kо‘p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’limlanganligiga bog‘liq bо‘ladi.

Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalarga ta’lim vositalari deyiladi.

Ta’lim vositalari 3ga bо‘linadi:




Real ta’lim vositalari, texnik vositalar va chop etilgan о‘quv materiallari. Real ta’lim vositalariga о‘qitishda qо‘llaniladigan barcha real yordamchi vositalar: mashinalar, traktorlar, jihozlar, dastgohlar, tayyor mahsulotlar va hokazolar kiradi.

Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Texnik vositalariga, proyektor, kino apparat, о‘quv televideniyesi, vidiomagnitafon, kompyuter, videofilmlar, multimedia va hokazolar kiradi.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Bundan tashqari sinf doskasi, doska-stend, doska-bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. Chop etilgan о‘quv materiallarlarga chop etilgan о‘tkazilgan barcha о‘quv va kо‘rgazmali materiallar kiradi.

Yuqoridagi ta’lim vositalari о‘qituvchi uchun, о‘quvchi uchun, hamda dars о‘tkazish uchun alohida variatlarini tо‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

1.О‘qituvchi uchun vositalar: о‘quv predmetini о‘qitish metodikasi bо‘yicha qо‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bо‘yicha metodik tavsiyalar, о‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.

2.О‘quvchi uchun vosita darslik, о‘quv qо‘llanma yoki о‘qituvchining ma’ruza matnlar jadvallar yо‘l-yо‘riq xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.

Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

3.Dars о‘tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar etalonlar, namoyish qilish jihozlari labaratoriya amaliy ishlarni о‘tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, dialm, videoyozuvlar, diopozitivlar.

Tanlab olingan metod, shaql va vositalar bir-irini tо‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi kerak.

Chop etilgan о‘quv materiallarga ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlashga va ularning faollashuviga kо‘maklashadi. Ularga: tarqatma materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalri, matnlar, о‘quv qо‘llanmalari va shu kabilar kiradi.



Sinf doskasi- о‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan о‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bо‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir о‘quv xonasida mavjuddir.

Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni о‘chirishga tо‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta kо‘rsatish imkoni bо‘lmaydi. Bundan tashqari о‘qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bо‘ladi va uni eshitish qiyin bо‘ladi.



Doska-stend – mashg‘ulotlarda о‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan о‘qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga о‘sha kattalikdagi qog‘oz qо‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi.Trening vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.

Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda о‘zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska-stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr-mulohazalari va g‘oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bо‘linadi.



Doska-bloknot – bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bо‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qо‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilgan qо‘yish ham mumkin.

Kodoskop (grafoproyektor) – shaffof plenkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qо‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. Unadn ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qо‘lay, moslashuvchan vosita bо‘lib, bir marta tayyorlangan plenkadan kо‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bо‘lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni о‘qituvchi plenkaga flomaster yordamida tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri yozib kо‘rsatishi ham mumkin.

Yuqorida sanab о‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun о‘qituvchi qaysi vositani qachon qо‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.



Tarqatma materiallar – ta’lim oluchilar uchun о‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bо‘lmagan (1-2 varaq) yozma о‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar trening ishini qiziqarli qilish imkonini berib, kо‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda о‘qib chiqib muhokama qilish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qо‘llashda qо‘yidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

Ta’lim oluchilarga haddan tashqari kо‘p tarqatma materiallar bermang

Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir mashg‘ulot uchun ikkita tarqatma material zarur bо‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtiring

Matn shrifti 12 dan kichik bо‘lmasligi kerak.

Bir betda 80 tadan kо‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang.

Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bо‘lishi kerak.

Varaq dizayni e’tiborni о‘ziga tortishi kerak.

Ishchi varaqalar – guruhlarda, juft bо‘lib va individual mashqlar bajarishda qо‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bо‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan tо‘ldirish talab qilinadi.

Nazorat varaqalari – mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qо‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bо‘lishi mumkin. Matnlar – trening mavzusi bо‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik kо‘rishda, mashg‘ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.


Tarqatma materialarni tayyorlash va qo‘llash qoidalari:

Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma

materiallar bermang.

Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir

mashg‘ulot uchun ikkita tarqatma material

zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib

ularni ajratishni osonlashtiring.

Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak

Bir betda 80 tadan ko‘p belgi

( harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang.

Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.

Varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.




2.3 “Aqliy xujum metodi asosida” Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari mavzusini о‘qitish texnologiyasi.

Noan’anaviy ta’lim metodlari yoki ta’lim markazida о‘quv bо‘lgan metodning afzalliklari shundan iboratki, unda о‘quchilarni mustaqillikka, erkin fikrlashga va tashabbuskorlikka о‘rgatish bilan bir qatorda ilg‘or g‘oyalar berish va qо‘yilgan muammoni yechish kо‘nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.“Aqliy hujum” metodi noan’anaviy metodlardan biri bо‘lib, u g‘oyalarni generatsiya qilish usuli, ya’ni о‘quvchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechish uchun shaxsiy g‘oyalarni ilgari suradilar va ularni umumlashtirib va tahlil qilib aniq takliflar ishlab chiqadilar.

Kasb hunar kollejlarida “Avtomobil dvigatellari” kursi о‘qitiladi. Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari mavzusini yangi о‘qitish texnologiyasi bо‘yicha loyihalayotganda “aqliy hujum” metodidan foydalanishni keltiramiz.

О‘quvchilarga avtomobillarni tashxislash ishlarining tarkibiy qismlari tо‘g‘risida batafsil tushuncha berilgandan keyin ularning oldiga mahalliy shart – sharoitdan kelib chiqqan holda tashxislash ishlarini takomillashtirish muammosi qо‘yiladi va u darsning asosiy maqsadi qilib belgilanadi.

Shundan keyin о‘quvchilarga avtomobillarni tashxislash jarayonini takomillashtirish bо‘yicha g‘oyalar taklif etish tо‘g‘risida kо‘rsatma beriladi. О‘quvchilarga berayotgan g‘oyalarining aniq va tushunarli bо‘lishiga hamda uni real sharoitda qо‘llash mumkinligini asoslash zarurligi tushuntiriladi. О‘quvchilarning taklif etgan g‘oyalari qayd etib boriladi.

О‘quvchilarning yuqorida taklif etgan va asoslab bergan g‘oyalari guruhlanadi va saralangandan keyin asosiy taklif sifatida tavsiya etiladi.

Aqliy hujum” usulining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat

О‘qituvchi

О‘quvchi

1-bosqich. Tayyorlov.

Mavzuni aniqlaydi, maqsadini, natijalarini, baholash mezonini shakllantiradi.




II-bosqich.

Kirish.

Mavzuni maqsad, natija va baholash mezonini e’lon qiladi. Aqliy hujum usuli maqsadini amalga oshirish vositasi ekanligini tushuntiradi.

Berilgan muammoni bayon qilib, boshlash tо‘g‘risida buyruk beradi.





III.-bosqich

g‘oyalarni kiritish

G‘oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qog‘oz varag‘iga yoki doskaga yozib olishni tashkil qiladi.

Muammoni yechish bо‘yicha g‘oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.

IV-bosqich.

Tahlil.

Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g‘oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.

Bildirilgan g‘oyalarni, takliflarni guruh (jamoa) bо‘lib tahlil qiladilar. Eng qо‘lay va maqsadga muvofiqlarini aniqlaydilar.

V-bosqich.

Yakun yasash, tahlil va baholash.

О‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

О‘z-о‘ziga baho berishlari mumkin.


2.4. “Aqliy hujum metodi asosida” Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari mavzusini о‘qitish bо‘yicha dars ishlanmasi.



    1. 1-MAVZU "Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari "

      ma’ruza – 2 soat laboratoriya-2soat
      «Avtomobillarga tashxis qо‘yish» ma’ruzasini olib borish texnologiyasi

Mashg‘ulot shakli

Kirish-informatsion mavzu bо‘yicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1.Avtomobil dvigatelining asosiy ko’rsatgichlari .

2.Dvigatelning ish unumini oshirish usullar

3.Dvigatelning rivojlanish istiqbollari



О‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirishni о‘rgatish.

Tayanch tushuncha va iboralar




Pedagogik vazifalar:

О‘quvchi faoliyati natijalari:

Avtomobil dvigatelining asosiy ko’rsatkichlari yoritib beriladi

Avtomobil dvigatelining asosiy ko’rsatkichlari haqida ma’lumotga ega bo’ladi

Dvigatelning ish unumini oshirish usullarini o’rgatadi

Dvigatelning ish unumini oshirish usullarini o’rganadi

Dvigatelning ish unumini oshirish usullar bilan tanishtiradi;

Dvigatelning ish unumini oshirish usullarini aytib bera oladilar;

О‘qitish vositalari

ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska

О‘qitish usullari

“aqliy hujum” usuli ma’ruza, namoyish, blits-sо‘rov,

О‘qitish shakllari

frontal, kollektiv ish

О‘qitish sharoiti

Texnik vositalar (kompyuter, mul’-timedia proektor) bilan ta’min-langan, guruhlarda ishlash usulini qо‘llash mumkin bо‘lgan auditoriY.

Monitoring va baholash

Suhbat, kuzatish, savol-javob


Avtomobil dvigatellarning ko’rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari mavzusining texnologik xaritasi


Ish bosqich-lari

O‘qituvchi faoliyatining mazmuni

Izoh

Tinglovchi

faoliyatining mazmuni



1-bosqich.

Kursga va

mavzuga kirish

(20 min)


1.1 Mazkur mavzu bo‘yicha bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Asosiy adabiyotlarning ro‘yxati bilan tanishtiradi. O‘quv dasturi va tarqatma materialni tinglovchilarga tarqatadi.


Yozadilar,

Tinglaydilar



1.2. Birinchi o‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.



Mavzu nomini yozib oladilar

1.3. Blits-so‘rov usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni sanab berishni so‘raydi

1.1-ilova

Tushunchalarga javob beradilar

2 -bosqich.

Asosiy bo‘lim

(50 min)


  1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.

1.2-ilova

Tinglaydilar

2.2.Ma’ruza rejasining punktlari bo‘yicha tushuntiradi, har bir punkt nihoyasida umumlashtirib boradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi.


1.3-ilova

Tinglaydilar. Tarqatma materiallar to‘plamida keltirilmagan qirralarini konspekt qilib boradilar.

2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Tinglovchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi (“Aqliy hujum” usulida). Mavzuga oid bo‘lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo‘shiladi.

1.4-ilova

Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.

Barcha ma’lumotni tizimlashtiradilar. Konspekt qiladilar.



3-bosqich.

Yakun-lovchi

(10 min)


  1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.



Savollar beradilar

  1. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.





  1. Mavzu bo‘yicha mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

1.5-ilova

Topshiriqni yozib oladilar

  1. Mavzu bo‘yicha bilimlarni chu-qurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi.



Yozadilar

  1. Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.



Yozadilar



Download 2,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-Bob. Dvigatellarning ko‘rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlanish istiqbollari

Download 2,52 Mb.