ning texnik vositalari, o ‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar
hamda
o‘yinchoqlar bilan ta’minlanadi. Muassasani jihozlash ro‘yxatiga
milliy anjomlar ham kiradi.
Maktabgacha ta ’lim muassasasining ish tartibi xalq ta ’limi
bo‘limlari tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta ’lim muassa
sasi yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va
bolalar sutka mobaynida bo‘ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish
kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg‘aluvchi jadval bo‘yicha
dam olish kuni beriladigan tartibda ishlashlari mumkin.
Ota-onalaming xohishlariga ko‘ra, maktabgacha ta ’lim muas
sasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va
bayram kunlari tartibida, ertalab va kechki vaqtda ishlovchi nav-
batchi guruhlar ochilishi mumkin.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining
faoliyat tartibi zarur to ‘g‘rilash-tarbiyaviy ishlar olib borishni hi
sobga olgan holda belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tilga ko‘ra (o‘zbek, qozoq,
rus, tatar, koreys va sh.k.) farqlanishi va bu bog‘chalarda ta’lim-
tarbiya milliy an’analarga asoslanib yo‘lga qo‘yilishi lozim. Tarbiya
vazifalariga ko‘ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy bo‘ladi.
Qishloq va shahar bog‘chalari:
mavsumiy, bolalami jamlash
ishiga ko‘ra, turli yosh yoki bir yoshli guruhlarga ega, mablag‘
bilan ta’minlanishiga ko‘ra, davlat, idora va xo‘jalik, xususiy va
boshqa turlarga bo‘linadi.
Maktabgacha ta ’lim muassasasi,
shu jumladan, uning ayrim
guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-ona-
laming ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u er-
talabki б.ЗД-dan barvaqt bo‘lmasligi kerak.
MaktabgachaTa’lim muassasasida ota-onalar arizasi bo‘yicha
xalq deputatlari
kengashi qarori bilan, shu jumladan, shartnoma
va xo‘jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etadigan qisqa
muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1—2 soatga qoldiradigan
guruhlar;
sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish gu
ruhlari; musiqiy va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivoj-
lanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo‘jalik hisobi asosida
ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktab
gacha ta ’lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning
manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta’lim muassa
sasining ta’lim tili 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqi
dagi qonuniga muvofiq belgilanadi.
147
Ota-onalar o‘z bolalarini maktabgacha ta’lim
muassasasi tar-
biyachilarini ilgaridan ogohlantirgan holda o'zlari uchun qulay
paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga,
ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining
fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va о‘quv-tarbiya
jarayonini buzmasliklari lozim. Yangi qabul qilinayotgan bolalami
va kichik maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarni ko‘niktirish
maqsadida ular mazkur yosh guruhlariga asta-sekin,
bir oy mo-
baynida ko‘chiriladilar.
Tarbiyachilar va ota-onalarning munosabatlari amaldagi qo-
nunchilik va bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qili-
nayotganda tomonlaming o‘zaro kelishuviga binoan tuziladi va
shartnoma bilan boshqariladi. Shartnoma bo‘yicha majburiyat-
laming bajarilmasligi yuzasidan xalq ta’limi kengashiga yoki sudga
murojaat qilish mumkin.