Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan kumush
rangli XumO/ qushi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan.
Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog‘i ranglaridagi
chambar lenta o‘zagida « 0 ‘zbekiston» so‘zi yozilgan. Gerbda ifoda
etilgan sakkiz qirrali burchak ijtimoiy hayotning barcha jihatlarini
m a’lum bir g‘oya, kuch birlashtiradi, degan m a’noni anglatishga
xizmat qiladi. Paxta va bug‘doy boshoqlarining tasviri rizq-u ro‘-
zimiz nishonasidir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan
qo‘riqlanadi.
Madhiya — har bir davlatning bosh va asosiy qo‘shig‘i hisob
lanadi. Unda muayyan davlat, unda yashaydigan xalqning ruhiyati,
o ‘ziga xos tabiati, orzu-umidlari tarannum etiladi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi»da jonajon
mamlakatimiz 0 ‘zbekistonning asosiy jihatlari, betakror tabiati
xalqimizning ajoyib xislatlari, ajdodlarimizning mardona ruhi,
bag‘rikengligi, mustahkam imon jo ‘shqin misralarda kuylanadi.
Yurtimizning kelajagiga umid va ishonch uyg‘otadi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi» Oliy Majlisning
1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida 0 ‘zbekiston Res
publikasi Davlat madhiyasi sifatida qabul qilindi.
T a’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini yo‘lga qo‘yish
jarayonida bolalarga davlat ramzlari va ularning mohiyati bora-
sidagi m a’lum otlarni berish, ularning ongiga davlat ram zlari-
ning xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati timsoli ekan-
ligi to ‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish orqali bolalarda ularga
nisbatan hurmat tuyg‘usini qaror toptirish kabi vazifalarni'ijobiy
hal etish maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, 0 ‘zbekiston Res
publikasi Davlat madhiyasi matni bolalar tom onidan, nafaqat,
yod olinishi, balki m adhiyada ifoda etilgan fikrlar m azm unini
chuqur tahlil etilishi borasida shart-sharoitlami yaratib berish
ta ’lim muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldidagi asosiy
vazifalardan biridir.
Inson shaxs sifatida o ‘z sha’ni, or-nomusini qanchalik mu-
qaddas bilsa, fuqaro sifatida davlat ramzlarini shu qadar mu-
qaddas bilishi, muhofaza qilish uchun o‘zida mas’ullik tuyg‘u-
sini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini yo‘lga qo'yish
jarayonida davlat ramzlariga hurmatsizlik bilan munosabatda
b o ‘ladigan kimsalarga nisbatan murosasiz bo‘lish lozimligini
uqtirib borish maqsadga muvofiqdir.