7.
T a’lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib,
rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi peda
gogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta ’-
minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) holatining samara berishiga olib
keladi.
Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta ’limni texnologiyalash-
tirish oldiga bir qator vazifalar qo'yilgan.
H ar bir dars ta ’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi
maqsadlarni ko'zda tutib amalga oshiriladi.
O 'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish fa
oliyati kabi o'ziga xos texnologik vazifalar mavjud:
1. Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichkituyg'u-istak,
zaruratni shakllantirishdir. O'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi
uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi
kerak.
2. Bilish faoliyatida e’tiborni asosan quyidagilarga qarata borish
kerak: o'quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta
o'zlashtirish istagini paydo qilish, zarur malaka va ko'nikm alam i
hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e’tibor qara-
tish v ah .k ..
Boshqarish faoliyatining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikm a
va malakalar tizim ini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda q o 'l-
lanilayotgan texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va piro-
vard natijasi orqali baho beriladi.
Pedagogik innovatsiya-ta’limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqa
rishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur.
Pedagogik texnologiya esa dinamikjarayonlaming in ’ikosi sifatida
rivojlanadi, takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi.