“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
51
amalga oshirish jarayonida ulardan foydalanish qobiliyatini ham anglatadi. Bunday holda,
vaziyatga qarab,
ushbu bilimlarni qo‘llashga tayyorlik muhim ahamiyatga ega [6].
NV Kuzmina “kompetentlik” tushunchasini o‘qituvchining o‘zi tashuvchisi bo‘lgan ixtisosligini
o‘qitish va ta‘lim jarayoniga qo‘yilgan cheklovlar va ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda o‘quvchi shaxsini
shakllantirish vositasiga aylantirish qobiliyati sifatida belgilaydi. N.V. Kuzmina kompetensiyaning quyidagi
turlarini ajratadi [7]: ‒ maxsus va kasbiy kompetensiya (o‘qitiladigan fan sohasida); ‒ uslubiy kompetensiya
(talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘llari sohasida); ‒ ijtimoiy-psixologik
kompetensiya (muloqot jarayonlari sohasida); ‒ differensial psixologik kompetensiya (talabalarning
motivlari, qobiliyatlari, yo‘nalishi bo‘yicha); ‒ avtopsixologik kompetensiya yoki pedagogik faoliyatning aks
etishi (o‘z faoliyati va shaxsiyatining afzalliklari va kamchiliklari sohasida). Zamonaviy dunyoda o‘qituvchi
kasbiy malakaga ega bo‘lishi uchun, bir tomondan, doimo o‘rganishi, o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan
shug‘ullanishi, ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatda o‘zini namoyon qilishi kerak. O‘z-o‘zini
anglash
jarayonida o‘qituvchi o‘zlashtirish – in’om qilish munosabatlariga kiradi. O‘zini-o‘zi amalga oshiradigan
o‘qituvchi nafaqat jamiyatda ishlaydi, balki o‘z qadriyatlariga, o‘quvchi sifatida ham o‘zi sarmoya kiritadi.
Ta‘lim tizimidagi o‘qituvchi - bu o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi shaxs bo‘lib, u doimiy ravishda o‘z ustida
ishlash orqali o‘zining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini oshiradi. Kompetentlikni namoyish qilishga
tayyorgarlik darajasini quyidagi masalalarda o‘z ifodasini topishi mumkin: shaxs birinchi navbatda o‘zini-
o‘zi hurmat qilishi, rivojlantirishi, o‘zini namoyon etish g‘oyasi, kasbiy yo‘l
tanlashi, turmush qurish,
farzandli bo‘lishga nisbatan qaror qabul qilishga tayyorgarlik, hayot yo‘lini mustaqil tanlash, o‘z hayotiga
javobgarlik, kasb sohasida ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga tayyorgarlik va boshqalarda namoyon
bo‘ladi. Kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta’lim
nuqtai nazardan kelib
chiqqan holda, mutaxassisning nazariy bilimlari va uni amaliy qo‘llash o‘rtasidagi uzilishni yengishga
intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o‘quv jarayoni amaliyotda qo‘llanilishi qiyin bo‘lgan bilimlarni
talabalarga berishdan iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilish uchun
safarbar etish, shuningdek, o‘quv jarayonida bu kabi muammolarni talabalarning o‘zlari
mustaqil ravishda
hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi kerak. Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni
shakllantirish uchun avvalo kuzatuvchanlik xususiyatining rivojlanishiga, ya’ni perseptiv, kognitiv, refleksiv,
empativ, motivatsion va prognostik jihatlarining taraqqiy etishiga e’tibor qaratish lozim. Pedagogik faoliyat
va muloqot jarayonida ijtimoiy-perseptiv kompetentlikka ega bo‘lib borish uchun mutaxassis o‘zida
insonparvarlik, ijtimoiy-refleksiv, bilim hamda ko‘nikmalar, ijobiy kasbiy “Men”- siymosi, ba’zi shaxsga
xos sifatlar (intellekt, iroda, empatiya, kuzatuvchanlik, mehribonlik, hissiy bag‘rikenglik va boshqalar)ni
shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik-psixologik trening-
seminar, ish o‘yini, mahorat darsi va turli amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish, malakaviy amaliyotning rolini
oshirish, har bir talabaga o‘zining pedagogik faoliyatga xos imkoniyatlari va
mahoratini namoyon etishi
mumkin bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratib berish orqali unda ijtimoiy-perseptiv
kompetentlikni shakllantirish mumkin. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim,
ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o‘rnatish texnikasini egallash,
motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik
jihatdan tayyorgarlik ko‘rib borish lozim.
Xulosa
qilib aytish lozimki, shaxsga ta’lim va tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga ta’limning
yo‘naltirilishi, balki o‘qituvchining pedagogik
faoliyatga
psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o‘qituvchining kasbiy kompetentlik
darajasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Ta’lim tizimida kompetentli yondashuv ta’lim
islohotlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta’lim tizimiga kompetentli yondashuvning joriy
etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o‘qitish shakli, o‘qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari,
nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi rolida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni
talab etadi. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta’limda tub
o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va darsliklarni
takomillashtirish yo‘nalishida muayyan ishlar
olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan
voz kechish qiyin kechsa-da, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo‘ladi. shaxsning bilim olishida
ta’lim- tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Ta’lim-tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga, balki o‘qituvchining
pedagogik faoliyatga psixologik tayyorgarligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hollarda
o‘qituvchining kasbiy kompetensiya darajasiga alohida e’tibor qaratilishni lozim bo‘ladi. O‘qituvchining
kasbiy kompetensiyasini tarkib toptirish uchun pedagogik oily ta’limda tubdan o‘zgarishlarni amalga
oshirish kerak. Oliy ta’lim o‘quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo‘nalishida muayyan ishlar olib
borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy tizimdan voz kechish qiyin kechsa-da, ta’lim mazmunini yanada
aniqlashtirish lozim bo‘ladi.