12
port, R. Dose, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott va bosh-
qalarning tadqiqotlari tufayli konflikt psixologiyasi nisbatan musta-
qil yo‘nalish sifatida ajralib chiqdi. Konflikt sotsiologiyasida va
ayniqsa, konflikt psixologiyasida olib borilgan tadqiqotlar konflik-
tologik amaliyotni rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Konfliktologik ama-
liyotning shakllanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu
davrda Horovits va Boardman ziddiyatli o‘zaro munosabatlarda
konstruktiv xulq-atvorni o‘rgatishga qaratilgan psixologik trening
dasturini tuzadilar. C. Osvud xalqaro ziddiyatlarni hal qilish uchun
ishlab chiqilgan PIR (Tanglikni pasaytirish uchun bosqichma-
bosqich va o‘zaro tashabbuslar) metodologiyasini ishlab chiq-
di. Konfliktologik amaliyotni shakllantirishda nizoni hal qilish
bo‘yicha muzokaralar olib borish texnikasi alohida o‘rin egalladi
(D. Skott, S. va G. Bauer, G. Kelman va boshqalar). Mediatorlar (V.
Linkoln, L. Tompson, R. Rubin va boshqalar) ishtirokidagi muzo-
kara texnologiyalarini rivojlantirish AQShda 70-80-yillarda media-
tor mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining
yaratilishiga olib keldi. Bu davrda R.Fisher va V. Ureyning «print-
sipial muzokaralar» Garvard usuli butun dunyoga mashhur bo‘l-
di. 1980-yillarda AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlarida nizo
markazlari paydo bo‘ldi. 1986 yilda BMTning tashabbusi bilan
Avstraliyada nizolarni hal qilish xalqaro markazi tashkil etildi
Shunday qilib, pedagogik konfliktologiyaning maqsadini
o‘qituvchilar tarkibida shaxslararo muloqotning barcha turlarini
optimallashtirish; bolalar, o‘qituvchilar, ota-onalarga pedagogik
nizolarning oldini olish va hal etishda psixologik-pedagogik
yordam ko‘rsatish; identifikatsiya va integratsiya jarayonlarini
tartibga solish va boshqalar belgilab beradi.