291
burchakka (30
0
gacha) buradi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng shesternya va
yetaklanuvchi xrapovikning ayla nish chastotasi yakor vali va yo‘naltiruvchi
vtulkanikidan ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, yetakchi xrapovik 8 vtulka 12
ning ko‘p kirimli rezbasi bo‘ylab harakatlanib, yetaklanuvchi xrapovikdan ajraladi
va yuritma shesternyasi salt holda aylana boshlaydi. Konusli vtulka 7 yetakchi
xrapovik bilan birgalikda surilib, shtiftlar 4
vositasida tez aylanayotgan
yetaklanuvchi xrapovik bilan bog‘langan tekstolit segmentlar 3 ni bo‘shatadi.
Natijada, markazdan qochma kuch ta’sirida segmentlar shtiftlar bo‘ylab radial
yo‘nalishda harakatlanib ikkala yarim muftani ajralgan holda qotirib qo‘yadi va
xrapovik tishlarini shikastlanishdan va yeyilishdan saqlaydi.
Ikarus avtobuslarining startyori. a - sxemasi; b -tuzilishi
Startyor tortish relesining zanjiri uzilgandan keyingina yuritma shesternyasi
maxovikning tishli gardishi bilan ilashuvdan chiqadi. Bunda yetakchi xrapovik 8
prujina 10 ning ta’sirida yetaklanuvchi xrapovik 6 ga taqaladi va konusli vtulka 7
segmentlar 3 ni dastlabki holatiga qaytaradi. Yuqori daraja-dagi mustahkamligi,
ta’mirlashga yaroqliligi va o‘lchamlari kichik bo‘lgan holda, katta aylantiruvchi
momentlarni uzatish imkoniyati borligi, xrapovikli muftalarning rolikli muftalarga
nisbatan asosiy afzalliklari hisoblanadi.
Elektrodvigatel qutblarining magnit yuritish kuchlari ta’sirida yakorni
harakatlanishi hisobiga shesternyani ilashtirish prinsipiga
asoslangan starterlar
mamlakatimizda keng tarqalgan Vengriya Respublikasining Ikarus 260,-280
avtobus-lariga o‘rnatilgan(30-rasm). Bu startyorlarda qo‘llangan to‘rt qutbli
elektro-dvigatelning o‘ziga xos tomoni - unda o‘rnatilgan sirg‘aluvchi yakor,
qo‘shimcha uyg‘otish chulg‘ami va yakor valida joylashgan diskli tishlashish
mexanizmidan iborat. Ulash tugmasi 6 bosilganda tok tortish relesi 5 chulg‘amiga
va qo‘shimcha uyg‘otish chulg‘ami 11 ga keladi. Bunda yakor 10 sekin-asta
aylanib starter qobig‘iga tortila boshlaydi, shesternya 9 esa maxovik 8 ning tishli
gardishi bilan ilashadi. Yakorning harakati davom etib, disk 1 pishang 2 ni ko‘tarib
ulagich 4 ning kontakt ko‘prikchasi 3 ni bo‘shatadi
va avtomatik ravishda tok
manbaini asosiy uyg‘otish chulg‘ami 7 ga ulaydi, shundan keyin starter
dvigatelning tirsakli valini aylantira boshlaydi. Yakorning o‘q bo‘ylab harakati
jarayonida vintli shlisali vtulka 13 yordamida ko‘pdiskli tishlashish mexanizmi 12
292
ulanadi. Yakorni dastlabki holatga keltirish, qaytarish prujinasi yordamida amalga
oshiriladi. Yuqorida ta’kidlangandek, bu turdagi starterlarning asosiy kamchiligi -
tepaliklarda, tog‘li joylarda yetarli darajada ishonchli ishlamasligidir.
Hozirgi zamon avtomobillari startyorlarining deyarli hammasida
shesternyani majburiy ravishda elektromagnit usulda ilashtirish va ilashuvdan
chiqarishni boshqarish uchun uzoqdan turib boshqariladigan
tortish relesi
o‘rnatilgan. Elektro-magnit tortish relelari bir-biridan tuzilishi va starterga
mahkamlanish usuli bilan farqlanadi. Startyorlarning ko‘pchiligi yuritma tomonga
joylashtirilgan qopqoqdagi maxsus joyga o‘rnatilgan ikki chulg‘amli tortish
relesiga ega.
Startyorning ikki chulg‘amli relesi (27-rasmga qarang) jez vtulkaga
joylashti-rilgan tortuvchi va ushlab turuvchi chulg‘amlarga ega. Vtulkaning ichki
yuzasi bo‘ylab po‘lat yakor 4 erkin harakat qiladi. Ushlab turuvchi chulg‘am faqat
yakorni tortilgan holda saqlab turish vazifasini bajaradi. U kesim yuzasi kichik
bo‘lgan sim bilan o‘raladi, nisbatan uzoq vaqt davomida ishlaydi va ko‘proq
qiziydi. Tortuvchi chulg‘am relening asosiy kontaktlari 1 ga paralel ulanadi. Rele
tok manbaiga ulanganda tortuvchi va ushlab turuvchi chulg‘amlar birgalikda zarur
tortish kuchini hosil qiladi. Relening asosiy
kontaktlari ulanishi bilan, tortish
chulg‘amining zanjiri uziladi. Tortish relesi pishang 7 vositasida yuritma
mexanizmi bilan bog‘langan. Pishangning pastki, ikkiga ayrilgan barmoqlari
yetaklash muftasi 14 ga mahkamlangan. Quvvati uncha katta bo‘lmagan
startyorlarda bir chulg‘amli tortish relesi ham ishlatilishi mumkin (masalan,
ST221).
Ichki yonuv dvigateli va ishga tushirish tizimsining tavsifnomalarini bir-
biriga rasional moslashtirishda yuritmaning starterdan dvigatelga bo‘lgan
uzatish
soni