250
Yonilg‘i uzatish tizimi. Yonilg‘ini bakdan purkash injektorlariga yetkazib
berish va ishlash uchun zarur bo‘lgan bosimni hosil ilish
va ushlab turish uchun
xizmat qiladi (28-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimi yonilg‘i nasosi, yonilg‘i filtri, yonilg‘i taqsimlash
trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash injektorlaridan
tashkil topgan (29-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimidagi yonilg‘i taqsimlash trubasi quyidagi muhim
vazifani bajaradi:
-
yonilg‘ini yig‘ish;
-
yonilg‘ini bir xil bosim ostida ushlab turish va silindrlarga uzatish;
-
yonilg‘i bosimi miqdorini tebranishini oldini olish;
-
injektorni sodda o‘rnatish.
Purkash injektori (29-rasm). Purkash injektori yonilg‘i taqsimlash trubasiga
har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg‘ini bosim ostida purkab berish
28-rasm.
Injektorli dvigatel.
29-rasm.
Injektor.
251
uchun xizmat qiladi. Elektromagnitli purkash injektorli
elektr impulsi yordamida
elektron boshqarish bloki dan boshqariladi.
Ishlash prinsipi. Tok berilmagan holda purkash ignasi prujina ta’sirida
o‘rindiqqa siqilib turadi. Agar elektromagnitga elektr impulsi berilsa, igna 0,1mm
masofaga o‘rindiqdan ko‘tariladi va igna va o‘rindiq oralig‘ida tiqrish paydo
bo‘ladi va shu tirqishdan yonilg‘i purkaladi. Injektor klapanining ochilish va
yopilish vaqti 0,6-2,0millisekundni tashkil etadi. Har bir dvigatel uchun purkash
burchagi va kiritish klapaniga bo‘lgan masofa har xil bo‘ladi. Shuning uchun har
bir dvigatelga (ishchi hajmi, yonish kamerasi, kiritish
klapanlarining joylashishi,
kiritish trubalarining shakli) o‘zining injektori o‘rnatilishi kerak.
Injektor
kronshteyiga maxsus rezina detallari orqali biriktiriladi. Bu
issiqlikdan vibratsiya benzin bug‘lari hosil bo‘lishdan saqlaydi.
Yonilg‘i nasosi
- elektr yuritmali bo‘lib benzinli bakdan to‘xtovsiz haydab
beradi. Yonilg‘i nasosi yonilg‘i baki ichida yoki yonilg‘i bakidan tashqarida
joylashgan bo‘lishi mumkin. Yonilg‘i nasosi 600 kRa gacha bosim hosil qilishi
mumkin.
Yonilg‘ifiltri.
Yonilg‘ini doimo tozalab turish uchun xizmat qiladi.
Tozalanayotgan yonilg‘i o‘tish tirqishga 10mm gacha bo‘lish kerak.
Bosim rostlagich.
Bosim rostlagich yonilg‘i uzatish tizimida joylashgan
bo‘lib tizimda o‘rtacha 0,5MPa bosimni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Elektrik
yuritmali yonilg‘i nasosi yonilg‘ini keragidan ortiq uzatib beradi va bosim
rostlagich ortiqcha yonilg‘ini yonilg‘i bakiga qaytarib yuboradi.
Havo miqdorini o‘lchash datchigi.
Datchik havo filtri va drossel zaslonkasi
oralig‘ida joylashgan bo‘ladi va dvigatelga kirayotgan havo miqdorini o‘lchab
beradi va EBB ga ma’lumot yuboradi.
Drossel zaslonkasini holatini aniqlash datchigi.
Datchik
drossel
zaslonkasini holatini va burilish burchagini aniqlaydi. Bu datchik EBB ga
dvigatelning ish rejimi (salt yurish, to‘liq bo‘lmagan va to‘liq yuklanish)
to‘g‘risida ma’lumot berib turadi.
Tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniqlash datchigi.
Datchik EBB
ga tirsakli valning aylanishlar chastotasi to‘g‘risida ma’lumot uzatib turadi.
Ishlash prinsipi.
Dvigatelga havoni yurgazib yuborish tizimi uzatadi.
Dvigatelning ish ko‘rsatkichlaridan biri bu dvigatelga so‘rilayotgan havo bo‘lib,
uning miqdori havo sarfini aniqlagichda o‘lchanadi. Boshqa datchiklar esa drossel
zaslonkasining holatini, tirsakli valning aylanishlar chastotasini, havo va dvigatel
haroratini o‘lchaydi. Bu datchiklardan kelayotgan signallar
elektron bosharish
bloki (EBB)da qabul qilinib tahlil qilinadi va shu asosida injektorlarga impulslar
yuboriladi.
Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi.
Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida
keng qo‘llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va
sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus
ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport
vositalarini gaz ballonli
deyiladi.
252
Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg‘ida ishlaydigan
seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida)
yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon
yonilg‘i bilan ishlashga o‘tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o‘zgarmagan
holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg‘i uzatish
tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir
(to‘g‘rilash).