11
sug‘orish inshootlari, yo‘llar, ko‘priklar qurish va
ularni ta’mirlash kabi ishlarni majburiyat tarzida
bajar ganlar. Mehnat majburiyati aholining ishlab
berishi bo‘lib, u
begar deb ham nomlangan.
Bu davrda aholidan
xiroj, zakot, suv, te gir
mon, tuz, mulk, tomorqa, bog‘ solig‘i va boshqa
so liqlar yig‘ilgan.
Xiva xonligida asosiy soliq
solg‘ut deb atalgan. Harbiy majburiyatda har
bir
erkak kishi oziq-ovqati, qurol-aslahasi bilan
birga qatnashishi kerak bo‘lgan.
Chorvador
aholi chorva mollaridan
zakot solig‘i, yaylov va
suvdan foydalangani uchun ham soliqlar to‘lagan.
Shaharlar aholisi – hunarmand va savdogarlardan
savdo puli, do‘kon puli,
tarozi puli kabi soliqlar olingan.
O‘rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirishga qulay bo‘lgan. Bu soha
taraq qiyoti sug‘orish ishlarining holati va suv
ta’mino tining qay darajada ekanligiga bog‘liq edi.
Shuning uchun ham
sug‘orish va suv ta’minoti sohasi O‘rta Osiyoda muhim hamda davlat
ahamiyati darajasiga ko‘tarilgan.
Qolaversa, xazinaga tushadigan asosiy
daromadni dehqonlardan yig‘iladigan soliqlar tashkil qilgan.
Har bir hududda aholi va ma’muriyat vakillari sug‘orish
sohasiga
mas’ul va javobgar bo‘lgan. Sug‘orish ishlarini yuritish va nazorat qilish
bilan bu sohaning mutaxassisla ri –
miroblar shug‘ullanganlar. Ular
sug‘orish ishlari, suv inshootlarining qurilishi, ta’minoti, ta’mirlanishi,
tozalanishi, suv taq si motini yaxshi bilgan kishilar bo‘lgan. O‘rta Osi-
yoda sug‘orish tizimi qadim dan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi.
Mazkur ishlar, asosan, hashar yo‘li bilan bajarilgan.
Aholisi, asosan, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan Farg‘ona
vodiysida sug‘orish tizi mi ga katta e’tibor qa ra-
tilgan. Vodiy hududida yirik sug‘orish inshoot-
lari – Shahrixonsoy, Andi jonsoy, Marg‘ilonsoy,
Yangiariq, Ulug‘nor, Qo ra daryo kabilar bo‘l-
gan. Suv chiqishi qiyin bo‘l gan joylarga max-
sus qurilmalar –
chig‘irlar yordamida suv
chi qarilgan.
Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli
sun’iy sug‘orish tizimlari –
kanallar hamda
uning bo‘ylariga qurilgan to‘g‘onlar orqali ekin