(16-q.)
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsda soliq qarzi boʻlmagan taqdirda, ushbu yuridik
shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi
uning vorisiga (huquqiy vorislariga) huquqiy voris (huquqiy vorislar) ariza bergan kundan
eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha
undirilgan soliq (penya, jarima) summasi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisiga
(huquqiy vorislariga) har bir huquqiy vorisning taqsimlash balansi asosida aniqlanadigan ulushiga
mutanosib ravishda qaytariladi.
(17-q.)
Ushbu moddaning qoidalari yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yigʻimlarni toʻlash
boʻyicha majburiyatni bajarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(18-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar chet davlat qonunchiligiga muvofiq qayta
tashkil etilgan chet el tashkiloti majburiyatlarining huquqiy vorisini (huquqiy vorislarini)
aniqlashda ham qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(19-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona
chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi.