1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) daromadlarini va
xarajatlarini hisobga olish kitobi;
2) Tovar cheklari kitobi.
(10-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni
(oilaviy tadbirkorlik subyektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka
tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(12-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati
toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi
yakunlari boʻyicha, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim
etiladi.