40
toshning markasini maydalanuvchanlik ko’rsatkichiga bog’liq holda va
boshlangich tog’ jinsining ko’rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, 800 markali
еffuziv otqindi va cho’kindi jinslarning maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 13-15, 600
markalida – maydalanuvchanlik ko’rsatkichi 15-20 ni tashkil еtadi. M 200 va
undan past markali beton uchun maydalanuvchanlik ko’rsatkichi Mk-16dan katta
bo’lmagan markali, M300 markali beton uchun Mk-12, M400 markali beton uchun
еsa Mk-8 dan katta bo’lmagan markali chaqilgan toshni qo’llash mumkin.
Agarda to’ldiruvchining mustahkamligi beton mustahkamligiga yaqin yoki
undan past bo’lsa, u betonga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 2. 2 -rasmda R
b
– beton
mustahkamligining R
q
– qorishma va to’ldiruvchi mustahkamligi orasidagi
bog’lanish ko’rsatilgan. Granit chaqilgan toshi asosidagi betonning mustahkamligi
Rt
>
R
b
sharti qoniqtirilganda qorishmaning mustahkamligidan sezilarli darajada
yuqori
bo’ladi,
Rt-to’ldiruvchi
mustahkamligi.
Nisbatan
pastroq
mustahkamlikdagi to’ldiruvchi qo’llanilib, qorishma mustahkamligi orttirilganda
betonning mutahkamligi ma’lum bir qiymatgacha ortib boradi, keyin еsa
qorishmaning mustahkamligini orttirish beton mustahkamligini ortishiga olib
kelmaydi. Yirik to’ldiruvchi mustahkamligini kamayishi va uning betondagi
miqdorini ortishi bilan betonning chegaraviy mustahkamligi kamayib boradi.