prinsiplarni hayotda ijro e’tilishini, shuningdek uning jahon hamjamiyatida
ta’minlanishi ilgari surishimiz lozim. Bunday muammolar qachon yuzaga keladi
bilasizmi? Qachonki qonunchilik yuqori darajada ta’minlanmaganida. Negaki bunday
qoidalar nafaqat milliy, balki xalqaro darajada belgilab qo‘yilgan. Chunki tinchlik va
osoyishtalik faqatgina bittagina davlatning qo‘lida emas. Bejizga ota bobolarimiz,
“Qo‘shning tinch-sen tinch”
, deyishmagan. Birgina davlatda urush bo‘lsa uning ta’siri
20-30 ta davlatga ham ziyon keltirishi mumkin. Umuman olganda, BMT tinchlik va
xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tuzilgan!
Suveren demokratik O‘zbekistonda eng oliy maqsad-insonparvar huquqiy
demokratik davlat barpo etish va yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatini qurishdir.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston suverenitetini butun jahon tan olishni boshlamoqda.
Buning yaqqol isboti sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevning suveren davlar rahbari sifatida BMT Bosh
Assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlaganligini misol qilib
keltirishimiz mumkin.
O‘zbekistonning mustaqilligi ramzi bo‘lmish humo qushi kabi bugun bizdek
yoshlar qanot yozib parvoz qiladigan davrimiz. Qonunchiligimizdagi normalarning
bari inson qadri uchun. Konstitutsiyamizda alohida bitta bo‘limning bizlar (inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari) ga bag‘ishlanganligining o‘zi
ham katta imkoniyat. Bugungi kunda yangi taraqqiy etayotgan mustaqil O‘zbekistonda
kafolatlab qo‘yilgan huquqlarimizdan oqilona foydalanib, bor e’tiborimizni o‘qishga
qaratishimiz lozim. Mustaqillik-bu bebaho ne’mat. Har kim ham mustaqil davlatda
yashamaydi. Yangi O‘zbekistonda el aziz-inson aziz!