`O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti it strategiyasi va axborot tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirish




Download 0,88 Mb.
bet2/5
Sana10.12.2023
Hajmi0,88 Mb.
#115177
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy topshiriq ENstrategiya

IT-loyihalarni amalga oshirish
Har safar qo‘limga smartfonimni olib, u yoki bu ilova orqali turli xizmatlardan foydalanganimda nogahon ushbu ilovalarni ommaga taklif qilgan loyiha jamoasi va ularning samarali mehnati ko‘z oldimga keladi. Mahsulotning har kunlik o‘sib borayotgan ko‘rsatkichlarini (Product metrics) g‘ururlanib kuzatib turgan loyiha menejerini tasavvur qilaman. Ha, albatta, har qanday to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va amalga oshirilgan IT loyiha ortida to‘g‘ri amalga oshirilgan boshqaruv (Management) turadi. Afsuski, muvaffaqiyatsizlikka uchragan IT loyihalar ortida ham noto‘g‘ri amalga oshirilgan boshqaruv turadi. Ushbu maqolada IT loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga omil bo‘luvchi zamonaviy boshqaruv uslublarini yoritishga harakat qilamiz.
Har qanday IT loyihalarni mutaxassislar amalga oshiradi, ular esa jamoa bo‘lib ishlashi talab etiladi. Jamoaga esa jamoa bo‘lib ishlashning umumiy qoidalari bilan birga boshqaruv uslublarini (project management methodology) joriy qilish kerak bo‘ladi.
IT loyiha boshqaruvining hozirgi kunda uslublari juda ko‘p bo‘lib, ularni umumiy ikkiga: Sharshara (Waterfall) va Moslashuvchan (Agile) turlariga ajratish mumkin. Sharshara (Waterfall) loyiha boshqaruvi uslubi odatiy loyiha boshqaruvi uslubi bo‘lib, loyiha bosqichlari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ya’ni loyihaning bir bosqichi tugamaguncha ikkinchi bosqichi boshlanmaydi. Odatda har bir bosqich «qattiq» rejalashtiriladi va noto‘g‘ri rejalashtirilgan loyiha yoki «rejalashtirilmagan» xavf-xatar yuzaga kelsa, o‘sha zahoti loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ushbu uslub afzalliklariga loyihaning sinchkovlik bilan rejalashtirilgani va har bir bosqich manfaatdor tomonlar bilan kelishilib (ko‘p hollarda imzolanib) qo‘yilgani sababli mazkur loyihani boshqarish osonroq kechadi. Odatda loyihalar yaxshi hujjatlashtirilgan bo‘ladi. Ushbu uslubning kamchiliklariga kelsak, loyihaga boshqa uslublarga nisbatan ko‘p vaqt sarflanadi. Loyihaning qaysidir bosqich muvaffaqiyatsizligi qolgan barcha bosqich muvaffaqiyatsizligini kafolatlaydi.
Moslashuvchan (Agile) loyiha boshqaruvi uslubi nisbatan yangi uslub bo‘lib, 2000-yillar boshlaridan ommalashib kelmoqda. Bir guruh dasturchi ko‘ngillilar 2001-yil 11-13-fevral kunlari Yuta shtatidagi Vasatch tog‘laridagi tog‘-chang‘i dam olish maskanida «Agile manifesto» (agilemanifesto.org) deb nomlangan hujjatni e’lon qilishadi. Ushbu hujjatga ko‘ra, loyihalar quyidagi asoslarga tayanib boshqarilishi kerak:
- Insonlar va munosabatlar jarayonlar va vaziyatlardan ustun;
- Ishlaydigan dasturiy ta’minot keng qamrovli hujjatlardan ustun;
- Mijozlar bilan hamkorlik qilish shartnoma shartlaridan ustun;
- O‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob berish rejaga amal qilishdan ustun.
Yuqoridagi asoslardan kelib chiqib ushbu uslubning 12 ta tamoyili ham mavjud, lekin biz ushbu maqolada ularga to‘xtalmaymiz.
Ushbu uslubning afzallik tomonlariga loyiha tez va sifatli amalga oshishi, mijozlarining talablari o‘zgarishiga bardosh bera olishi, bozor talablariga tez ko‘nika olishi kirsa, kamchiliklariga jamoaning ushbu uslubga ko‘nikishi va o‘qitilishiga ketadigan vaqt sarfi, loyiha muvaffaqiyati odamlarga va mutaxassislarga bog‘liqligi kiradi.
Moslashuvchan (Agile) loyiha boshqaruvi uslubi nafaqat IT yo‘nalish, balki barcha yo‘nalishdagi loyihalar uchun ham innovatsion g‘oya hisoblanadi. Ushbu uslub ko‘plab loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga sababchi bo‘ldi va tom ma’noda loyiha boshqaruvida yangi burilish yasadi. Jamoa a’zolarining o‘zaro ishonchi ustiga qurilgan munosabatlar va har qanday muammo yoki qiyinchilik jamoa ichida o‘tkaziladigan ochiq suhbatlarda muhokama qilinishi va yechim topishi ushbu uslubning haqiqiy kuchi hisoblanadi. Shu o‘rinda yana bir muhim jihatni e’tiborga olish kerak, loyihani amalga oshirish jarayonini kuzatib borish muhim. Chunki qaror qabul qiluvchilar (ular loyiha rahbari, loyiha jamoasi yoki manfaatdor tomon bo‘lishi mumkin) loyiha bajarilishi ko‘rsatkichlarini (project metrics) kuzatib borishlari kerak. Odatda ko‘rsatkichlar asosida loyiha doirasida muhim qarorlar qabul qilinadi. Ushbu ko‘rsatkichlar Sharshara (Waterfall) va Moslashuvchan (Agile) uslublarida o‘ziga xos amalga oshiriladi.
Sharshara (Waterfall) uslubida loyiha ko‘rsatkichlarini kuzatib borish uchun Gant diagrammasi ishlatiladi. Avval aytganimizdek, Sharshara (Waterfall) avvaldan yaxshilab rejalashtirilgani sababli va har bir rejalashtirilgan bosqichlar (Milestones) sanalarga asosan loyiha taqvimida kuzatib boriladi.
Moslashuvchan (Agile) loyiha boshqaruvi uslubi loyiha ko‘rsatkichlarini kuzatib borishda jarayonda bo‘lgan ishlar ko‘lami (Work in progress — WIP) va kamayib boruvchi ishlar ko‘lami jadvali ishlatiladi (Burndown charts). Ushbu ko‘rsatkichlarning qiziqarli tomoni loyiha boshida tuzilgan ishlar ro‘yxati (Product backlog) kamayib borishi muvaffaqiyat sanaladi. Ushbu ko‘rsatkich ishlar ko‘lami va jamoaning ishchanligi (Velocity) ko‘rsatkichini aniq ko‘rsatib beradi va zarur hollarda qaror qabul qiluvchilar qaror qabul qilishini osonlashtiradi.
Loyiha boshqaruvi uslubini tanlashda ko‘plab omillar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, korxonada o‘rnatilgan qoidalar, loyiha menejerining shaxsiy tanlovi yoki buyurtmachining tanloviga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Lekin zamonaviy kompaniya va startaplarda muvaffaqiyatli loyihalarning aksariyati Moslashuvchan (Agile) loyiha boshqaruvi uslubida amalga oshirilganligi guvohi bo‘lamiz.
IT loyihalarda boshqaruvning ahamiyati yana ko‘plab maqolalarga mavzu bo‘lishi mumkin, lekin muxtasar qilib aytsak, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi jamoa har bir a’zosining bilim va ko‘nikmalari bilan bir qatorda to‘g‘ri tanlangan va yo‘lga qo‘yilgan loyiha boshqaruviga bog‘liq deb hisoblayman.

Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



`O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti it strategiyasi va axborot tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirish

Download 0,88 Mb.