O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/167
Sana25.05.2024
Hajmi12,7 Mb.
#253984
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 
“Tarmoq xavfsizligi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish 
jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, 
misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni 
konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari, ayrim 
mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi 
hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil 
o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internetdan foydalanib 
ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil 
ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning 
darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini 
rivojlantiradi. Shuning uchun ham, mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin 
emas.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi - o‘qituvchining raxbarligi va nazoratida muayyan 
o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va 
rivojlantirish. 
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: 
-
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; 
-
berilgan mavzular buyicha axborot (referat) tayyorlash
-
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; 
-
model va namunalar yaratish; 
Mustaqil ta’limni bajarish chog‘ida talabalar ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashda 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni amaliy jihatdan mustaqil yechish uchun 
masalalar keltiriladi.

Download 12,7 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

Download 12,7 Mb.
Pdf ko'rish