215
8.6.1-rasm.
Har qanday funksiya qobig’ida aniqlangan o’zgaruvchi singari z o’zgaruvchi
ham lokal o’zgaruvchidir. Dastlab uning qiymati aniqlanmagan bo’ladi.
Funksiyaning ichida u z=13 qiymatni qabul qiladi. Funksiyadan qaytgandan keyin
funksiyada qo’llanilganligiga qaramasdan, u noaniq bo’lib qoladi. Agar z ni
chiqarishga harakat
qilinsa komandalar oynasida xatolik to’g’risida axborot hosil bo’ladi. Bunga
ishonch hosil qilish uchun quyidagi misolni ko’raylik:
Tahrirlash oynasida funksiya kiritamiz:
>>fun(2,3)
>> z = 13
ans = 13
>> z
>>Undefined function or variable 'z'.
Funksiyadagi hamma amallar bajarilgandan keyin, ya’ni fayl-funksiyaning
oxiriga yetilgandan keyin funksiyadan qaytiladi. Funksiyada shartli operatorlar,
sikllar yoki tanlash operatori ishlatilganda funksiyaning ma’lum joyidan qaytish
zaruriyati hosil bo’lishi mumkin. Buning uchun return komandasi xizmat qiladi.
Har qanday holda ham funksiya chiqish parametrining qiymatini qaytaradi.
Yuqoridagi misolda