Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlar tarkibi




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/72
Sana15.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#119750
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlar tarkibi 
Misr Arab Respublikasining hozirgi taraqqiyot yo’li. 
Afrikaning shimoliy sharqiy qismi va Osiyoning Sinay yarim orolida joylashgan bo’lib, 
asosiy yirik shaharlari Iskandariya va Port-Saiddir. Arab tili rasmiy til hisoblanadi. Pul birligi 
Misr funti - 100 piastrga teng. Misr uzoq yillar o’z boshidan mustamlakachilik hukmronligini
kechirgan davlat. Misr, sanoatni ustivor rivojlantirib, agrar davlatdan industrial davlatga 
aylanish uchun uzoq yillar kurash olib bormoqda. Misr sanoatining rivojida asosiy xususiyat 
shuki, o’nda davlat sektori etakchidir,ya`ni xal qiluvchi sanoat korxonalari davlat kulida rivoj 
topdi. Qishloq xo`jaligi Misr iqtisodiyotining etakchi tarmog’i hisoblanadi,milliy daromadining
21 % shu sohada yaratiladi,aholining 34 % shu sohada band. Ikki bosqichda o’tkazilgan agrar
islohotlar ijobiy natija berdi. Misrning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari yaxshi 
yo’lga qo’yilgan. Hozirgi davrda chet el banklarida 45 mlrd dollarlik jamg’arma mavjud, 36% 
eksport xususiy sektorga tegishli. Chetga paxta, gurunch, neft, to’qimachilik mahsulotlari
mevalar chiqariladi. Chetdan asosan mashinalar, asbob - uskunalar, qurilish materiallari sotib 
olinadi, eksport importdan ancha yuqori. Misrda turmush ham ancha rivojlangan. 
Mustaqil O’zbekiston bilan MAR o’rtasida turli sohalardagi aloqalar yangi bosqichga 
kirdi. Toshkentda Misr elchixonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston prezidenti
I.A.Karimovning Misrga rasmiy tashrifi va imzolangan shartnomalar ikki davlat o’rtasidagi 
barcha munosabatlarning rivojiga olib keldi. Ayniqsa, paxtachilik bilan bog’liq sohalardagi 
hamkorlik diqqatga sazovordir. Bu hamkorlik xalqaro konsul’tativ komitet doirasida olib 
borilmoqda va yaxshi natija bermoqda. 


 
51 
Toshkent Sharqshunoslik Institutining bu davlat oliy o’quv yurtlari bilan aloqalari yaxshi 
yo’lga qo’yilgan, ko’pgina talabalar Misr oliy o’quv yurtlarida o’z bilimlarini oshirmoqdalar. 
1952 yil mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan Misrda davlat sektori iqtisodiyotda hal 
qiluvchi o’rinni egalladi. Davlat sektori sanoat sohasida 85 foizni tashkil etdi. 
Sanoatda yalpi ichki mahsulotning deyarli 30 foizi yaratiladi. 
Keyingi yillarda xususiylashtirish jarayonlari tobora kuchaymoqda, davlat sektori
asosan og’ir sanoat, transport sohalaridagina etakchi bo’lsa,qolgan tarmoqlarda xususiy sektor 
etakchidir. 
Qishloq xo`jaligi Misr iqtisodiyotining etakchi tarmog’i hisoblanadi, milliy daromadning 
21 foizi shu sohada yaratiladi, aholining 34 foizi qishloq xo`jaligida band. 
Transport tarmoqlari asosan Nil vodiysida va Suvaysh kanali zonasida rivojlangan. 
Temir yo’llarining umumiy uzunligi 7200 km, asfal’t-beton yo’llar 35 ming km, ichki suv 
yo’llari 3400 km Yuk oborotining 50 foizi, yo’lovchilarning 35 foizi avtomobillarda tashiladi. 
Misrning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Hozirgi
davrda chet el banklarida 45 mlrd dollarlik jamg’arma mavjud, 36 % eksport xususiy sektorga 
tegishli. 
Chet ellarga paxta, gurunch, neft, to’qimachilik mahsulotlari, mevalar chiqariladi. 
Chetdan esa mashinalar, uskunalar, qurilish materiallari sotib olinadi. eksport hissasi import 
hissasidan ancha yuqori. 
Turizm, xizmat sohalari milliy daromadning muhim tarmoqlari hisoblanadi. Yiliga 2-2,5
mln sayohatchilar kelib-ketishadi, bu soha 2,5 mlrd funt foyda keltiradi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlar tarkibi

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish