13
Xalqaro migratsiya ko’lamininng doimiy o’sishi hozirgi kunda
harakterli tusga kirib
bormoqda. jahon xo`jaligida ko’p millionli aholini qamrab olgan migratsion harakatlar
ijtimoiy hayotda doimiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Xalqaro migrantlarning 60 foizini rivojlangan mamlakatlarga to’g’ri kelib, taxminan
ularning 2-Z qismi sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlarga boradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda chet el ishchilarining yangi "o’zga
tortuvchi
markazlar" vujudga kela boshladi. Lyokin kelgindi mutaxassislarning ishchilari kam rivojlangan
mamlakatlarning ishchilari bilan nihoyatda kamdan-kam qo’shilib ketmoqdalar.
Zamonaviy sharoitda xalqaro immigratsiyaning o’ziga xos harakterli tomonlaridan
biri yashirin migratsiyaning nihoyatda yuqori ekanligi. Ular nafaqat immigrantlar soniga, balki
ular professional mutaxassisligiga, ayol va erkaklarning yoshiga
va nihoyatda ularning
mamlakatga doimo kelib turishiga ham e`tibor bermoqdalar.
Ishchi kuchini import qiluvchi davlatlarda migratsiya holatlarini tartibga keltirib
turuvchi quyidagi davlat boshqaruv tizimi paydo bo’ldi:
- Huquqiy qonunlar haqida, immigrantlarning siyosiy va professional huquqlari,
- Migratsiyaning milliy xizmati,
- Migratsiya sohasidagi davlatlararo shartnomalar.
- Ishchi kuchlarini eksport qiluvchi davlat faoliyati keltirayotgan daromadlarning asosiy
shakli quyidagilardan iborat:
- Vositachilik qiluvchi firmalardan olinadigan soliq hisobiga olinadigan foyda,
- Migrantlar tomonidan o’z valyutalarini bevosita o’z vatanlariga o’tqazib
turishi
hisobiga kelayotgan foyda,
- Xususiy investorlar migrantlar tomonidan milliy iqtisodiyotni zarur bo’lgan vositalar
bilan ta`minlab turishi hisobiga keladigan foyda (qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish,
kuchmas mulk, er va hokazolar).
Ish kuchining bir davlatdan ikkinchisiga ko’chishi mehnat resurslari migratsiyasi deb
nomlanadi.
Ish kuchi migratsiyasi qadim zamonlardanoq mavjud.
Hozirgi kunda ish kuchi migratsiyasining amalga oshishida asosiy sabablar:
ish qidirish;
ish sharoitlarining qiyinligi;
yashash joylarining o’zgarishi;
o’z vatanida mehnatning kam samaradorligi;
ishsizlik darajasining yuqoriligi;
hayot darajasining yomonligi;
ish haqining past belgilanishi.
Ish kuchi migratsiyasi jahon ish kuchi bozorining shakllanishi
va rivojlanishiga olib
keladi.
Xorijiy ish kuchini ko’p ishlatishga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
milliy bozordagiga nisbatan ancha arzon narxdagi ish kuchini ishlatish orqali ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
yuqori malakali kvalifikatsiyali ishchilarni jalb etish;
transmilliy korporatsiyalarning
faoliyat yuritishi;
transport va aloqa tizimining rivojlanishi
Ish kuchining ko’chishi asosan rivojlanayotgan davlatlardan rivojlangan ilg’or
davlatlarga qarab yuz bermoqda. Bu davlatlar asosan AKSH va Garbiy Evropa davlatlari
hisoblanadi. Masalan,90-yillarning o’rtalarida Lyuksemburgda xorijiy ish kuchi jami ish
kuchining 34,4%, Frantsiyada 7,1 %, Germaniyada 7,7 % ni tashkil etgan.
AKSH da esa
aholining o’sishinining yarmidan ko’p qismi xorijiy mehnat resurslariga to’g’ri keladi.
SHuningdek, migrantlarning umumiy miqdorida yoshlarning hissasi oshib bormoqda.
Bu ko’rsatkich rivojlangan davlatlarda 40-50% ni tashkil etadi.
14
YAlpi holda ish kuchi migratsiyasi va jahon mehnat bozorining rifojlanishi umuman
jahon miqyosidagi takror ishlab chiqarishiga o’z ta`sirini o’tkazadi.