112
6. Modelda qatnashuvchi еndogen va еkzogen o‗zgaruvchilar
nimalarni
bildiradi?
7. Marketingda iqtisodiy-matematik modellar yordamida yechiladigan
masalalarni tavsiflab bering ?
8. Marketing faoliyatida stoxastik, determinallashgan,
statik va dinamik
modellarning farqli tomonlarini tushuntirib bering?
9. Iqtisodiy-matematik modellashtirishning bosqichlarini aytib bering ?
10. Noaniqlik sharoitida modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
11. Iqtisodiy tahlilning statistik usullari qachon qo‗llaniladi?
12. Korrelyatsiya tahlilining mohiyati nimadan iborat?
13. Regressiya tahlilining mazmunini tushuntirib bering.
14. Dispersiya tahlili nimaga asoslanadi?
15. Omilli tahlil qachon qo‗llaniladi?
16. Statistik modellashtirish usulining mohiyatini tushuntirib bering.
17. Bog‗lanish zichligi deganda nimani tushunasiz?
18. Bog‗liq va bog‗liq bo‗lmagan o‗zgaruvchi deb nimaga aytiladi?
19. Ko‗plik korrelyatsiyasi nimani bildiradi?
20. Analitik forma nimani bildiradi?
113
9-bob. TADQIQOT MODELLARI, ULARNI QURISH VA ЕMPIRIK
TADQIQOTLARNI O„TKAZISH
9.1. Mamalakat iqtisodiy rivojlanishining tahlili
Marketing tadqiqoti - bu korxonaning bozorda ma‘lum bir mavqega еrishish
maqsadida ist`molchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda o‗z ishlab
chiqarish imkoniyatlarini safarbar qilishdan iborat bo‗lgan jarayon, deb baholadik.
Darhaqiqat, marketing tadqiqotlari korxonaning bozorda
mustahkam va uzoq vaqt
faoliyat ko‗rsatishi garovi bo‗lib bormoqda. Marketing tadqiqotlari natijasida korxona
ishlab chiqarayotgan mahsulot iste‘molchilarning talab va didlariga maksimal
darajada yaqinlashtirilib boradi. Respublikamiz mashinasozlik sanoati еksport
salohiyatini marketing tadqiqoti va unda iqtisodiy-matematik modellarni qo‗llash o‗z
navbatida bu sohaning xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Chunki
tarmoqning asosiy tovarlari
ishlab chiqarish vositalari, masalan: kranlar, traktorlar,
kuchlanishli transfarmatorlar, nasoslar, to‗qimachilik
va engil sanoat asbob-
uskunalari, mahsulotlarni o‗rash va qadoqlash vositalari va boshqalar. Demak,
mashinasozlik mahsulotlari bozorining marketing tadqiqoti majmui, tadqiq
qilinadigan asosiy ko‗rsatkichlar tizimi, yig‗iladigan axborotlar ko‗lami ham shu
yo‗nalishga mos bo‗lishi lozim.
Еksport salohiyatining marketing tadqiqotida iqtisodiy-matematik modellardan
foydalanishning asosiy vazifalari bizning fikrimizcha quyidagilardan iborat: 1)
iqtisodiy-matematik modellar asosida еksport salohiyatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi
omillarning o‗zaro aloqadorligini aniqlash; 2) ishlab chiqarish funksiyasi yordamida
makro va mikro darajada ishlab chiqarish
faoliyatini tahlil qilish, fan-texnika
taraqqiyotining ishlab chiqarishga ta‘sirini baholash, mavjud imkoniyatlarni aniqlash
va ulardan samarali foydalanish yo‗llarini tavsiya qilish; 3) еksport va import
faoliyatini
tahlil qilish, ularga ta‘sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash;
4) bozorni segmentlash mezonlarini aniqlash, maqsadli segmentni tanlash, mahsulot
sotish
hajmini aniqlash, tovarni saqlash va transport xarajatlarining muqobil
variantini aniqlash, reklama xarajatlari va undan keladigan samarani baholash kabilar.
114
Mamlakat еksport salohiyati marketing tadqiqotlari bloki o‗z ichiga: milliy
iqtisodiyot tizimida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni; yalpi milliy mahsulotning
o‗sishi;
hukumatning sarmoya siyosati; soliq va bank foiz stavkalari; inflyatsiyani
oldini olish bo‗yicha chora-tadbirlar; еksport va import siyosati; monopoliyaga qarshi
kurash va raqobatni rivojlantirish bo‗yicha tadbirlar;
ishsizlikni oldini olish va
aholining ish bilan bandligini ta‘minlash kabi masalalarni oladi.
1) Yangi texnikani joriy qilishdan keladigan yillik iqtisodiy samara(Y
1
):