102
(taqqoslash bazasi 1), foyizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash
bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin.
Rejani bajarish nisbiy miqdorlari haqiqatda еrishgan daraja bilan reja
ko‗rsatkichlari orasidagi nisbatni tavsiflaydi va rejani bajarilish darajasini baholaydi.
Dinamika nisbiy miqdorlari iqtisodiy ko‗rsatkichlarni
vaqt ichida nisbiy
o‗zgarishini tavsiflaydi. Odatda bu ko‗rsatkichlar bazis va zanjirli usulda hisoblanadi.
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar o‗rganilayotgan to‗plamning ayrim birliklarini
uning umumiy hajmiga nisbatini tavsiflaydi va to‗plamni tarkibini o‗rganish imkonini
beradi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari to‗plam ichidagi ayrim birliklarni o‗zaro
nisbatlarini tavsiflaydi.
Intensiv nisbiy miqdorlar turli nomdagi lekin o‗zaro bog‗langan
ko‗rsatkichlarni o‗zaro nisbatini tavsiflaydi.
Obektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari
bir xil nomdagi lekin
turli obyekt yoki hududlarga ta‘luqli bo‗lgan ko‗rsatkichlarni o‗zaro nisbatini
tavsiflaydi.
Samaradorlik nisbiy miqdorlari - bu samara va resurs yoki xarajatlar orasidagi
nisbatni tavsiflaydi.
Marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil amaliyotida
mutloq va nisbiy miqdorlar
bilan bir qatorda o‗rtacha miqdorlardan ham keng foydalaniladi.
Marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil jarayonida o‗rtacha miqdorlarning qator
turlari foydalaniladi: o‗rtacha
arifmetik miqdorlar; o‗rtacha gormonik miqdorlar;
o‗rtacha
geometrik miqdorlar; o‗rtacha xronologik miqdorlar; o‗rtacha
kvadratik
miqdorlar.
Tahlil jarayonida o‗rtacha miqdorlar o‗rganilayotgan hodisa va jarayonlarga
umumlashtirib tavsif berishini inobatga olish zarur. Uning
afzalligi ham kamchiligi
ham anashunda. Ko‗pchilik hollarda shunday ham bo‗lishi mumkin: yaxshi raqamlar
ortida yomon natijalar va aksincha.