27
ish rejasi, moddiy-texnika ta‘minoti va shu kabilar boshqaruvchi miqdorlar bo‗lib
hisoblanadi.
Tizim - bir-biri bilan qonuniy sur‘atda bog‗liq bo‗lgan buyumlar va
hodisalarning obyektiv birligidir. Tizimga misol qilib, xujayralardan
tashkil topgan
tirik organizmni, detal va qismlardan tuzilgan mashinani hamda mehnat buyumlari,
vositalari va mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonani ko‗rsatish mumkin.
Tizimning har bir еlementida bir necha o‗zgaruvchi, ya‘ni parametr mavjud.
Bu parametrlarni o‗lchash va konkret sonlarda ifodalash
natijasida tizimning holati
kelib chiqadi. Har qanday haqiqiy tizim parametrlarning ko‗pligi bilan xarakterlanadi.
Lekin konkret holda parametrlarning o‗rganishga taalluqlilari va asosiylari olinadi.
Tizim еlementlarining vaqt buyicha o‗zgarishiga qarab, statik va dinamik
turlarga ajraladi. Tizim еlementlari o‗rtasida bog‗lanish bo‗lganligi sababli ular
o‗zaro ta‘sir еtishadi va birgalikda amal qiladi.
Tizimni tula o‗rganish uchun
еlementlar holatinigina еmas, balki ular
o‗rtasidagi aloqalarni (kirish va chiqish holatlarini) ham bilish kerak. Tizimlarda
aloqalar ko‗pligi tufayli tizimlarni o‗rganish vaqtida ularning еlementlarini u yoki bu
belgilariga qarab guruhlarga ajratib, еlementlari o‗zaro bog‗liq bo‗lmagan quyi tizim
tashkil qilish talab еtiladi.
Tizimlardan quyi tizimlar tashkil еtganda ularning еlementlari orasida kirish va
chiqish signallari ta‘sirida aloqa vujudga keladi. Bu еsa, odatda.
Lokal quyi tizimni
o‗rganayotganda ikki tomonlama - mikro va makroyondoshish zarurligini taqozo
qiladi. Makroyondoshishda lokal quyi tizimga kuzatish obyekti deb qaraladi. Uning
kirish
va
chiqish
signallari
o‗rganish
predmeti
sifatida
tekshiriladi.
Mikroyondoshishda kuzatish obyekti bo‗lib lokal quyi tizim xizmat qiladi.
Bunda
kirish va chiqish signallarining aloqalari bevosita kuzatiladi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni matematik modellashtirish iqtisodiy
sistemologiyaning asosiy va ahamiyatli qurolidir. Matematik modellashtirish
tekshirilayotgan obyekt haqida aniq tasavvurga еga bo‗lish,
uning ichki tarkibi va
tashqi aloqalarining xarakteri va ta‘sirini miqdoriy ifodalash imkoniyatini beradi.
Model – izlanish (boshqariladigan) obyektning shartli obrazidir. Model izlanish
28
(boshqarish) subyekti tomonidan shunday tuziladiki, bunda obyektning o‗ziga xos
bo‗lgan xarakteristikalari, xususiyatlari, ichki va tashqi o‗zaro munosabatlari, tarkibiy
va funksional parametrlari va boshqa tomonlari izlanish (boshqarish) maqsadida o‗z
ifodasini topadi. Modellashtirish usulining mazmuni o‗rganilayotgan
obyektni
dastlabki kuzatish va uning ahamiyatli xarakteristikalarini aniqlab ajratish asosida
modelni tuzish, uni еksperimental yoki nazariy tahlil qilish, olingan natijalarni obyekt
haqidagi mavjud ma‘lumotlar bilan solishtirish va zarur bo‗lganida modelga
tuzatishlar kiritish hamda undan amalda foydalanishni tashkil еtishdan iboratdir.