65
Eksperiment tadqiqotchiga bilish uchun kuzatishga qaraganda kengroq
imkoniyatlar ochadi. Olimlar eksperiment o‗tkazib, obyektga dadil va ijodiy
yondashib, tajriba obyektini teran tushunib etadi, uning xossalarini va obyekt mavjud
bo‗lgan muhitni o‗zgartiradi.
Kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlar jarayonida
olingan obyekt haqida
ma‘lumotlar puxta qayta ishlanadi va saralab olinadi, shundan so‗ng olingan
ma‘lumotlarni
tavsiflash bosqichi boshlanadi. Olingan empirik axborotni
tavsiflash
ilmiy ijodning o‗ta mas‘uliyatli va qiziqarli bosqichidir. Xo‗sh, obyektning
xossalarini
qanday tavsiflash, tavsiflashga qanday yondashish kerak, tavsiflashda
tadqiqotchi qaysi mezonlarga tayanadi? Bu yerda olimning ijodiy faolligi,
fikrlash
uslubi, yuksak darajadagi ilmiy mahorati va umumiy madaniyati, uning xolisligi va
obyektivligi katta rol o‗ynaydi.
Tavsiflash turlari xilma-xildir. Har bir fan o‗z tavsiflash turlariga ega bo‗lib,
bunda o‗z tushunchalar apparati va metodologiyasiga tayanadi. Jumladan,
tavsiflashning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
tartibsiz va izchil; to‗liq va
noto‗liq; sifati va soniga qarab tavsiflash; tuzilishiga qarab tavsiflash; funksional,
genetik tavsiflash va h.k.
Tavsiflash tavsiflanuvchi xossalarni tizimga solish
va turkumlashni nazarda
tutadi. Bunda obyektning o‗rganilgan xossalarini qabul qilingan tadqiqot dasturi va
tamoyillariga muvofiq tartibga solish va dastlabki anglab yetish amalga oshiriladi.
Bundan empirik darajada olingan ilmiy ma‘lumotlarni yaxshiroq va teranroq tushunib
etish maqsadi ko‗zlanadi. Tizimga solish deganda, masalan, botanikada
o‗simliklarning
xossalarini, kimyoda kimyoviy elementlarning xossalarini (D.I.
Mendeleyevning kimyoviy elementlar sistemasi), mikroolam kvant fizikasida
elementar zarralarning xossalarini tartibga solish tushuniladi.
Shundan so‗ng obyektning tavsiflangan xossalari va belgilari turkumlanadi.
Mazkur xossalar va belgilar tanlangan yondashuvga muvofiq guruhlarga, turkumlarga
ajratiladi. Turkumlash tavsiflash usuli sifatida voqelik haqida oddiy tizimga solishga
qaraganda ko‗proq bilim beradi.