65
yuborish qulay bo‗lib qoldi. Quyida tadbirkorlar, xususan, sug‗urta
kompaniyalari uchun internet imkoniyatlari sanab o‗tiladi:
• ma‘lumotlarni topish, olish, saqlash va ular ustida ishlash;
• yangiliklardan xabardor bo‗lish, yangi mijozlar va hamkorlarni
topish;
• sug‗urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish imkoniyati kengligi;
• marketing va bozor monitoringini amalga oshirish;
• raqobatlarning ish faoliyatini nazorat qilish;
• to‗lovlarni bajarish;
• biznesni boshqarish;
• yangi g‗oyalar va loyihalar haqida ma‘lumot olish va biznesni
rivojlantirish;
• tezkor aloqa qilish va murojaat etish.
Ushbu imkoniyatlarga erishish uchun
internet texnologiyalaridan
unumli foydalanish zarur. Shu
bilan birga, sug‗urta kompaniyasi va u
ko‗rsatadigan sug‗urta xizmatlari haqidagi ma‘lumotni internetga
joylashtirish va uni ommalashtirishni yo‗lga qo‗yish muhimdir. Biznesni
boshqarish uchun mavjud bo‗lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‗rtasida
axborot resurslaridan birgalikda foydalanish uchun yaratilgan edi.
Keyinchalik ushbu imkoniyatdan olimlar va tadqiqotchilar foydalana
boshladi. Yildan-yilga uning imkoniyatlari oshib bordi,
natijada uning
foydalanuvchilari doirasi ham kengaydi. Bugun internet bir qator
imkoniyatlarga ega, aynan ushbu imkoniyatlar uning keng ommaga
manzur bo‗lishi sababchisidir. Shuning uchun hozirgi kunda internet
kattayu-kichikning eng yaqin do‗stiga aylandi. Umuman olganda, internet
quyidagi imkoniyatlarga ega:
• elektron pochta xizmati;
• erkin muloqot qilish (chat, forum, videokonferensiya);
• ma‘lumotlarni olish va tarqatish (veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa
tarmoqlari, axborotnomalar, yangiliklar);
• elektron tijorat.
Elektron pochta xizmati oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir
elektron manzildan ikkinchisiga ma‘lumotlar jo‗natilishini hamda qabul
qilinishini ta‘minlaydi. Elektron pochta yordamida xat, rasm, hujjat,
jadvallar, audio va video-fayllarni yuborish va qabul qilish mumkin. Eng
asosiysi, xat bir zumda o‗z manziliga yoki bir necha manzilga yetib boradi.
Elektron xatni o‗qish uchun elektron
pochta qutisini ochish zarur, bu
maxsus pochta tarmog‗i yoki internet tarmog‗idagi elektron pochta
66
xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Internet foydalanuvchisi elektron
manzil
yordamida
internetning
turli
xizmatlaridan
foydalanish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Muloqot qilish – internet foydalanuvchilari o‗zaro muloqot qilishi
uchun muhit yaratadi. Matn, ovoz va video aloqa yordamida muloqot
qilish mumkin bo‗ladi. Forum va chatda klaviatura yordamida chop etish
orqali muloqot qilish mumkin. Lync, Gmail, Mailagent, Skype, Viber
kabilar orqali audio va video aloqalarni ham amalga oshirish mumkin.
Telefonda muloqot qilinganda suhbatdoshni faqatgina eshitish mumkin.
Video aloqa yordamida esa suhbatdoshni
eshitish bilan birga, uni ko‗rish
ham, ya‘ni suhbatdoshning mavzuga bo‗lgan munosabatini kuzatish
mumkin, ayniqsa, sug‗urta faoliyatida bu texnologiya juda qo‗l keladi. Bir
paytning o‗zida bir necha kishi bilan video aloqa o‗rnatish mumkin.
Ma‘lumotlarni tarqatish – internet imkoniyatlaridan biridir. Uning
yordami bilan yangiliklarni va axborotlarni keng doiraga qisqa vaqt ichida
tarqatish mumkin. Bu axborot uzatishning eng tez va arzon usulidir. Bunda
axborot 24 soat davomida mijozlar e‘tiborida bo‗ladi. Sug‗urta faoliyatiga
oid ma‘lumotlarni veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa tarmoqlarida, axborot
portallarida, axborotnomalar va tarqatmalar yordamida tarqatish mumkin.
Kundan-kunga internet mijozlari soni o‗sishi uni eng unumli ommaviy
axborot vositasiga aylantirmoqda.
Elektron tijorat – bu internetda savdo-sotiqni amalga oshirishdir,
uning imkoniyatlari turli-tuman bo‗lib, internet orqali texnika, dori-
darmon, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish yoki xarid
qilish va xizmat ko‗rsatish mumkin, bu xizmat yordamida sifatli mahsulot
sotish bilan birga, vaqt va mablag‗ni tejash mumkin. Ushbu usuldan
korxonalar hamda jismoniy shaxslar foydalanmoqda, shuning uchun bu
texnologiya tezda rivojlanmoqda. Ba‘zi korxonalar savdo-sotiqni faqat
internet orqali amalga oshirmoqda.