8
Umuman olganda, marketingning barcha ta'riflari u yoki bu tarzda
talqin qilinishidan qatiy nazar marketing mohiyati mijozlar ehtiyojini
qondirish, sotishni qo‘llab-quvvatlash, kompaniya foydasini oshirish,
yangi mijozlarni topish va jalb qilish mazmuniga ega.
Marketingda asosiy narsa ikki tomonlama va bir-birini to‘ldiruvchi
yondashuvdir. Bu bir tomondan, ishlab chiqarishni bozor, talab, xoxish va
ehtiyojlarga yo‘naltirish, mahsulotning maqsadli yo‘nalishini chuqur va
har tomonlama o‘rganishdir. Ikkinchi tomondan, bu bozorga va mavjud
taklifga, iste'molchilar ehtiyojlari va talablarini shakllantirishga faol ta'sir
ko‘rsatish hisoblanadi.
Marketing - bu ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talabni qondirishga
qaratilgan inson faoliyatining bir turidir. Bu faoliyat quyidagi asosiy
kategoriyalarga asoslanadi: zaruriyat (muhtojlik), ehtiyoj, xoxish (istak),
talab, tovar, ayirboshlash, bitim va bozor.
Marketing inson zaruriyat(muhtojlik)lari g'oyasiga asoslanadi
4
.