62
Yaroqsiz obyekt (predmet)ga suiqasd qilish shaxsning xatosi tufayli jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan
obyektga zarar yetkazilmasligida ifodalanadi. Bunda shaxs jinoyat obyektiga nisbatan emas, balki predmetiga nisbatan
xato qiladi. Shaxsni o'ldirish maqsadida yaroqsiz quroldan o'q o'zish, aybdor tomonidan zahar, deb hisoblangan, lekin
zararsiz bo'lgan kukunni shaxsga berish bunga misol bo'la oladi. Yuqoridagi misollardan suiqasdni yaroqsiz suiqasd,
deb hisoblash qiyin. Yaroqsiz suiqasdda shaxs jinoyatni tugatish maqsadidda aniq bir obyektga tajovuz qiladi, ammo
xatoga yo'l qo'yganligi tufayli o'z maqsadiga erisha olmaydi.
Yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilish suiqasdning yana bir turi hisoblanadi. Bunga ham yuqoridagi misollarni
keltirish mumkin. Yaroqsiz obyektga suiqasd qilish jinoyat sodir etish vositasi umuman yaroqsizligi va undan
belgilangan maqsadda foydalanib bo'lmasligi bilan farqlanadi.