441
«Paxtabank»
negizida
«Agrobank»,
«G’allabank»
negizida
esa
«Qishloqqurilishbanki» aktsiyadorlik-tijorat banklari tashkil etildi. Respublikamizning
turli hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari filiallari soni 800 tani tashkil
etdi. Tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2008 yilda 107 taga
ko’payib 2161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatib
kelmoqdalar.
Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o’sishi
respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy
o’zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya
loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab
chiqarishni kengaytirish,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashda banklar
ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq
muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo’yicha soliq
imtiyozlarining
berilganligi
banklarning
ushbu
jarayonlardagi
ishtirokini
rag’batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari
tomonidan ustuvor tarmoq
korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar
ajratilishi yanada faollashdi.
So’nggi yillarda bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd
pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo’lgan plastik
kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga
asosan, plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan
plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qilishda
bojxona imtiyozlarining
berilganligi banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag’batlantirdi. 2008 yil
davomida tijorat banklari tomonidan qo’shimcha ravishda 787,8 ming dona plastik
kartochkalar muomalaga chiqarilib, savdo va xizmat ko’rsatish
shoxobchalarida
qo’shimcha 9752 dona terminallar o’rnatildi. Muomalaga chiqarilgan bank plastik
kartochkalari soni 4,5 mln. taga, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida
o’rnatilgan terminallar soni esa 27504 taga yetkazildi.
Nobank kredit tashkilotlarining (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va
lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-
tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tarmog’i kengayib,
banklar va nobank kredit
tashkilotlari o’rtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga zamin yaratmoqda. Xususan, bu
borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2009 yil 1 yanvar holatiga
ularning soni 138 taga, shu jumladan, kredit uyushmalari soni 78 taga, mikrokredit
tashkilotlari 26 taga hamda lombardlar 34 taga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko’rsatkichlari ham sezilarli darajada o’sib
bormoqda. Xususan, kredit uyushmalarining jami aktivlari 2008 yilda 63,8 mlrd.
so’mga oshib, 2009 yil 1 yanvar holatiga 112 mlrd. so’mni, ularning kredit portfeli esa
59,5 mlrd. so’mga oshib, 102,4 mlrd. so’mni tashkil qildi.
442
Banklarda omonatlarning ko’payishiga, ularning bank
tizimiga jalb etilishiga
qaratilgan ishlar o’tgan yillarda ham amalga oshirilgan edi. Jumladan, 2008 yilda
banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlar bilan qo’llab-quvvatlash
maqsadida, jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bank depozitlariga jalb
qilish orqali banklarning resurs bazasini kengaytirish borasidagi ishlar yanada
faollashtirildi. Jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2008 yilda 50,7 foizga oshib, 2009
yilning 1 yanvar holatiga 5771,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2008
yil
20
fevraldagi
PF-3968-sonli Farmoniga asosan, rezident - jismoniy
shaxslardan depozit
hisobvaraqlarga o’tkazilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag’larini qabul
qilish bo’yicha imtiyozlarning yaratilganligi jismoniy shaxslarning banklardagi
omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
2008 yilda davomida tijorat banklari tomonidan aholiga milliy valyutadagi 300
tadan ortiq, xorijiy valyutadagi 100 tadan ortiq jozibador omonat turlari taklif etildi.
Natijada, aholining kredit tashkilotlaridagi mablag’lari qoldig’i 2008 yilda 69 foizga
oshib, 2009 yilning 1 yanvar holatiga 1 723,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi
PF-4057-sonli Farmoniga asosan miqdoridan qatiy nazar fuqarolarning tijorat banklari
depozit hisobvaraqlardagi omonatlari to’liq kafolatlanganligi
aholining bank tizimiga
bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2009 yilning 1 yanvar
holatiga ko’ra Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondida 41,5 mlrd.
so’m miqdorida mablag’lar shakllantirildi.