418
yo’naltirilishiga tavsiya qilinishi, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq
stavkasining oraliq chegaralari bo’yicha pasaytirilishi,
jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi
daromadlarining oshishiga hamda yangi ish o’rinlarining yaratilishiga olib keladi;
- soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to’lovchilar ixtiyorida qolgan
mablag’lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish
orqali xarid talabining jadal o’sishini ta’minlaydi;
- soliq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va soliq yukini kamaytirish
eksportni har tomonlama rag’batlantirish va valyuta zahiralarini tejash,
ulardan
oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi;
- soliq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish uy-joy kommunal xo’jaligidagi
islohotlarni chuqurlashtirish hamda energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni
ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda ishlab chiqarishni yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash,
tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol
talablarini oshirishda muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng
qo’llanilishi o’z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to’lovlarni
birxillashtirishga katta e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining
oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini
soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat
qilishga yordam beradi.
Ayni paytda bu hol respublikada qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar
va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.
Faqat 2000-2007 yillar mobaynida mamlakatda daromad solig’i 38 foizdan 10
foizga, yagona ijtimoiy to’lov 40 foizdan 24 foizga, kichik biznes sub’ektlari va
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yagona soliq 10 foizga
tushirildi.
Jismoniy shaxslar daromadidan soliq olish stavkasi ham tubdan qayta ko’rib
chiqildi va kamaytirildi. Natijada so’nggi yetti yilda iqtisodiyotda umumiy soliq yuki
40 foizdan 27 foizga pasaytirildi. Shunga muvofiq korxonalarning moliyaviy resurslari
ham tegishli ravishda oshdi.
Bu o’z
navbatida, investitsiyalarning ko’payishi, korxonalarning aylanma
mablag’larini to’ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish
uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilmoqda. Birgina 2007 yilda respublikadagi
xo’jalik sub’ektlari soliq imtiyozlari berilishi hisobidan o’z moliyaviy resurslarini
qo’shimcha ravishda 830 milliard so’mga to’ldirishga erishgani bu fikrning yaqqol
tasdig’idir.
Shuningdek, ushbu ma’ruzada davlat budjetini bajarishga qaratilgan g’aznachilik
xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag’laridan foydalanish
samaradorligini
oshirishi qayd etilib, bu borada Moliya vazirligi huzurida tashkil
etilgan G’aznachilik tuzilmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni
malakali kadrlar bilan ta’minlash, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash sohasida budjet
419
tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo’yicha keng
ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozimligi ko’rsatib o’tildi.
O’zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga
kirdi. Mazkur kodeksning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash,
barqaror o’sish sur’atlarini rag’batlantirishdagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda,
uning amaliy ijrosini diqqat bilan o’rganish, qanday sharoitlarda samara berayotgani,
qaysi holatlarda esa uni yanada takomillashtirish yoki tuzatish
kiritish zarurligini
aniqlash juda muhim.
Keyingi yillarda moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va
muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va
kamaytirildi. Xususan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2008
yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirildi.
Respublikada 2005-2009 yillarda turli soliq stavkalarining o’zgarishi tahlili shuni
ko’rsatadiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda dividend (foizlar)
shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig’i 1,5 baravar, aktsiz solig’i 1,4
baravar, yagona soliq to’lovi 1,9 baravar, yagona ijtimoiy to’lov 1,3 baravar
pasaytirildi (21.4-jadval).