244
Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo’lmasdan, uni
yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har
uchala omil natijasi ekanligini unutdilar.
Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o’rtasida teng
taqsimlash zarur degan g’oyalari mutlaqo noto’g’ri bo’lib, bunday holatda mahsulotni
ko’paytirishga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida hech qanday qiziqish bo’lmasligi o’z-
o’zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda,
jumladan sobiq
Ittifoqda mahsulot va daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga
qarab taqsimlanadi degan g’oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi.
Davlat, partiya va xo’jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko’pchilik qismini o’z
xohishlaricha, davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo’llar bilan o’zlashtirib, undan
foydalandilar, shu vaqtning o’zida mehnatkashlar o’z mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlarni va amaliy tajribalarni hamda hozirgi
davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib,
yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatishga harakat
qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir
xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga,
jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarishning moddiy
shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki
mavjud bo’lgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa,
xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida
taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini
ko’zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab
chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib qo’yiladi,
chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash
uchun zarurdir;
d) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf
qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni bir maromda to’xtovsiz amalga
oshirishni kafolatlash uchun sug’urta
fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli
boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy
himoya fondlariga ajratiladi;
e) davlatni boshqarish, mamlakat
mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch
hayotini va mehnatini qo’riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini,
sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko’pdan-ko’p
davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o’rtasida
taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi.
Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va
boshqa omillar egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi
ulushi aniqlanadi hamda
245
ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda
shaklidagi daromad turlari ko’rinishini oladi.