197
9.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta’minlash vazifasi;
qiymat va naflilikni
hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi;
raqobat vositasi
vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi.
10.
Narxning juda ko’p turlari mavjud bo’lsada, ularning barchasi bir-biri
bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy
resurslarning ishlatilish
samarasi o’z ifodasini topadi.
11.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan
narxlarni
erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga
yaqinlashtirishga qaratiladi.
12.
O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga
xos tamoyillari,
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib,
narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi.
13.
Respublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini
ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.