171
8.
Qatlamlarni fikserlash.
9.
Qatlamlarni vaqtincha ekrandan olib qo`yish.
10.
Мастер слоя (Master Layer)dan foydalanish.
11.
Rang effektlari.
12.
CorelDRAW dasturida kalendar tayyorlash.
13.
CorelDRAW dasturida logotip chizish.
14.
CorelDRAW dasturida gulli naqshlar hosil qilish.
6.5. Adobe Flashda animatsiyalar yaratish.
Bugungi kunda web-sahifalar uchun animatsiyalar yaratish va ularni bezashda
Java Script
,
Macromedia
Dreamweaver
,
Macromedia
Flash
kabi dasturiy
vositalardan foydalaniladi. Ushbu dasturiy vositalar yordamida web-sahifa yaratish,
ularga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish
va animatsiyalar
yaratish hamda ulari o`rnatish usullari, tovushli ma’lumotlarni joylashtirish, web-
sahifalarni o`zaro bir-biri bilan bog`lash kabi imkoniyatlarga ega.
Adobe Flash
dasturga turli rasmlar, jadvallar, audio, video fayllar o`rnatish
hamda matn kiritish imkoniyatlari mavjud.
6.5.1-rasm. Adobe Flash dasturining umumiy ko`rinishi.
Adobe Flash
dasturida quyidagilar uchun foydalaniladi.
172
Giper bog`lanishlar o`rnatish uchun – Hyperlink;
Rasmlarni joylashtirish – Images;
Jadvallar yaratish –Table;
Animatsiya effektlari va tugmalarni joylashtirish – Media:Flash.
Ishchi
sohaga
rang
berish
uchun
sichqonchaning
o`ng
tugmasi
bosilib, hosil bo`lgan ro`yxatdan
Page Properties...
bandi tanlanadi.
Oynaning
Appearance
bandiga o`tib kerakli ranglar tanlanadi.
Tovushli ma’lumotlarni joylashtirish uchun esa
Insert
—>
Media
—>
Flash
video
... ketma-ketligi tanlanadi.
Adobe Flash
dasturi vektorli grafikadan
foydalanishga asoslangan
texnologiyadir.
Adobe Flash
dasturi eng samarali grafik formatlardan bo`lmasa-da,
SWF
formati foydalanuvchilarga cheklanmagan grafiklar bilan ishlash imkoniyatiga
ega bo`lib, web-sahifa va web-sayt yaratish uchun eng qulay dasturiy vositalardan
biri hisoblanadi. Ushbu dasturiy vositaning qulayligi shundan iboratki, web-sahifa
yaratish uchun barcha bezak va animatsiya effektlarini o`zida yaratish hamda hisob
ishlarini bajarish uchun dasturlash imkoniyatlariga ega. Shuningdek, u barcha
brauzerlarda
ochilishi, yuklanish darajasi tezligi hamda ma’lumotlarni xatosiz
namoyish eta olishi bilan boshqa dasturiy vositalardan ajralib turadi. Jihozlar
panelining vazifalari quyidagi jadvalda aks etgan: