1.5. Uglevodorod xom-ashyosini tayyorlash xususiyatlari Neft yerning bag„ridan mahsuldor qatlamdan maxsus burg„ilangan ishlatish
quduqlari orqali kirib keladi. Neftni qazib olish jarayonida neft bilan birgalikda
har xil mexanik zarrachalar (tog„ jinsi va sement zarrachalari), neft va suvda erigan
har xil kristallar ko„rinishidagi suvlar va mineral tuzlar quduq orqali yerning ustiga
ko„tariladi.
Ma‟lumotlarga asoslanadigan bo„lsak 60-75 % qazib olinadigan neft
quduqlarning suvlanganlik sharoitida qazib olinadi. Neft qatlam suvlari bilan qazib
olinganda emulsiya hosil bo„ladi va ularni bir-birida erimaydigan ikkita mexanik
aralashma (neft va suv) ko„rinishida qarash mumkin. Neftning tarkibida suvning
bo„lishi haydaladigan suyuqlikning hajmini va transport xarajatlarini oshiradi.
Bunda neftning qovushqoqligi oshadi va uglevodorod xom ashyosini qayta
ishlashni qiyinlashtiradi. Neftning tarkibida 0,1 % miqdoridagi suvning mavjudligi
rektifikatsiya kolonnasida ko„pirishni jadallashtiradi va haydash texnologiyasini
buzadi.
Neftning tarkibidagi suvli eritmaning minerallashgan tuzli aralashmasi
quvur uzatmalarda korroziya muhitini hosil qiladi.
Neftning tarkibida mexanik zarrachalarning mavjudligi neftni qayta
haydashda jihozlarni yemirilishga olib keladi, mazut va gudronlar yoqilganda
qoldiqlarni ko„paytiradi, sovutish pechlarida va issiqlik almashtirgichlarda
yotqiziqlarni hosil qiladi, jihozlar tezda ishdan chiqadi va issiqlik uzatuvchanlik
koeffitsiyenti pasayib ketadi.
19
Mexanik aralashmalar qiyin ajraladigan emulsiyalarni hosil bo„lishiga sabab
bo„ladi.
Qatlam neftining tarkibida katta miqdordagi uglevodorodlarning yengil
fraksiyalari mavjud bo„ladi va bosim pasayganda gaz fazasiga o„tishni
tezlashtiradi. Uglevodorodlarning bunday qismiga neftda erigan neft (yo„ldosh)
gazi deyiladi. Bosim pasayganda neftning gazsizlanishi – bu qatlam va yer usti
sharoitidagi neft xossalarining biri-biridan farq qilish holatidir.
Yo„ldosh gaz – bu etandan-pentangacha bo„lgan uglevodorodlardir. U
qimmat baho xom ashyo bo„lib, undan spirtlar, sintetik kauchuk, eritmalar, suyuq
mator yoqilg„isi, o„g„itlar, sun‟iy tuqimalar va boshqa organik sintez mahsulotlari
olinadi. Shuning uchun yengil fraksiyalarni yo„qotilishiga yo„l qo„yilmaydi.
Neft mahsulotlari magistral quvur uzatmalarga berilishidan oldin
suvsizlantiriladi, tuzsizlantiriladi, gazsizlantiriladi va mexanik zarrachalardan
tozalanadi.
Yerning ustiga chiqib kelgan tabiiy gazning tarkibida katta miqdordagi
suvlar, suyuq uglevodorodlar (kondensat) va mexanik zarrachalar bo„ladi. Bundan
tashqari gazning tarkibida odamlarning sog„ligiga ta‟sir etuvchi hamda quvurlarda
va gazdan foydalaniladigan jihozlarni korroziyalanishini tezlashtiruvchi xavfli
komponentlar, oltingugurt va karbonat angidrit gazi mavjud bo„ladi. Tabiiy gazda
azot ham bo„ladi.
Gazda qattiq zarrachalarning mavjudligi gaz bilan aralashib kompressor
detallarini, gaz uzatmalarining armaturalarini shikastlantiradi hamda nazorat –
o„lchov asboblarini ishdan chiqaradi. Gaz uzatmalarining ba‟zi bir past
uchastkalarida joylashgan oraliqlarda qattiq zarrachalarning to„planishi natijasida
ko„ndalang kesim yuzalari kichrayadi va o„tkazish ko„rsatgichini kamaytiradi.
Mexanik zarrachalar quvur uzatmalarda, armaturada va asboblarda korroziya
muhitini hosil qiladi. Gaz uzatmalariga qattiq kristallar ko„rinishidagi namlik aniq
harorat va bosimda gidratlarni shakllantiradi va quvur uzatmaning ko„ndalang
kesim yuzasini to„liq berkitib qo„yadi.
Oltingugurt kuchli zararli va korroziyani hosil qiluvchi komponent
hisoblanadi. Oltingugurtli gazdan sanoatda foydalanilganda ishlab chiqariladigan
20
mahsulotning sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Uglerod gazi gazni yonish issiqligini
kamaytiradi.
Gaz magistral quvurlariga uzatishdan oldin quritiladi, mexanik va zararli
zarrachalardan tozalanadi.