Quritishning absorbsiya usuli va uglevodorod gazlarini




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
6.2. Quritishning absorbsiya usuli va uglevodorod gazlarini 
benzinsizlashtirish texnologiyasi 
Gaz sanoatida absorbsiya jarayoni gazlarni quritishda va undan og„ir 
uglevodorodlarni ajratib olishda keng qо„llaniladi. 


153 
Absorbsiya – gazlarni yoki suyuqlik bug„larini yutuvchilarga -
absorbentlarga yutilishiga aytiladi. Bunday jarayonda moddalarning yoki bir guruh 
moddalarning gaz fazasidan yoki bug„li fazadan suyuqlikka о„tish jarayoni sodir 
bо„ladi. Absorbsiya – tanlangan va orqaga qaytmas jarayonlardir. Moddalarni 
suyuq fazadan bug„li fazaga yoki gazga о„tishi desorbsiya deyiladi. Bu ikkala 
jarayon ham birlashib ishlab chiqarish siklini tashkil qiladi. 
Desorbsiya absorbsiyadan keyin о„tkaziladi va bunda maqsadli komponent 
suyuq yutuvchilardan ajratib olinadi. Kо„rinib turibdiki, absorbsiya va desorbsiya 
bir-biriga qarama – qarshi bо„lgan jarayonlardir. Birinchi holatda gazni suyuqlikka 
erib kirishi sodir bо„ladi va bosimni oshishiga olib keladi hamda haroratni 
pasaytiradi. Absorbentni absorbsiya jarayonida maqsadli komponentlarining 
yutilishiga tо„yinish yoki ishlanish deb ataladi. Absorbent desorbsiya jarayonida 
maqsadli komponentlardan ozod bо„lgandan keyin regeneratsiyalanadi va 
sovutiladi, keyin nasos yordamida qaytadan absorbsiyaga qaytarilishi mumkin. 
Shunday qilib yopiq absorbsiya – desorbsiya tizimi paydo bо„ladi. 
Absorbsiya jarayonida tabiiy gazni quritishda glikol xizmat qiladi. 
Absorbsiya jarayonida glikol (DEG, TEG) tabiiy gazdagi suv bug„lariga yutiladi.
Regeneratsiyalangan aralashma yana qaytadan absorberga qaytadi. 
Gazni quritish qurilmasini texnologik sxemasida (6.1-rasm) nam gaz 
ajratgichga (1) tо„planadi, u yerda suyuqlik tomchilaridan ajratiladi va keyin 
absorberga (2) kelib kiradi. Absorberda gaz pastdan yuqoriga absorbentga 
tо„qnashishi uchun harakatlanadi, quritiladi, keyin esa tomchi tutqichdan (3) о„tadi,
u yerda yuqori likopchadan olib ketiluvchi absorberning yuqori konsentratsiyali 
tomchilaridan ajratiladi. Absorberdan ajratilgan gaz magistral gaz uzatmasiga 
beriladi. 
Absorbentga tо„yingan eritma absorberdan shamollatgich orqali (5) filtrga 
(6) va desorberga (7) yо„naltiriladi, keyin desorberning (7) pastki qismiga 
о„rnatilgan bug„li qizdirgichga beriladi va belgilangan haroratgacha qizdiriladi. 
Eritma reboylerda qizdirilgandan keyin bug„lantirish kolonnasiga beriladi (7). 


154 
6.1- rasm. Gazni glikol bilan quritish qurilmasining prinsipial sxemasi:
1 – kirishdagi ajragich; 2 – absorber; 3 – tomchi tutqich; 4 – sath rostlagich; 5 – 
shamollatgich; 6 – filtr; 7 – desorber; 8 – kondensatni yig„gich; 9 – bug„ ejektori; 
19 – sovutgich; 11 – issiqlikni almashtirgich; I – kirib keluvchi gaz; II – quritilgan 
gaz; III – konsenratsiyalangan glikol; IV – sovutuvchi suv; V – aralashtirilgan 
glikol; VI – kolonnani sug„orish oqimi; VII – suvli bug„
Suv bug„i eritmadan ajralib chiqqandan keyin suvutgichga (10) tо„planadi, 
u yerda asosiy qismi kondensatsiyalanadi, keyin esa kondensatni yig„gichga (8) 
beriladi. Bu yig„gichdan suvning bir qismi teskariga kolonnaning yuqori qismiga 
yо„naltiriladi va haroratni pasaytiradi. Natija yuqoriga kо„tariluvchi absorbentning 
bug„lari kondensatsiyalanadi va pastga tomon oqadi hamda absorbentning 
yо„qotilishini qisqartiradi.
Belgilangan 
konsentratsiyagacha 
regeneratsiyalangan 
absorbentning 
aralashmasi avval issiqlik almashtirgich orqali о„tadi (10), tо„yingan eritma bilan 
sovutiladi, keyin esa qо„shimcha sovutgichda qaytadan (10) sovutiladi va sug„orish 
uchun kontaktorga tо„planadi. 
Tabiiy gazni quritish uchun absorbent sifatida glikoldan keng foydalaniladi, 
DEG va TEGning afzalliklari yuqoridir. Agar tabiiy gazni quritish talab qilinib 


155 
uning tarkibida aromatik uglevodorod bilan kondensat uglevodorodlari kо„p 
bо„lganda absorbentni tanlash kо„proq etilenglikolga qaratiladi. Bunday sharoitdap 
etilenglikol DEG va TEG ga nisbatan iqtisodiy tejamkor, u aromatik 
uglevodorodlar tarkibidagi uglevodorod kondensatida kam eruvchan hisoblanadi. 
Tabiiy gazni quritishda glikolning keng qо„llanilishiga sabab, uning yuqori 
gigroskopikligi nam tortgichligi), qizdirilganda chidamliligi va kimyoviy 
yoyiluvchanligi, bug„ bosimining pastligi va nisbatan narxining pastligi qо„llash 
uchun qulaydir. 
Etilenglikol yoki glikol – 

Download 7,63 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Quritishning absorbsiya usuli va uglevodorod gazlarini

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish