263
almashtira olish mumkin. Subtitrlar nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri video
ustida, balki undan yuqorida (pastda) ham ko‘rsatilishi
mumkin
(kompyuter keng ekranli yozuvlarni ko‘rishda yoki odatiy 4: 3
formatdagi televizorda juda qulay). Albatta, subtitrlarni ko‘rsatish uchun
protsersorni ba’zi hisoblash resurslari talab qilinadi, ammo zamonaviy
standartlarga ko‘ra, bu yuklanishlar minimaldir (video yozuvlarni
dekodlashning murakkabligi
bilan solishtirganda, ularni e’tiborsiz
qoldirish mumkin). Shuni yodda tutish kerakki,
agar subtitrlar matn
uslublari, matnni ko‘rsatish usullari haqida ma’lumotga ega bo‘lsa,
oxirgi foydalanuvchi bularning barchasini ko‘rmasligi mumkin, chunki
uning pleyeri bunday subtitr imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi.
Tashqi subtitrlarning yana bir afzalligi – videoning ravshanligi bo‘lib,
ko‘plab o‘tkir chegarali tasvirlar (harfar video kodlovchiga shu tarzda
ta’sir etadi) siqilgan video sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradi.
Ichki subtitrlar maxsus filtr yordamida oxirgi siqish bosqichida
video tarkibiga kiritiladi.
Bir tomondan, ko‘plab kontrastli ob’ektlar
– harfar mavjudligi sababli videoni siqish sifati sezilarli darajada
yomonlashishini tushunish kerak (yakuniy faylning o‘lchami
bir xil
bo‘lsa). Bundan tashqari, keyinchalik
hech qanday tarzda videodan
subtitrlarni olib tashlab bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, uslublar, ranglar,
matnni ko‘rsatish usullari haqidagi barcha ma’lumotlar saqlanadi. Bu
ko‘pincha yapon “anime” animatsiyasi muxlislari tomonidan asosan
qo‘llaniladi. Internetda SSA formatidagi
asl subtitr fayllarini ham,
tayyor videolarni ham osongina topishingiz mumkin. Ushbu subtitrlarda
har bir qahramonning satrlari boshqa rang bilan ta’kidlangan va yozuv
qahramon joylashgan ekranning tomonida joylashtiriladi, qo‘shiqlar
ikkita subtitr to‘plamini o‘z ichiga oladi. Karaoke versiyasini (yapon
tilida), ba’zan hatto qo‘shiqchi so‘zlarni ajratib ko‘rsatish bilan tarjima
qilingan. Dunyo aholisining kam qismi yapon tilida gaplashadi, shuning
uchun subtitrlarsiz bu videoyozuvlar juda kam odamga kerak bo‘ladi.
Texnik jihatdan, subtitrlar alohida fayllarda saqlanishi yoki video
va audio bilan birga bitta konteynerga biriktirilishi mumkin.
Asosiysi,
subtitr ma’lumotlar bloki video ma’lumotlar blokidan alohida saqlanadi;
ichki subtitrlarda bo‘lsa, faqat kadrlar ma’lumotlari bloki mavjud.