208
yonidagi vazifalar paneli ustida paydo bo‘ladigan
qalqib chiquvchi
bildirishnoma orqali foydalanuvchini uning ulanganligi va mavjudligi
haqida xabardor qiladi. Agar Windows kamerani “ko‘rmasa”, balki
kamera rasmni ko‘rish rejimida emas ekanligiga ishonch hosil qilish
kerak. Shuningdek, kamerani kompyuterdan uzib ko‘rib,
bir necha
soniya kutib qayta ulash kerak.
3. Avtomatik ishga tushirish oynasida Windows yordamida rasmlarni
import (Import Pictures Using) qilishni tanlang. Kamerani Windowsda
birinchi marta ulaganda dialog oynasi paydo bo‘lib, Windows
Import
Pictures Using havolasini tanlab bosing. Shunday qilib, Windowsga
kameradan rasmlarni avtomatik ravishda nusxalash buyuriladi.
Agar avtomatik ishga tushirish dialog oynasi ekranda ko‘rinmasa,
Boshlash(Start-Пуск)ni tanlang. Boshlash(Пуск)
menyusidagi
Computer(Kompyuter)ni tanlab u erda ko‘rsatilgan kamera belgisini
ikki marta bosing.
4. Rasmlarning prefiksini yoki nomlarini kiriting, so‘ng Import
tugmasini bosing. Fotosuratlarni bir necha so‘z bilan ta’rifang. Misol
uchun, agar “Qo‘shni” so‘zini kirgizilsa, Windows import (Импорт)
qilingan fotosuratlarga “Qo‘shni 001”, “ Qo‘shni 002”, “Qo‘shni 003”
va hokazo kabi nomlab murojaat qiladi. Keyinchalik har doim “Qo‘shni”
so‘zi bo‘yicha fayllarni qidirish orqali fotosuratlarni topish mumkin.
Rasmlarni kompyuterga o‘tkazish va ularni avtomatik ravishda nomlash
uchun Import (Импорт) tugmasini bosish kerak. Windowsni Options
(Parametrlari) bosish rasmlarni import qilish usulini o‘zgartirish
mumkin. Shunday qilib, kompyuterdagi fotosuratlarni saqlash joyini,
fayl nomlari naqshini va boshqa variantlarni o‘zgartirish mumkin.
5. Importdan keyin o‘chirish (Erase after importing) katagiga belgi
qo‘yish kerak. Agar kompyuterga import qilgandan so‘ng rasmlarni
kameradan o‘chirilmasa, tez orada yangi rasmlar uchun joy qolmaydi.
Import qilingandan keyin oʻchirish katagiga belgi qoʻyish
Windows
kompyuteriga import qilingan barcha tasvirlarni kameradan (Erase after
importing) oʻchirib tashlab, kamera xotira kartasini qoʻlda oʻchirish
zaruratini yoʻqotadi.
6. Talabga ko‘ra Windowsga suratlar orientasiyasini o‘zgartirishga
ruxsat berish kerak. Unda Windows avtomatik ravishda individual
suratga olishda kamerani aylantirilganini aniqlaydi,
bu esa tayyor
209
fotosuratlarni eskiz ko‘rinishida ko‘rishda ma’lum qiyinchiliklarni
keltirib chiqishini istisno qiladi. Agar operatsion tizimga fotosuratlar
yo‘nalishini avtomatik o‘zgartirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, unda
bunday holatlar yuzaga kelmaydi. Ammo, Windows eski kameralar
modellari bilan olingan tasvirlarning noto‘g‘ri yo‘nalishini
aniqlay
olmaydi, shuning uchun ekranda har doim ham tegishli talab paydo
bo‘lmasligi mumkin. Rasmlarni import qilgandan so‘ng, Windows
kompyuterda saqlangan papkani ko‘rsatadi.