18
• Har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning
umumiy printsipi asosida
tahlil qilinadi va boshqariladi.
• Axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi.
• Axborot tizimining mahsuloti xam axborot boʻlib, uning asosida qarorlar qabul
qilinadi.
• Axborot tizimini axborotga ishlov berishning inson-kompyuter tizimi sifatida
qabul qilish zarur.
Axborot tizimi tarkibiy qismlari kompyuterlar,
kompyuter tarmoqlari,
dasturiy mahsulotlar, ma‘lumotlar bazasi, odamlar, aloqaning turli texnik va
dasturiy vositalar va h.k.lardan iborat boʻlgan muhit hisoblanadi.
Axborot
tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot
tizimi axborotga ishlov berishning ―odam – kompyuter‖ tizimidan iboratdir.
Axborot tizimining funktsiyalarini unga yoʻnaltirilgan ATni bilmasdan turib
amalga oshirib boʻlmaydi. AT axborot tizimi sohasidan tashqarida ham mavjud
boʻlishi mumkin. Bugungi kunda zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga
ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan
foydalanishni nazarda tutadi.
Axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi koʻplab
omillar
orasidan uchta omilni koʻrsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi, ishlov
berilayotgan axborot xarakteri, axborotning ishlatish maqsadlari, ya‘ni ushbu tizim
xal qilishda yordam berishi moʻljallangan vazifalar doirasi.
Axborot tizimlarini xayotda qoʻllab qanday natijalar olish mumkin:
Matematik metod va intellektual tizimlarni qoʻllab, boshqarishning optimal
variantlarini olish.
Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish.
Eng toʻgri axborotga ega boʻlish.
Axborotlarni qogʻozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash
Maxsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish.
Foydalanuvchilar uchun qulayliklar
yaratish.
19
Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga oʻxshashlari va
farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.