155
3-
rasm. Suyultiruvchilar.
Plastifikatorlar. Parda qatlamini qotiruvchi sistemalar
Lok-bo’yoq materiallar tarkibiga plastifikatorlar qo’shilganda,
ular asosida olinadigan parda qatlamlarning elastikligi va past
temperatura ta’siriga
chidamliligi oshadi, lekin qattiqligi va
cho’zuvchi kuchga bo’lgan mustahkamligi pasayadi.
Plastifikatorlar
ko’proq nitrotsellyulozali lok-bo’yoq materiallar tarkibiga qo’shiladi.
Plastifikatorlar o’rnida qaynash temperaturasi 200°S va undan yuqori
bo’lgan suyuqliklar (efirlar, moylar va hokazo)ni ishlatish mumkin.
Zamonaviy nuqtai nazar bilan qaraganda polyarmas polimer va
plastifikator
uchun
plastifikatsiyaning mohiyati qo’yidagidan
iboratdir. Polimerlar harakatlanuvchi zvenolarga ega bo’lgan kop
zanjirli
makromolekulalardan
iboratdir,
ammo
plastifikatsiya
qilinmagap polimerda u yoki bu
makromolekulaning formasini
o’zgartirish ko’p energiya sarf bo’lishini taqozo etadi, chunki u gigant
molekulalar konfiguratsiyasini ozgartirish zarurligi bilan doimo
bog’liq bo’ladi.